К содержанию
РецензированоUZ2024

INTERNET JURNALISTIKASI RIVOJLANISH BOSQICHLARI

UZBEKISTAN” JURNALI · Sharafatdinova Malika Berdaq qizi

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekistonda jurnalistikaning rivojlanish tarixi va bosqichlari haqida fikr-mulohazalar yurutilga. Kalit so‘zlar: televideniya, jurnalistika, xalqaro jurnalistika, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, o‘quv laboratoriyasi, seminar. O‘zbekiston telejurnalistikasi taraqqiyoti tarixida 1991-yilda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi alohida bob bo‘ldi. 1991-1994 yillarda telejurnalistika yoʻnalishi boʻyicha kadrlar Toshkent, Nukus, Andijon va Samarqand davlat universitetlari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tayyorlandi. 1994–1995-yillardan boshlab bu mutaxassislik Namangan davlat universiteti, Toshkent sanʼat institutida ham joriy qilingan. Matbuot ommaviy axborot vositalarining birinchi namunasidir. Keyin radio, sal oʻtib televideniye, endilikda esa internet jurnalistikasi paydo boʻldi. Baribir, matbuot (bosma nashrlar) sohaning asosiy va tayanch turi sifatida oʻz nufuzini yuqori darajada saqlab kelmoqda. Unga birinchi navbatda ehtiyoj bor. Qolaversa, matbuotni jamiyatni hayotini oʻzida muhrlaydigan koʻzgu deyish mumkin. Tajribali jurnalist sifatida Oʻzbek matbuotining bugungi holati haqida nima deya olasiz? – Har qanday ilgarilanma harakat (u revolyutsion boʻladimi yoki evolyutsionmi) tez-tez ortiga boqib, oʻz-oʻzini taftish qilib turishi qonuniy holat. Busiz izchil taraqqiyot taʼminlanmaydi. Mamlakatimizda kechayotgan jarayonlarga shu mashtabdan qaraganimizda, jamiyatda ijtimoiy fikrni shakllantirishning asosiy minbari boʻlgan matbuot ham rivojlanish bosqichlarida oʻzini-oʻzi taftish qilib boradi. Shuni tan olish lozimki, matbuot bizning milliy madaniyatimizda nisbatan “yosh” soha hisoblanadi. Mabodo, hadisshunoslik, geodeziya yoki mineralogiya singari fanlarning asosiga tamal toshi bizning tuprogʻimizda qoʻyilganini inobatga olsak, jurnalistikaning (xususan, gazeta, jurnallarning) paydo boʻlishi unchalik qadimiy ildizlarga ega emasligi ayon boʻlib qoladi. Bu holning “oʻziga xos va mos” sabablari borki, hozir gap bu haqda emas. Umuman, tan olib aytadigan boʻlsak, dastlabki tarqatma bosma nashrlar paydo boʻlgandan beri bu madaniyat turi tugal shakllanishga ulgurmay, turli siyosiy vazifalarni bajarishga giriftor boʻldi va aytish mumkinki, hali “suyagi qotib ulgurmagan vujud“ turli oʻzgarishlarga duchor boʻlib, qorishiq bir qiyofa kasb etdi. 138 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Shunday qilib, oʻzi ichdan pishib yetilgan, oʻzgarmas tamoyillar va oltin qoidalarga ega boʻlishi lozim boʻlgan soha tinimsiz yangilanishlar jarayonini boshdan kechirib kelmoqda. Oqibatda matbuot (men radio yoki TV demayapman!) jamiyatda oʻz oʻrnini tayin eta olmadi va hatto u “Oʻzi, bizga shu soha kerakmi?” singari mujmal taassurot uygʻotdi ham. Mutaraqqiy mamlakatlar tajribasi esa shuni koʻrsatmoqdaki, borliqni tafakkur boshqarayotgan dunyoda qanday qilib fikr minbarisiz, jamiyatning lokomotivi boʻlgan ijtimoiy fikr fabrikasisiz kun koʻrish mumkin? Barcha xulosalar mamlakatga kuchli, eng zamonaviy darajadagi matbuot kerakligini tasdiqlab turibdi. Ana shu mulohazalar koʻlamida bugungi milliy matbuotimizning ahvoli va mavqeini tasavvur qilish imkoni tugʻiladi. Nega bunday hol roʻy berdi? Agar sabablar haqida gapiriladigan boʻlsa, bu holni milliy matbuotimizning “dumbulligi” bilan izohlash lozim boʻladi. Yuqorida eslatilganidek, tinimsiz siyosiy islohotlarga giriftor qilingan, buyurtmalar iskanjasidan chiqib keta olmagan oʻzbek matbuoti hali ham oʻzini kashf etish borasida izlanayapti. Koʻz oldingizga keltiring: dastlabki gazeta- jurnallar paydo boʻlganda ular koʻproq maʼrifatni targʻib qildi. Keyinchalik siyosiy hayotga aralashib, odamlarni oʻz tarixini oʻrganish, qadr-qimmatini anglashga chaqirdi. Pirovardida hokimiyatga intilishga undadi. Birdaniga oktyabr toʻntarishi va totalitar mafkura oyboltadek yorib kirdi va hammasi aralash-quralash boʻlib ketdi. Milliy matbuot oʻz qiyofasini topa olishga ulgurmadi. Bu hol mustaqillikkacha davom etdi. Istiqlol yillarida esa ochigʻi, matbuotning oʻz qiyofasini kashf etish borasidagi saʼy-harakatlar izchil davom etmadi va koʻzga koʻrinarli natijaga erishilmadi. Holbuki, u bir paytlar norasmiy holda “toʻrtinchi hokimiyat” maqomiga ega boʻlgandi. Bugun vatandoshlarimiz bu “hokimiyat”ni barcha puchmoqlardan izlayapti, biroq topish oson boʻlmayapti. Bu holga tushishning bosh sabablaridan biri, mening nazarimda, kasbga sadoqatning yetishmagani, kasbiy tayyorgarlikning zaifligi bilan belgilanadi. Bu hol esa xodimlar tayyorlash tizimining milliy-tarixiy zamindan uzilib qolgani, dunyoqarashni soxta aqidalar ruhida shakllantirilgani bilan izohlanadi. Shoʻro zamonida jurnalistga komfirqaning yugurdagi, nari borsa maddohi sifatida qaralardi. Ana shunday sunʼiy andazalar asosida tayyorlangan xodimlar amaliy faoliyatga tayyor emas edi. Jurnalistikada “Hammanarsa haqida yozish mumkin” degan kasbiy qoida amal qiladi. Mabodo, qalamkash hammaning eʼt

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O‘zbekistonda jurnalistikaning rivojlanish tarixi va bosqichlari haqida fikr-mulohazalar yurutilga.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O‘zbekistonda jurnalistikaning rivojlanish tarixi va bosqichlari haqida fikr-mulohazalar yurutilga. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
televideniya, jurnalistika, o‘quv laboratoriyasi, seminar, xalqaro jurnalistika, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники