Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARDA GRAMMATIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH
Po‘lat O‘rozboyev
Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026
Аннотация
O`yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo`lish, jasur, qat`iyatli bo`lish, qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarning tarkib topishida yordam beradi. Kalit so’zlar: o’yinlar, integratsiyalar, Grammatik o’yinlar, o’qituvchi. Respublikamiz xalq ta`limi oldida turgan asosiy vazifa har tomonlama kamol topgan sog`lom, qobiliyatli, o`z Vatani va xalqiga sodiq insonlarni tarbiyalash va ularni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu ulug` maqsadni ro`yobga chiqarish xalq ta`limi tizimiga qarashli barcha xodimlar va keng o`qituvchilar ommasidan o`z ishiga ijodiy yondashish, har bir ishda yuksak samaradorlikka erishish xilma-xil metodik usullarni o`ylab topish hamda uni maktab hayotiga tadbiq etishni talab qiladi. Bugun maktablarda ta`lim olayotgan o`quvchilar ilm-fan, texnika taraqqiyoti erishgan bir qator yutuqlardan bahramand bo`lgan ma`lum darajada bilimli kishilardir. O`quvchiga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli mashg`ulotlarni dars jarayoniga singdirishni talab qiladi. Ruhshunoslarning aniqlashicha bolalar o`qituvchining oddiy tushuntirishi orqali egallab olgan ma`lumotlarga qaraganda turli xil ruhiy kechinmalar orqali o`zlari mulohaza yuritib mustaqil bajargan ishlari vositasida o`zlashtirilgan bilimlarini uzoq esda saqlab qoladilar. Chunki o`quvchi mustaqil mashqlarni bajarishda faoliyat ko`rsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda ko`plab o`quv materiallarini hayolidan o`tkazadi. O`xshash hodisalarni taqqoslaydi. O`zicha mulohaza yuritib mustaqil hukm chiqaradi. O`qituvchilarning tayyor holda bergan ma`lumotida esa o`quvchi fikrlash faoliyati to`la ishga kirishmasdan to`g`ri javobni o`zlashtirib oladi. O`xshash hodisalarga duch kelishi bilan o`qituvchi bergan bilimni amaliyotga taqbiq qilishda qiynalib qoladi. Davlat ta`lim standarti va amaldagi maktab dasturlarida o`quvchi egallashi lozim bo`lgan materiallar ancha murakkab bo`lib, bolalarning bu bilimlarni bosqichma-bosqich egallab olishlarini, kengaytirib va rivojlantirib borishlarini taqozo etadi. Bugungi Davlat ta`lim standarti va ta`lim tizimi o`qituvchilar oldiga o`ta mas`uliyatli vazifalar yuklamoqda. Muallim har bir o`tilayotgan darsga ijodiy yondashishi, mashg`ulotlarni ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida qurishi, darsning har bir minutidan unumli foydalanishi zarur. Mashg`ulotlarni shunday 7.1 96 2 11 tashkil etish kerakki, o`quvchi har bir dars davomida egallashi lozim bo`lgan bilimlar hajmini, o`zida hosil qiladigan ko`nikma va malakalarni oldindan belgilab olishi lozim. Bu o`z navbatida o`quvchining mashg`ulotlarga aniq maqsad bilan qatnashishini taqozo qiladi. Chunki o`quvchi darsning oxirida belgilangan maqsadga erishganligini bilish imkoniyatiga ega bo`lishi zarur. Bola dunyoga kelishi bilan ota-ona va qarindosh-urug`lari kundan-kun o`sib borayotgan yosh inson faoliyatida odamlarga xos har xil harakatlarni ko`rgisi keladi va tez orada bu orzularining ro`yobga chiqayotganligining guvohi bo`ladi. Dastlabki davrlardan boshlab ona o`z bolasining qo`l-oyoq va gavda harakatlarini o`yin sifatida shakllantiradi. Keyinchalik bolaning butun faoliyati o`yin bilan bog`liq bo`ladi. Asta- sekin o`yin yosh bola hayotining asosiy mashg`ulotiga aylanadi. O`yin bolani aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalash vositalaridan biridir. Bolalar o`yinlari yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishiga samarali ta`sir ko`rsatadi. O`yin vaqtida bolaning sezgi va idroki, tafakkur va xayoli, xotira va diqqati, iroda va hissiyoti kabi ruhiy jarayonlari ishtirok etadi. O`yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo`lish, jasur, qat`iyatli bo`lish, qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarning tarkib topishida yordam beradi.Bola kattalarning kundalik hayotiy faoliyatidagi yumushlarni o`yin orqali bajarishga intiladi. Garchi bolalar o`yinlari mazmunan kattalar faoliyatining bir ko`rishi bo`lsa-da, uning o`ziga xos jihatlari bor. Birinchidan, bola o`yinni o`z xohishi bilan erkin va ijodiy bajaradi. Bu o`yinlar emotsional bo`lib, bolani o`ziga rom qilib oladi. Bola o`yinga qiziqib ketadi, zavqlanadi, o`rtoqlik hissi kuchayadi. Bolalar o`yinlari mazmuniga ko`ra o`yinchoqli, harakatli va didaktik turlarga bo`linadi. Bu o`yinlarning barchasi bolalarni faoliyat yuritishga chorlaydi. Didaktik o`yinlar esa bolaga ta`lim berishga qaratilganligi bilan ajralib turad. Didaktik o`yinlar maktab o`qituvchilari tomonidan ijod qilingan. Bu o`yinlar katta maktab o`quvchilariga mo`ljallanadi.O`yin orqali bola jamoani tushunadi. O`zi bajarayotgan mashg`ulotga nisbatan ongli munosabatda bo`ladi. Har bir mashg`ulot jarayonida ixtiyoriy diqqatini ishga soladi. O`yinda ilg`orlikka, g`alaba qozonishga intiladi. Maktab bola hayotida juda muhim o`rin turadi. Shu davrda u atrof-muhit, jamiyat va kishilar mehnati, maktab-maorif haqidagi bilimlarni egallaydi. Kecha o`yin bilan band bo`lib, erkin faoliyat ko`rsatib yurgan bolaning birdan maktabning ichki qonun-qoidalariga moslashishi, belgilangan tartib asosida mashg`ulotlarga o`z vaqtida
Доказательный фрагмент
«O`yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo`lish, jasur, qat`iyatli bo`lish, qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarning tarkib topishida yordam beradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюO`yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo`lish, jasur, qat`iyatli bo`lish, qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarning tarkib topishida yordam beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Grammatik o’yinlar, integratsiyalar, o’qituvchi, o’yinlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024