К содержанию
РецензированоUZ2024

TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARNING O`RNI

UZBEKISTAN” JURNALI · TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA NODAVLAT · NOTIJORAT TASHKILOTLARNING O`RNI · SHAROPOV MIRABBOS AKBAROVICH

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Quyidagi tadqiqot ishida nodavlat notijorat tashkilotlarini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Ularning tashkiliy huquqiy shakllari olimlar fikrlari bilan tahlil qilinib, tadbirkorlik faoliyati shug‘ullanish chegarasini belgilash orqali ulardan ko‘zlangan maqsaddan chetga chiqmaslik maqolaning bosh maqsadi sanaladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini moliyalashtirish istiqbollari va hozirgi kunda erishilgan hamda kelajakda erishilish ko‘zlangan natijalar tahlil qilingan. Kalit so`zlar: tadbirkorlik, nodavlat, tijorat, erishilgan ko`rsatkichlar, tashabbuslar, notijorat. 2021 yil 6 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda jamiyatimizning barcha sohalarini isloh etish, jumladan, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda “Islohotlarning amaliy natijadorligini oshirishda, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda aholimizning yanada faolroq, yanada tashabbuskor bo‘lishiga erishmog‘imiz lozim”. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining o‘zagi hisoblangan nodavlat notijorat tashkilotlari aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, inson huquqlarini himoya qilish va jamoat nazorati mexanizmlari orqali davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining shaffofligi va samaradorligiga katta hissa qo‘shadi. Bunda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samaradorligi bevosita moliyaviy jihatdan mustaqilligi, moddiy-texnik bazasining ta’minlanganligi hamda ularni moliyalashtirishni izchil diversifikatsiya qilishga chambarchas bog‘liq. 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra adliya organlarida ro‘yxatdan o‘tgan nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning 654 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 alohida bo‘linmalari soni 9 160 tani (2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 9 860 ta, 2020 yil 1 yanvar holatiga 10 502 ta) tashkil qilib, shundan 600 tasi Adliya vazirligi hamda 8 560 tasi hududiy adliya organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Respublika bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarning ko‘p qismi sport, inson huquqlarini himoya qilish, yoshlar va tadbirkorlikni rivojlantirish sohalariga to‘g‘ri keladi. Jami 9 160 ta nodavlat notijorat tashkilotning 7 171 tasi jamoat birlashmasi, 484 tasi jamoat fondi, 834 tasi muassasa va 671 tasi boshqa tashkiliy- huquqiy shaklda (palata, filial va b.) tashkil etilgan. Ko‘rinib turganidek, nodavlat notijorat tashkilotlarining aksariyat qismi jamoat birlashmasi tashkiliy-huquqiy shaklda faoliyat ko‘rsatmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyat yuritishida davlat ko‘magi asosiy o‘rinni egallaydi. O‘tgan yillar davomida 2021 yilda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash hajmi davlat tomonidan 2020 yilga nisbatan 2 baravarga oshirilib, 75,8 mlrd. so‘mga yetkazildi. Buning natijasida 2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan 2025 yilda erishiligi lozim bo‘lgan ko‘rsatkich 2021 yilning o‘zida 20 foizga oshirib bajarildi. Shuningdek, so‘nggi 5 yil davomida fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ilgari surilgan 1 750 tadan ortiq ijtimoiy tashabbuslar jami 192 mlrd. so‘m miqdorida qo‘llab-quvvatlandi. Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llabquvvatlashning moliyaviy manbalari diversifikatsiya qilinishi natijasida: – nodavlat notijorat tashkilotlarining dastur va loyihalarida band bo‘lgan fuqarolarning soni 10 000 nafardan ziyodni tashkil etmoqda; – 2 150 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotining moliyaviy barqarorligi ta’minlandi; – xalqaro va xorijiy tashkilotlarga g‘oyaviy qaram bo‘lish xavfining oldi olindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasiga ko‘ra fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etishi, fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga oshirilishi ko‘rsatilgan. Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakatimizda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilish maqsadida qonunchilik hujjatlari xalqaro andozalarga mos ravishda takomillashtirilib borilmoqda. 655 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyat yuritishi yanada takomillashtirish maqsadida Davlat rahbarining 04.05.2018 yildagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF – 5430-sonli Farmoni qabul qilindi. Fa

Доказательный фрагмент

«Quyidagi tadqiqot ishida nodavlat notijorat tashkilotlarini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Quyidagi tadqiqot ishida nodavlat notijorat tashkilotlarini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nodavlat, tadbirkorlik, tijorat, erishilgan ko`rsatkichlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники