Журнал академических исследований нового УзбекистанаNusratulloh Muxtorov2025
История возникновения сферы туризма и роль туризмской отрасли в экономическом развитии страны
ABABAXRIYEVA Ominaxon (International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024)
Культура, отношения, философия туркоязычных народов: история, сегодня и будущее · 5 · 2024
Аннотация
The article talks about the history of the tourism industry and the emergence of the first tourist organizations. It is stated that the definition and classification of tourism is presented in many literature and normative documents. October, 2024 IIAU.UZ 420 International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024 Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak Also, the role of the tourism sector in the economic development of the countries was considered through the analysis of statistical data. Key words: tourism industry, global, civilization, expedition, recreation, international tourism, mass tourism, infrastructure, industrial revolution, tourist agency, export, locomotive, personnel, diplomat, traveler, pilgrimage tourism, private sector. Turizm qadimdan sayyoramiz xalqlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga, savdo-sotiqni rivojlantirishga, madaniy-ma’rifiy sohalarni o‘rganishga xizmat qilgan. Bugungi kunda turizm jadal sur’atlarda rivojlanayotgan jahon iqtisodiyotining kuchli sohalaridan biri hisoblanadi. Dunyo xalqlari tabiati, iqlimi turlicha bo‘lgan geografik mintaqalarda yashaydilar. Ular qadimdan boshlab hozirgi kungacha yashash joylarida doimo bir xil manzarani ko‘rib zerikkanlar va boshqa joylarga borib, insoniyat tomonidan va tabiiy yaratilgan mo‘jizalarni ko‘rishni xohlaganlar. Buning natijasida turizm vujudga keldi va u tarixiy bir nechta bosqichlarni bosib o‘tdi. Bugungi kundа turizm industriyаsi jаdаl rаvishdа rivоjlаnаr еkаn uning tа’rifi vа tаsnifigа оid kо‘plаb аdаbiyоt hаmdа nоrmаtiv-hujjаtlаrdа turliсhа ifоdаlаnishini kо‘rishimiz mumkin. Xususаn, ushbu tа’riflаrni о‘rgаnish vа tаdqiq еtish nаtijаsidа ulаrning mаzmun-mоhiyаti аynаn bir mа’nоdаgi tushunсhаgа оlib bоrаdi. V.I.Аzаr tоmоnidаn bеrilgаn tа’rifdа аks еtishiсhа, “Turizm – аlоhidа dаvlаt xаlq xо‘jаligi dоirаsidаgi аlоhidа еlеmеntlаr о‘rtаsidаgi turli xil аlоqаlаrni, shuningdеk, milliy iqtisоdiyоtning butun jаhоn xо‘jаligi bilаn о‘zаrо аlоqаlаrini qаmrаb оlgаn ulkаn iqtisоdiy tizimdir”[1]. Akademik N.Tuxliyеv hаm о‘zining аsаridа yuqоridаgi fikrgа о‘xshаsh tа’rifni kеltirgаn bо‘lib, u: “Turizm – bu bаrсhа ijtimоiy vа iqtisоdiy sоhаlаrgа kirib bоruvсhi, hudud dаrаjаsidаn glоbаl dаrаjаgасhа kо‘plаb о‘zаrо bоg‘liqlikdаgi turli xil fаоliyаtlаr vа xizmаtlаr mаjmuini nаmоyоn qiluvсhi murаkkаb tizimdir”[2], ‒ dеb е’tirоf еtаdi. O‘zbekiston Respublikasining turizm to‘g‘risidagi qonunda “Turizm – jismoniy shaxsning vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda doimiy yashash joyidan jo‘nab ketishi” deb ta’riflangan[3]. Yuqorida kelritilgan ta’riflardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak turizm – bu sayohat qilish, faol dam olish turlaridan biri bo‘lib, jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi hisoblanadi. October, 2024 IIAU.UZ 421 International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024 Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak Turizmning ilk ko‘rinishlari qadimgi davrlarda sivilizatsiyalar o‘rtasida sayohat va savdo aloqalari orqali amalga oshirilgan. Jumladan, qadimgi shumerliklar va finikiyaliklar ilk sayohatchilar sifatida tilga olingan bo‘lsa, qadimgi Misrda asosiy transport yo‘li bo‘lib xizmat qilgan Nil daryosi shimol va janub xalqlari o‘rtasidagi savdo aloqalarini olib borishga yordamlashishi bilan birga turli binolar, sug‘orish inshootlari bilan tanishish uchun Misrga keluvchilarni ko‘paytirgan. O‘z navbatida misrliklar ham qo‘shni davlatlarga ekspeditsiyalar uyushtirgan[4]. Yevroosiyo mintaqasida esa turizmning dastlabki ko‘rinishi Xitoydan O‘rta Yer dengizigacha cho‘zilgan Ipak yo‘li Sharq va G‘arb o‘rtasida tovarlar va madaniyatlar almashinuvini osonlashtiradigan savdo yo‘llari tarmog‘i sifatida namoyon bo‘ldi. U birinchi navbatda savdo yo‘li bo‘lsa-da, sayohatchilar, savdogarlar, olimlar, diplomatlar orqali bir necha davlatlar, xalqlar bilan muloqot o‘rnatishiga va sivilizasiyalarning yaqinlashuviga hissa qo‘shdi. O‘rta asrlar davrida jamiyatdagi dinning ustunligi xalqaro ziyorat turizmining rivojlanishiga asos bo‘ldi. Muqaddas amallarni bajarish, gunohlardan poklanish va boshqa maqsadlarda muqaddas ziyoratgohlarga borish odat tusiga aylangan. Bunga yaqin Sharq, Arabiston, Hindiston, Tibet hududlaridagi ziyoratgohlarni misol qilib keltirish mumkin. Buyuk geogrfik kashfiyotlar esa uni qit’alararo sayohatlarni amalga oshirish imkonini berdi. Ammo turizmning bu davrdagi ko‘rinishi rekreatsiya, zavqlanish, dam olish turizmi tushunchalaridan tubdan farq qilgan. Bu davrda asosan savdo-sotiq va tijorat maqsadlari sayohatlarda asosiy maqsad bo‘lib xizmat qilgan. Bugun biz tushunadigan turizm, xususan xalqaro turizm – bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazish, dam olish va diqqatga sazovor joylar bilan tani
Доказательный фрагмент
«The article talks about the history of the tourism industry and the emergence of the first tourist organizations.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article talks about the history of the tourism industry and the emergence of the first tourist organizations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tourism industry, global, civilization, expedition, recreation, локомотив, turizm industriyаsi, industrial revolution, путешественник, международный туризм, traveler, turistik agentlik, цивилизация, xalqaro turizm, персонал, tourist agency, eksport, glоbаl, personnel, private sector, глобальный, массовый туризм, international tourism, infrastructure, tourism industry, locomotive, паломнический туризм, турагентство, отдых, sanoat inqilobi, xususiy sektor, export, lokomotiv, промышленная революция, diplomat, ziyorat turizmi, дипломат, infratuzilma, mass tourism, personal, частный сектор, rekreatsiya, инфраструктура, индустрия туризма, ommaviy turizm, экспедиция, pilgrimage tourism, ekspeditsiya, sayohatchi, экспорт, sivilizatsiya
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025