К содержанию
РецензированоUZ2026

BIOLOGIYA O’QITISHDA O’QUVCHILARDA MUSTAQIL VA IJODIY FAOLIYATNI TARKIB TOPTIRISHNI RIVOJLANTIRISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Toshboyev Ermat Ergashevich (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda biologiya o’qitishda o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalari, faoliyat tajribalarning asosi, biologik fikr yuritish, o’quvchilarda biologic tushunchalarni rivojlantirish va kengaytirish haqida fikr-mulohazalar yuritilgan. Kalt so’zlar: fikr, mulohaza, fakt, texnologiya, ijodiy fikr yuritish, xulosa. Fikr inson faoliyati, uning o’z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma’naviy-insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo’lganligi uchun, biologiyani o’qitish jarayonida o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish zarur. Biologiyani o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish uchun avvalo: O’quvchilarning darsda mustaqil ishlashlari uchun o’quv topshiriqlarini tuzishi; Biologik obyektlar, tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni o’rganish maqsadida tajriba va kuzatish o’tkazish yuzasidan ko’rsatmalar tayyorlashi; O’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning mustaqil ta’limi uchun qo’shimcha adabiyotlar va multimedialarni tanlashi lozim. O’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish uchun, ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini qo’llash zarur. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy g’oyasi o’quvchilarni har tomonlama rivojlantirish sanaladi. Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari: o’quvchilarni o’z bilish faoliyatini subyektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi. O’quvchilarning bilish faoliyati empirik va nazariy bilish yaxlitligida tashkil etilib, o’qitish jarayonida bilimlarni deduktiv usulda o’rganish ustuvor bo’ladi. O’qitish jarayonining asosini o’quvchilarning o’quv topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyat tashkil etadi. O’quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yo’nalish sanaladi. Fikr yuritishning bu ikki tipi bir-birini to’ldiradi va taqozo etadi. Tanqidiy fikr yuritish shaxsning voqea va hodisalar haqidagi munosabati va fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga quyidagi kiradi: Tahliliy fikr yuritish (axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni chog’ishtirish). Biologiya va tabiiy – ilmiy savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin bo’lgan muammolarni aniqlash, kuzatish va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushunish va inson faoliyati natijasida unda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni anglab yetish, shunga ko’ra kerakli qarorlar qabul qila olish ko’nikmasini rivojlanishiga imkon yaratadi. 65 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si O’quvchilarda tahliliy fikr yuritish ko’nikmalarini shakllantirish uchun biologiya o’qituvchisi har bir darsda avval o’rganilayotgan obyektlar bilan o’rganilgan obyekt o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlaydigan topshiriqlarni berishi kerak. Biologiyani o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish uchun o’qituvchi, avvalo: - O’quvchilarning darsda mustaqil ishlashlari uchun o’quv topshiriqlarini tuzishi, biologic ob’ektlar, tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni o’rganish maqsadida tajriba va kuzatish o’tkazish yuzasidan ko’rsatmalar tayyorlashi; - O’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning mustaqil ta’lim uchun qo’shimcha adabiyotlar va multimedialarni tanlashi lozim; - O’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish uchun ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini qo’llash zarur. O’quvchining ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirishda o’qituvchi tahliliy fikr yuritishning tarkibiy qismlaridan, xususan, mustaqil fikr yuritish ko’nikmalaridan foydalanishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirmay turib, ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish mumkin emas. Biologiya ta’limida o’quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatlarni rivojlantirishda bir qator muammolar yuzaga kelishi mumkin. Ushbu muammolarni hal etish uchun tureli xil strategiyalar va yondashuvlar qo’llaniladi. O’quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatlarni rivojlantirishda asosiy muammolar quyidagilar: - Biologiya faniga qiziqishnining kamligi o’quvchilarning mustaqil va ijodiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. - O’quv materiallari, laboratoriya jihozlari va texnologiyalarning yetarli emasligi ta’lim jarayonida qiyinchilik tug’dirishi mumkin. - Ba’zi hollarda o’qituvchilarning metodik ko’nikmalari va ijodiy yondashuvlari yetarli bo’lmasligi mumkin. - O’quvchilarning motivatsiyasini oshirish uchun rag’batlantiruvchi ta’lim texnologiyalari va metodlari yetarli darajada qo’llanmasligi. - O’quvchilar uchun tajriba va amaliyot o

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda biologiya o’qitishda o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalari, faoliyat tajribalarning asosi, biologik fikr yuritish, o’quvchilarda biologic tushunchalarni rivojlantirish va kengayti…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda biologiya o’qitishda o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalari, faoliyat tajribalarning asosi, biologik fikr yuritish, o’quvchilarda biologic tushunchalarni rivojlantirish va kengayti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodiy fikr yuritish, fakt, texnologiya, xulosa., mulohaza, fikr
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники