Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUN’IY INTELLEKTNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI: YANGI IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · VA MUAMMOLAR (in-academy.uz/index.php/si) · Muhammadiyev Dilshod Yaxshiboyevich (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 10 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada sun’iy intellektning iqtisodiyot sohasidagi ta’sirini o’rganib, ma’lumotlarni tahlil qilish, qaror qabul qilish va bashorat qilish jarayonlarini qanday o’zgartirish kiritganiga oydinlik kiritadi. U SI sanaotni qanday o’zgartirayotganini, bozorlarga tasir qilishini va modernizatsiyalashtirilgan loyihalarni taklif etadi. Tadqiqot keng qamrovli adabiyotlarni ko'rib chiqishni o'z ichiga oladi, iqtisodiy ta'sirlarni baholash metodologiyasini taqdim etadi va samaradorlik, bandlik va iqtisodiy o'sish bilan bog'liq natijalarni muhokama qiladi. Asosiysi iqtisodiyotdagi yang imkoniyatlar va muammolar haqida batafsil yoritiladi. Kalit so’zlar: Iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, suniy intellekt, imkoniyatlar, jahon iqtisodiyoti, innovatsiyalar, mehnat bozori, iqtisodiy barqarorlik, prognozlash, qaror qabul qilish. Kirish: Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda. XXI asr Raqamli texnologiyalar asri desak mubolag’a bo’lmaydi. Kompyuter ixtiro qilingandan beri uning ko’plab funksiyalari yangilandi va yana ko’plab qo’shimcha yangi funksiyalar taqdim etildi. Hozirgi kunga kelib inson qo’li qilolmagan bir qancha ishlarni suniy ong yani suniy intellekt yordamida bajarishimiz mumkun albatta. Kundalik hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. “Suniy intellekt” atamasi ilmiy va amaliy tadqiqotlarning keng qamrovli sohasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Sun’iy intellekt so’nggi yillarda global iqtisodiyotda katta o’zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Dastlab ilmiy fantastika janrida tasvirlangan texnologiyalar hozirda real hayotda iqtisodiy tizimlarni shakllantiradigan, ishlab chiqarishdan tortib to xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan sohalarda faoliyat yuritmoqda. Sun’iy intellektning iqtisodiyotga ta’siri keng ko’lamli va murakkab bo’lib, u ishchi kuchi bozoridan tortib, raqobatbardoshlik va innovatsiyalarni rivojlantirishgacha bir qator sohalarda o’z aksini topadi. Malumki, hozirda texnologik jihatdan taraqqiy etgan davlatlar iqtisodiy jihatdan ham yuqori ko’rsatgichlarga erishgan, hozirda to’rtinchi sanoat inqilobiga o’tish arafasida bunday taraqqiyot rivojlanayotgan va rivojlanishda ortda qolgan davlatlarga o’z imkoniyatlari tasirini o’tkazishga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Ayniqsa, bu holat ilm-fan va texnologiyalar yanada rivojlanayotgan to’rtinchi Renesans inqilobiga qadam qo’yilayotgan bosqichlarda yanada sezilarli tasir ko’rsatadi. Qolaversa, keyingi 10 yillikda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt iqtisodiy, geosiyosiy va mudofaa sohalarida ko’plab davlatlar rivojining asosiy omillari bo’lib qolmoqda. Shuningdek SI ning iqtisodiyotdagi eng muhim ta’sirlaridan biri – ishchi kuchining o’zgarishi va avtomatlashuv jarayonidir. Avtomobillarni yig’ishdan tortib, mijozlarga xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan bir qancha sohalarda robotlar va avtomatlashtirilgan tizimlar qo’llanilmoqda. Bu esa ayrim sanoat tarmoqlarida ish o’rinlarining kamayishiga olib keladi. Masalan, avtomobilsozlik sanoatida robotlar ishchilarni o’rnini bosmoqda, shu bilan birga, 68 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si qisqa vaqt ichida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratmoqda.Biroq, bu holat faqatgina yo’qolgan ish o’rinlari haqida emas. Sun’iy intellekt yangi tarmoqlar va yangi mutaxassisliklarni yaratadi. Yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun yuqori malakali kadrlar kerak bo’ladi. Xususan, ma’lumotlar ilm-fani, robototexnika, sun’iy intellekt va tarmoq xavfsizligi sohalarida yangi ish o’rinlari ochilmoqda. Shunday qilib, sun’iy intellekt ish o’rinlarini o’zgartirayotgan bo’lsa-da, uni to’g’ri boshqarish va ta’lim tizimini yangi talablarga moslashtirish zarur. Yana bir sun’iy intellektning muhim ta’siri produktivlikni oshirishga yordam berishidir. SI texnologiyalari orqali ma’lumotlar katta hajmda tezda tahlil qilinadi, biznes qarorlari yanada samarali qabul qilinadi va ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtiriladi. Misol uchun, ishlab chiqarish liniyalarida robotlar va aqlli tizimlar yordamida mahsulotlar ishlab chiqarishning samaradorligi sezilarli darajada oshadi.Shu bilan birga, kompaniyalar sun’iy intellektdan foydalanish orqali xarajatlarni qisqartirishi, vaqtni tejashi va mahsulotlar sifatini yaxshilashi mumkin. Bularning barchasi iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi. Yangi texnologiyalarni joriy etish orqali iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va yuqori qo’shimcha qiymatli mahsulotlar yaratish imkoniyatlari tug’iladi. Bu jarayonlar esa mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy farqni kamaytirishga ham yordam beradi. Iqtisodiyotning kesishishi va suniy intellekt bu sohada inqilob qilish imkoniyatiga ega bo'lgan keng ko'lamli dasturlarni keltirib chiqardi. Iqtisodiy tizimlar, moliya bozorlari va global savdoni o'z ichiga olgan iqtisodiyot tarmoqlari sun'iy intellektning integratsiyasidan sezilarli foyda ko'rishi mumkin. Ushbu maqolada biz Sun'iy intellektning iqtisodiyot sohasidagi tasirini turli xil qo'llanmalarini ko'rib chiqamiz va
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sun’iy intellektning iqtisodiyot sohasidagi ta’sirini o’rganib, ma’lumotlarni tahlil qilish, qaror qabul qilish va bashorat qilish jarayonlarini qanday o’zgartirish kiritganiga oydinlik kiritadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sun’iy intellektning iqtisodiyot sohasidagi ta’sirini o’rganib, ma’lumotlarni tahlil qilish, qaror qabul qilish va bashorat qilish jarayonlarini qanday o’zgartirish kiritganiga oydinlik kiritadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- iqtisodiy barqarorlik, imkoniyatlar, raqamli texnologiyalar, prognozlash, jahon iqtisodiyoti, suniy intellekt, mehnat bozori, qaror qabul qilish., innovatsiyalar, Iqtisodiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026