К содержанию
РецензированоRU2024

Правила фикха как составная часть исламского права

Avazova Shoira (International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024)

Культура, отношения, философия туркоязычных народов: история, сегодня и будущее · 5 · 2024

Аннотация

This article examines the significance, development and role of fiqh rules in the system of Islamic law, as well as their place in regulating legal relations. The works of outstanding legal scholars who substantiated and systematized fiqh rules are examined. The significance of customary law in fiqh rules is considered, and a comparative analysis of fiqh rules with modern procedural legislation is conducted. Keywords: Islamic law, jurist, fiqh rule, fundamental rule, science of disagreement, customary law. Azaliy qadriyatlarimiz va ahloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan muqaddas dinimizni asrash va qadrlash har birimizning sharafli burchimizdir. Islom - haqiqatni anglash demakdir, u odamzotni ezgu amallarni bajarishga undaydi, har birimizni yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson bo‘lishni o‘rgatadi [2:30]. Bugungi tezlik bilan o‘zgarib borayotgan globallashuv davrida muqaddas islom dinining mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilish, ularni soxtalashtirish yo‘li bilan turli fitna va buzg‘unchiliklar sodir etish holatlari kuzatilib turibdi. “Islom faqat nurli hayotga, ilm-ma’rifatga, yaxshilikka undaydi. Hech qachon xunrezlik, qotillik, zo‘ravonlikka chaqirmaydi. Ana shu haqiqatni tan olmasdan, soxta g‘oyalarga aldanib, zararli oqimlarga kirish, terrorchi bo‘lish – bu O‘zbekiston xalqiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi”. Bunday vaziyatda dinimizning sofligini saqlash, uning tinchlik va insonparvarlikdan iborat asl mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, xalqimizning boy diniy va ma’naviy merosini o‘rganish borasida izlanishlar olib borish va targ‘ib etish, shu yo‘l October, 2024 IIAU.UZ 178 International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024 Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak orqali yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi bugungi kunimizning muhim vazifalaridan biridir. Islom jahon dinlaridan biri sifatida asrlar davomida ko‘pgina xalqlar ma’naviy dunyoqarashining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Din, shu jumladan islom dini ham ming yillar davomida barqaror mavjud bo‘lib kelganligining o‘ziyoq u inson tabiatida chuqur iz qoldirganligidan, uning o‘ziga xos bo‘lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Islom dini bir vaqtning o‘zida ham diniy, ham dunyoviy qudratni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, yagona kitob imon e’tiqodni, odatlar va hatto huquqni ham belgilab bergan, shuningdek, yaratuvchining qat’iy irodasi ham yagona kitobda ifodalangan. Islom dini nafaqat e’tiqod sifatida balki ijtimoiy hayotning turli sohalarida o‘z ifodasini topgan, jumladan, jamiyatdagi turli xil munosabatlarni tartibga solib turgan mustaqil huquqiy madaniyatdir. Bu huquqiy madaniyat insoniyat rivojlanishining ulkan yutuqlaridan biri bo‘lib, jahon huquqiy xaritasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ma’lumki, islom huquqi sunniylik oqimida dastlab to‘rt asosiy mazhab, ya’ni hanafiy, shofeiy, hanbaliy va molikiy mazhabidagi ko‘pgina faqihlar tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar asosida rivojlanib borgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan u yoki bu mazhablarga tegishli turli hukmlardan to‘g‘ri va haqqoniy qoidani aniqlab olish, hatto nufuzli qozi va muftiylar uchun ham mushkul edi. Shunday sharoitda islom huquqining umumiy nazariy asoslarini ishlab chiqish muhim masala bo‘lib qoldi. Natijada huquqiy tartibotning umumiy qoidalari, ya’ni islom huquqining o‘ziga xos «umumiy qismi» vujudga kelib, uning tarkibiy qismini boyitdi. Bu umumiy qoidalar ko‘pchiligi mujtahidlar tomonidan islom huquqining barcha manbalarini va ulardan amaliyotdan foydalanish jarayonini o‘rganib chiqqan holda yaratilgan qoidalardir. Boshqacha aytganda, agar dastlab ulamolar Qur’on va sunnadagi diniy-ahloqiy tushunchalarni huquqiy ko‘rinishdagi qoidalarga yo‘naltirishga intilgan bo‘lsalar, keyinchalik islom huquqining hayotga tatbiq etilishini yanada takomillashtirish maqsadida fatvolardan foydalangan holda ushbu huquqiy tizimning umumiy qoidalarini shakllantirdilar. Bundan yagona maqsad islom huquqining normalarini yaxshiroq tushunish va eng muhimi ma’lum ishni hal qilish uchun ko‘plab qoidalar ichidan aniq hukmni aniqlab olish edi. Shuning uchun bu qoidalar barcha sharhlar uchun umumiy edi. Ularning paydo bo‘lish payti islom huquqining nazariy va amaliy rivojlanishida eng dolzarb davr hisoblanadi. Shu vaqtdan boshlab, uning tarkibiy qismida jiddiy o‘zgarishlar vujudga keldi, ya’ni ular islom huquqi tizimida muhim o‘rin egallay boshladi. XIX asrda Usmoniylar imperiyasida qabul qilingan islom October, 2024 IIAU.UZ 179 International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024 Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak fuqarolik huquqiga oid normalarni o‘zida mujassamlashtirgan, yevropacha kodeks shakliga ega bo‘lgan huquqiy hujjat “Majallai ahkomi adliya”ning 2-100-moddalari ham fiqhiy qoidalarga bag‘ishlangan [3:33]. Fiqhiy qoidalar asosan fiqhiy manbalardan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, ayrim fiqhiy qoidalar Qur’on

Доказательный фрагмент

«This article examines the significance, development and role of fiqh rules in the system of Islamic law, as well as their place in regulating legal relations.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the significance, development and role of fiqh rules in the system of Islamic law, as well as their place in regulating legal relations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Islamic law, jurist, fiqh rule, fundamental rule, science of, science of disagreement, фикхское правило, faqih, fiqh rule, fundamental rule, основополагающее правило, xilof ilmi, odat huquqi, правовед, Islom huquqi, customary law, zobit qoida, fiqhiy qoida, исламское право, обычное право, наука о разногласиях, Islamic law
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники