Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORIJIY DAVLATLARDA SUV BOYLIKLARIDAN FOYDALANISH MASALALARIDA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR.
UZBEKISTAN” JURNALI · Abdimo‘minov Tog‘oynazar Abdinaxat o‘g‘li · Muhammadova Sabina Yo’ldosh qizi
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
В этой статье представлен зарубежный опыт эффективного использования водных ресурсов, а также разработаны предложения по рациональному использованию водных ресурсов. Ключевые слова: водные ресурсы, управление водными ресурсами, подземные воды, методы управления, процесс управления, механизм управления, ограниченные водные ресурсы, уровень распределения. RESEARCH ON THE USE OF WATER RESOURCES IN FOREIGN COUNTRIES. Annotation: this article presents foreign experiments in the effective use of Water Resources and develops proposals for the rational use of Water Resources. Keywords: Water Resources, Water Resources Management, groundwater, management methods, management process, management mechanism, limited water resources, distribution level. Bugungi kunda suv muammolarini hal qilish va suv taqchilligini yumshatish uchun qat’iy choralar ko‘rish zarurligini anglab yetmoqda. Suvdan foydalanish bo‘yicha eskicha qarashlar o‘zgarmoqda, tabiiy resurslarni boshqarishdagi qotib qolgan usullardan voz kechishning qulay va samarali yo‘llari izlanmoqda. Bu jarayon tarmoqlarda jadal rivojlanayotgan tub o‘zgarishlar sharoitida kechmoqdaki, bunda nafaqat qonunchilik darajasida, balki barqaror rivojlanish hamda ekologik 94 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 xavfsizlikka erishish maqsadida yangi ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish, o‘zaro harakatlarni ishlab chiqishda maqbul yechimlarni topish muhimdir. Respublikamiz tog‘ oldi zonalaridagi kichik va o‘rta sig‘imli omborlarining loyqalanishi, ulardan foydalanish jarayonlarida jiddiy kamchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Mazkur muammoga bag‘ishlangan xorijiy va mahalliy mutaxassislar takliflarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqilgan injenerlik yechimlari universal tavsifga ega emas, ya’ni ularni konkret bir suv omborida gidrologik, gidravlik, girotexnik va ekspluatatsion omillarni inobatga olib qo‘llash keskin chegaralangan hisoblanadi. Suv omborlari loyqalanishi oqibatida, ularning sug‘orish zonasida reja asosida suv ta’minoti buzilishi, suv manbaalari suv yig‘ish zonalaridan yig‘ib kelingan tabiiy minerallarga boy cho‘kindilarning suv omborlar yuqori byeflarida qolib ketishi, o‘zanli suv omborlarda suv toshqinlari va sel oqimlarini transformatsiya qilishdagi qiyinchiliklar, gidrotexnik inshootlarni loyqa bosish xavfi yuzaga kelishi va hakozo salbiy holatlar kuzatilmoqda [1]. Dunyoning barcha davlatlarida bugungi qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan yerlar kunda eng muhim milliy boylik sifatida e’zozlanib kelinmoqda. Ayniqsa, rivojlangan davlatlarda sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishga, uning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqib ketishining oldini olishga davlat siyosati darajasida katta e’tibor berilmoqda. Shu nuqtayi nazardan xorijiy tajribalarning ahamiyatli jihatlarini ayrim davlatlar misolida ko‘rib chiqishimiz lozim. Yer shari aholisi soni o‘sib borishiga muvofiq ravishda oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoj ortishi va bu ehtiyojni sug‘oriladigan yerlar texnologiyasi asosida qondirishga bo‘lgan intilishning kuchayishi ko‘plab daryolardan suv olish global o‘zgarish jarayonlarining asosiy sababidir. Buning natijasida tabiiy ekotizimlar buzilmoqda va ular texnik tizimlar bilan almashtirilmoqda. Zamonaviy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari tomonidan suv obyektlarining ifloslantirilishi bu jarayonlarga “munosib hissa”sini qo‘shmoqda. Suv ekotizimlarining intensiv degradatsiyalashuvi sodir bo‘lmoqda [2]. Dunyoning ko‘plab mintaqalarida suv resurslari tabiiy fluktuatsiya chegaralarida oldingidek miqdor va sifatda qaytadan yangilanmayapti, ya’ni amalda yangilanmaydigan resurslarga aylanib qolmoqda. Insoniyat tomonidan iste’mol qilinadigan suv hajmining juda kattaligi va bu hajm tezlik bilan o‘sib borayotganligi (faqat XX asrning o‘zida suv iste’moli 6,0 martaga o‘sgan va uning o‘sish sur’atlari aholining o‘sish sur’atlaridan 2,0 barobardan ko‘proq martaga ortiq bo‘lgan) xuddi 95 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 shunday tarzda suvni ehtiyot qilish (asrash), suvdan foydalanishni oqilonalashtirish va suvni asrovchi texnologiyalar rivojlanish sur’atlariga erishilishiga olib kelmadi. Qishloq xo‘jaligida iste’mol qilinadigan jami suv massasining 60 %i nomahsulli bug‘lanishga ketmoqda va ifloslangan suv ko‘rinishida daryolar va yer osti suvlariga qaytmoqda. Shahar va sanoatda suvning iste’moli ham nihoyatda samarasiz. Rivojlanayotgan mamlakatlarda suv ta’minoti tizimidagi oqib ketishlar, bu tizimlarga noqonuniy ulanish va ulardan samarasiz foydalanish evaziga suv manbalaridan olingan suvlarning 50 %ga qadar bo‘lgan qismi yo‘qolmoqda. Bu ko‘rsatkich darajasi taraqqiy etgan mamlakatlarning ko‘pchiligida ham yuqoridir [3]. Xorijiy davlatlarda suv resurslaridan foydalanish va ularni boshqarish bo'yicha ko'plab tadqiqotlar olib borilgan bo'lib, bu ta
Доказательный фрагмент
«В этой статье представлен зарубежный опыт эффективного использования водных ресурсов, а также разработаны предложения по рациональному использованию водных ресурсов.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье представлен зарубежный опыт эффективного использования водных ресурсов, а также разработаны предложения по рациональному использованию водных ресурсов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Water Resources, Water Resources Management, groundwater, boshqaruv mexanizmi, suv resurslari, suv resurslarini boshqarish, yer osti suvlari, boshqaruv usullari, boshqaruv jarayoni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026