К содержанию
РецензированоUZ2024

BOLANING KAMOL TOPISHIDA PSIXOLOGIK YONDASHUV

UZBEKISTAN” JURNALI · Raximova Nigora Abduzaxidovna

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Sizga ma’lumki, ko’pgina ota-onalar farzandlarini tarbiyalashda turli xil to’siqlarga uchraydilar.Farzandni dunyoga keltirib, ularni voyaga yetkazib katta qilish va ilm zinapoyalaridan qadamma-qadam yetaklab, dunyoni tanitishda ota-onadan og’ir mehnatni, mashaqqatni talab etadi. Kalit so`zlar: zamonaviy madaniyat, ommaviy axborot tizimlari, Ta’lim tizimida psoxologik metodlarning ijobiy natijalari, internet tarmoqlar. Har bir ota-ona o’z farzandlarini qanchalik yuqori marralarga erishishlarini orzu qiladilar. Ularning bilimi uchun sarmoya sarflab, qo’lidan kelganicha zamonaviy maktab dargohlarida o’qitishga harakat qiladilar. Bola bilimli, ongli, har tamonlama zakiy bo’lishi uchun va kelajakda komil inson bo’lib yetishishida hissa qo’shadilar. Shubhasiz, zamonaviy madaniyat va ayrim ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlaridan kelayotgan turli tarbiyaga mos kelmaydigan ko’rsatuvlar bola ongiga ta’sir etmoqda. Farzandni tarbiyalashda ya’ni, bir- biriga zid g’oyalar va qadriyatlar bilan teskari qilib tashlanmoqda. Afsuski, ularning ko’pchiligi bolaning dunyo qarashiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shularning barini hisobga olgan holda farzandlarga internet tarmoqlardan to’g’ri foydalana olishni o’rgatishimiz lozim. Ota-onalar ham bu jarayonda o’z farzandlari uchun asosiy na’muna bo’lib qolaveradilar. Bundan tashqari, oiladagi tinch-totuvlik muhiti ham bolaning tarbiyasida katta rol o’ynaydi.Oiladagi milliy qadriyatlar asosida tarbiya topgan bola o’zaro hurmatni ko’rib katta bo’lsa, atrofdagi insonlarga ham hurmat ko’zi bilan qaraydi.Katta va kichiklarni xurmat qilishni o’rganadi.Buni biz ustozlar o’quvchilarni o’qitish va bilim berish jarayonida bilib olamiz. O’quvchilarimizga bilim va tarbiya berar ekanmiz,ularni har bir ishda mas’uliyatli bo’lib yondashishida yo’l ko’rsatishimiz lozim. Milliy qadriyatlar asosida bilim berib, ta’lim- tarbiyani ongiga singdirib boramiz.O’quvchilar bilan 18 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 tarbiya darslarida turli mavzularda, yoritalayotgan mavzuning ijobiy va salbiy tomonlari haqida suhbatlashiladi. Ta’lim tizimida psoxologik metodlarning ijobiy natijalari Bir necha yillik faoliyatim davomida o’quvchilar bilan psixologik metodlardan foydalanib kelaman. “Ongli bola qanday bo’ladi?” mavzusida keng qamrovli suhbat va mashg’ulot o’tkazganimda, mashg’ulot natijalari juda ham samarali va ijobiy yakunlangan. O’quvchilar insonlarga qanday yordam berish kerakligi, atrofdagilar bilan qanday munosabatda bo’lish lozimligi,ezgu ishlar nimaligi to’g’risida o’z fikrini keng bayon etganlarini ko’rib, hayratga tushasiz. Yana bir o’quvchim o’qish va yozishda sinfdagi boshqa bolalardan o’zlashtirishda juda qiynalar edi. Unga yordam berish uchun ko’p izlandim.Kuzatuvlarim natijasida ertalab boshlagan mashg’ulotlarini kechki tomon yakunlashda qiyinchilikka duch kelishini aniqladim. Bir kuni oldimga chaqirib ko’zini kichik ro’molcha bilan siqib bog’lab qo’ydim. Keyin sinfning u boshidan, bu boshiga yurgazdim. Bola yurish jarayonida doskaga, partalarga urildi va qiynalib meni qidirib yonimga topib keldi. Men ko’zini yechar ekanman o’sha zaxoti bola yig’lab yubordi. Men unga, nimani his qilding, deb so’radim. U ko’zim hech narsani ko’rmadi ,zulmat ichida qolib ,qo’rqib ketdim dedi va meni qattiq quchoqlab oldi.Shu payt o’quvchimga, seni ko’zing bu go’zal olamni ko’rib turibdi, senga o’xshagan ko’zi ojiz ,nogiron bolalar bor.Ular bu yorug’ olamni ko’rishga muxtoj. Yozay ,chizay desa qo’llari nogiron . Shunday bo’lsa ham ular oldinga intilib, rasm chizishga, dars qilishga, kitoblarni g’ijjalab bo’lsa ham o’qishga harakat qiladilar. Senchi – sen, ko’zing bu yorug’ va go’zal olamni ko’rib turibdi, oyoq va qo’llaring butun bo’lib turib, darslarni o’zlashtirmaysan, dangasalik qilasan. Bilim olishga befarq munosabatda bo’lasan, deb aytdim. Shu kundan boshlab shu o’quvchimda katta o’zgarishlar bo’ldi. Sinfdagi eng a’lochi o’quvchilarim qatoriga qo’shildi. Bu kichik bir psixologik yondashuv o’quvchimni butunlay yaxshi tomonga o’zgartirdi.O’zida mas’uliyatni xis qilgan xolda, darslarni vaqtida va tez bajaradigan bo’ldi. O’z oldiga ulkan maqsadlar qo’ydi. Birgina kichik bir “Ko’z bog’lami” bolani mas’uliyatli bo’lishida, darslarga bo’lgan qiziqishida, oldinga intilishida, hamma faol o’quvchilar kabi yaxshi bilim olish darajasiga chiqishida katta yordam berdi. 19 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 “Dars muqaddas” dir! Biz ustozlar har bir darsga ajratilgan vaqtni muqaddas bilib, mavzuga oid bilimlarni o’quvchilarimiz ongiga singdirar ekanmiz, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashimiz lozim. O’quvchilarimizga kattalarni hurmat qilishini , halollikni, adolat kabi asriy qadriyatlarni singdirishimiz lozim.Bu jarayonda biz ustozlar va ota-onalar ularga har tomonlama na’muna va o

Доказательный фрагмент

«Sizga ma’lumki, ko’pgina ota-onalar farzandlarini tarbiyalashda turli xil to’siqlarga uchraydilar.Farzandni dunyoga keltirib, ularni voyaga yetkazib katta qilish va ilm zinapoyalaridan qadamma-qadam yetaklab, dunyoni…»

Образец извлечения

Демо-превью

Sizga ma’lumki, ko’pgina ota-onalar farzandlarini tarbiyalashda turli xil to’siqlarga uchraydilar.Farzandni dunyoga keltirib, ularni voyaga yetkazib katta qilish va ilm zinapoyalaridan qadamma-qadam yetaklab, dunyoni… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zamonaviy madaniyat, ommaviy axborot tizimlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники