Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISAJON SULTONNING “MA’SUMA” ROMANIDA TARIXIY SHAXSLARNING BADIIY TALQINI
BADIIY TALQINI · Xurshida Roʻziyeva
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes the novel "Ma'suma" by Isajon Sultan. Several recent manifestations are reported. Key words: theater, drama struggle, martial movement, repression policy. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ИСТОРИЧЕСКИХ ЛИЧНОСТЕЙ В РОМАНЕ ИСАДЖОНА СУЛТАНА «МАСУМА» Аннотация. В статье анализируются художественные интерпретации исторических персонажей в романе Исайона Султана «Ма'сума», описываются его художественные особенности. Современные личности, представленные в произведении, их жизненные пути и судьбы раскрываются посредством художественного выражения. В статье также освещаются эти особенности. Ключевые слова: Исайон Султан, художественный образ, джадидизм, движение Корбос, политика репрессий. Milliy qadriyatlar hamda an’analarning, millat fidoyilarining yorqin hayot yo‘lini ko‘rsatib berish badiiy adabiyotning asosiy obyektlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu jarayonni mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida ham kuzatishimiz mumkin. Tarixiy shaxslarning badiiy obrazlarini, talqinlarini o‘quvchiga yetkazishda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning xizmatlarini alohida qayd etish o‘rinlidir. Adibning “Alisher Navoiy”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Bilga xoqon” kabi va 4 74 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ boshqa bir qancha asarlarida tarixiy shaxslarning yangicha badiiy talqinlarda ifodalangan hayot yo‘lini kuzatishimiz mumkin. Isajon Sultonning XX asrning boshlaridagi ziyoli oilaning taqdiri aks etgan “Ma’suma” romanida ham bevosita tarixiy shaxslarning zamon va makondagi hayoti tasvirlab beriladi. Asarda xalqimiz boshidan oʻtgan ogʻir kunlar, xususan, qatagʻon siyosati aks ettirilgan. Asarda tasvirlangan barcha qahramonlar, ularning taqdirlaridagi voqealar real hayotda yuz bergan. Bu haqida "Mas’uma" romaniga soʻzboshi yozgan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ham ta’kidlaydi: ["Romanda tasvirlangan voqealar hayotda sodir bo’lgan, badiiy bo’yoq berilgan haqqoniy voqealardir. Mamlakatimiz tarixining jadidlar davri qanday murakkab bo’lganini bir oila misolida ko’rish mumkin. Chunonchi, Abduvohid qori- mashhur ulamo, “Sho’royi islomiya” va “Mahkamai islomiya” jamiyatlari raisi, bosqinchilar Ufaga olib ketgan muqaddas osori atiqa – Usmon Qur’onini yurtimizga qaytarib olib kelishda jonbozlik ko’rsatgan arbob, ya’ni jadidlik davrining “qadimchi” laridan. Uning to’ng’ich o’g’li Bosit Qoriyev-Madaniyat vazirligi, san’at boshqarmasi boshlig’i, o’rtancha o’g’li Bois Qoriyev, ya’ni Oltoy-“yangilikchi”shoir, Maorif vazirligining mas’ul xodimi” ]1 Ma’suma romanida XX asrning eng ziyoli oilalaridan biri bo‘lgan Abduvohid Qoriyevning oilasi va uning ayanchli taqdiri haqida so‘z borgan. Asarda nafaqat Abduvohid qori va Ma’suma Qoriyeva xonadoni misoldagi miskinlik va mudhish koʻngilsizliklar, balki xalqimizning sara ziyolilari — Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Tavallo, Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Choʻlpon, Botu kabi ziyolilarning nomlari keltirib oʻtiladi. Barchamizga ma’lumki, tarixiy asar yozish ijodkordan ancha katta izlanishni talab qiladi. Muallif biror bir ijod namunasi yozish jarayonida tarixiy voqealarni ipidan ignasigacha, sinchiklab oʻrganilishi lozim. Isajon Sulton bu borada ancha iste’dodli hisoblanadi. Yozuvchining qaysi bir tarixiy asarini olmaylik undagi voqealarning barchasi aniq qilib yozilganining guvohi boʻlamiz. Biz tahlilga olgan “Ma’suma” romanida ham koʻpchilik nomlarini eshitmagan bir qator jadid namoyondalarining ismlari ham tilga olingan: “... Mol-u jonini millatga fido qilgan merganchalik Ubaydulla Xoʻjani va Basharilla Asadillaxoʻjani, Toshpoʻlat Norboʻtabekni, shayxantaxurlik Munavvar Qori Afandini...zanjirlikdan Muhammadjon Poshshaxoʻja oʻgʻlini, qoryogʻdidan Kattaxoʻja Boboxoʻjani, orqa koʻchadan Nizomiddin Asomiddinxoʻjalarni duo qilaman”. Asar qiymatini oshiruvchi jihatlaridan biri bu albatta yozuvchining milliy istiqilolchilik harakati a’zolariga to‘xtalganidir. 4 75 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Sovet bosqiniga qarshi kurashgan tarixda qo‘rboshilik harakati deb nom olgan, bosqinchilar tomonidan esa “bosmachi” deb atalgan yurt ozodligi uchun jon bergan yovqur bobolarimiz: Shermuhammadbek, Madaminbek, Xolxoja eshon, Ibrohimbek laqay hamda tarixiy asarlarda deyarli uchramaydigan ayol qo‘rboshilar Nodira qiz, Shakarxon kabi zulmga qarshi kurashgan tarixiy shaxslar kiritilishi o‘zbek adabiyotida kamdan kam uchraydigan holat desa ham bo‘ladi. Asardagi asosiy voqealar o‘zbek teatrining paydo bo‘lishi rivojlanishi haqidadir. O‘zbek teatrining asoschisi Abror Hidoyatov va shu taetrga umrini baxshida etgan Yetim Bobojov, Aziz Sobirov kabi aktyorlar tilga olinadi. Yuqorida aytilganidek, asar bosh qahramoni birinchi oʻzbek aktrisasi Ma’suma Qoriyevadir. U birinchi marotaba G‘.Zafariyning “Xalima” spektaklida rol ijro etgan. Rol o‘ynayotgan aktyorlar bevosit
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the novel "Ma'suma" by Isajon Sultan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the novel "Ma'suma" by Isajon Sultan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- theater, drama struggle, martial movement, repression policy, badiiy obraz, Isajon Sulton, jadidchilik, qatagʻon siyosati., qoʻrboshilik harakati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024