К содержанию
РецензированоUZ2025

OQ OSTONA BOBO MAQBARASI ZIYORATGOHI TARIXI

Nazarov Nodirbek Qodir o'gʻli

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article describes the shrine of Ak-astana Baba in Uzun District, Surkhandarya Region, its appearance, and its role in people's lives today. Key words: Abu Khuraira, White Astana, Qur'anic verses and prayers, shrine, mushkulshad. Oq ostona maqbarasi Surxondaryo viloyatining shimoliy-sharqidagi Telpak-Chinor qishlog‘i yonidagi Serharakat mahallasida joylashgan va Muhammad (s.a.v.) Payg‘ambarimining sahobalari avliyo Abu Xurayra(602-679-yy)ning ko‘milgan joyi, ziyoratgohi hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh musulmon olamida mashhur hisoblanadi. Ushbu Surxon daryosining chap qirg‘og‘ida Serharakat mahallasidagi Oq Ostona bobo qishlog‘idagi ziyoratgohning kelib chiqishi esa mashhur sahoba, roviy, faqihlardan biri bo‘lgan Abu Hurayra nomi bilan bog‘liq Oq Ostona bobo ziyoratgohi (X-XI asrlar) joylashgan. Abu Hurayra kulti tarqalishi sabablari hozirgacha yaxshi o‘rganilgan emas. Har holda u hadis ilmining Markaziy Osiyoda VIII-IX asrlarda rivojlanishi va muvaffaqiyat qozonishi bilan bog‘liqdir. Abu Hurayra (r.a.) milodiy 603 yilda Qizil dengiz yaqinidagi Tihomaning Banu Davs qabilasida tavallud topgan. Asl ismi ibn Abdushshams ibn Sahr Davsiy bo‘lib, islomni qabul qilgandan keyin Abdurahmon ismini qabul qilgan. Abu Hurayra 4 03 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ so‘zi arab tilida “mushukcha egasi” ma’nosini anglatadi. Hadislarda bayon etilishicha, uning mushukchasi bo‘lgan, bir kuni mushukni tizasida o‘ynatayotganini ko‘rgan Payg‘ambarimiz uni “Abu Hurayra”, deb chaqirganlar. Shundan keyin bu nom o‘z ismidan ham mashhur bo‘lib ketgan. Abu Hurayra (r.a.) islomni qabiladoshi Tufayl ibn Amir Davsiy (r.a.) da’vati natijasida qabul qildi. Hijratning oltinchi yiligacha o‘zining Davs qabilasida bo‘ldi. Keyin qavmidagi musulmonlar jamoasi bilan Madinaga keldi. Rasullohga yaqinroq bo‘lish maqsadida “ahli suffa” qatoridan joy oldi. Rasulloh (s.a.v.) Abu Hurayra (r.a.)ga butun musulmon ummatiga tatiydigan juda ko‘p hikmatli so‘zlarni aytganlari mashhur. Abu Hurayra (r.a.) Abu Bakr (r.a.) xalifalik davrida dindan qaytgan – murtadlar bilan bo‘lgan janglarda ishtirok etgan. Xalifa Umar (r.a.) davrida Abu Hurayra (r.a.) Baxrayn voliysi, Usmon (r.a.) davrida Makka qozisi vazifalarida faoliyat olib borgan. Muoviya ibn Abu Sufyon (r.a.) davrida esa, Madina shahriga voliy etib saylangan. Uning asosiy mashhurligi esa tarixda eng ko’p hadis rivoyat qilgan sahoba sifatida e’tirof etilishidir. U jami 5374ta hadisni rivoyat qilganlar. Oq Ostona bobo (Abu Hurayra) maqbarasi X-XI asrlarda barpo etilgan. Bu bino kvadrat shaklda: tashqaridan 9x8,7 metr va ichkaridan 3,65x5,80 metrni tashkil etib, tuzilishidan kubga o‘xshash bo‘lib, o‘qsimon gumbaz bilan sayqallangan. XV asrdagi ta’mirlash ishlarida janubi- sharqiy devor qayta ta’mirlanib, qolgan uch tarafi xom g‘isht bilan terilgan, uning uch burchagidan (sharqiydan tashqari) minorachalar chiqarilib, gumbaz osti qismlari qayta tiklangan. 19-asr oxirida usta Xudoyberdi yarim shikastlangan gumbazni qayta tiklagan, binoning sharqiy tomonidan qoʻshimcha kirish xonasini barpo etilgan. Maqbara fasadida 3-3.5 metr balandlikdagi arkli kirish qismida oʻng va chap burchakda yetti burchakli yulduz tasviriga oʻxshash diametri yarim metrlik ikkita rozet belgisi mavjud. Yetti burchakli yulduz shakli Markaziy Osiyo bezak sanʼatiga xos boʻlmagan kompozitsiya hisoblanadi. Kirish qismidagi arkaning chap tomonidagi belgi markazida oʻsimlik tasviri, oʻng tomonidagisida esa quyosh tasviri tushurilgan. Oqostona bobo maqbarasidagi ramziy belgilar bir-biri bilan uygʻun tarzda qilingan. Belgilar oʻzaro semantik tarzda bogʻlangan. Kirish qismning oʻng va chap tomonidagi belgilarni al-Xorazmiy, Ahmad al- Fargʻoniy, Forobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino asarlarida yozilgan Movaraunnahrning IX-XI asrlardagi belgilarning simentikasi asosida tahlil qilish kerak. Oqostona bobo maqbarasidagi ramziy belgilar Pugachenkova G.A., Hakimov Z.A., Borodina I.F. tomonidan o'rganilgan. 2001—2002-yillar davomida amalga oshirilgan arxeologik qazishmalarga koʻra Oqostona bobo maqbarasining old devor yaqinidan yetti qabr aniqlangan. Oqostona bobo maqbarasiga 4 04 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 2005-yilda ramziy qabr toshi oʻrnatilgan. Mazkur qabr toshi sandiq shaklida yasalgan boʻlib, kattaligi 215 x 55 x 45 x sm ni tashkil etadi. Qabrtosh ustiga Qur’on oyatlari va duolar yozilgan. Ammo Oqostona bobo haqida hech qanday lavha mavjud emas. Mahalliy aholi buni garchi sahoba Abu Hurayraning qabri deb hisoblasa-da, aslda bu yerdagi qabr ramziy ma’noda qurilgan qabrdir, ya’ni bu yerga Abdurahmon ibn Saxr al- Davsiyning qabrida bir siqim tuproq keltirilib, ramziy qabr bunyod etilgan. Mahalliy aholi o’rtasida biror yomon kasallik tarqalgan paytlarda Abu Hurayraning xokidan olib kelingan keyn esa odamlar shu yerni loyidan badaniga surtishib shifo topishga

Доказательный фрагмент

«This article describes the shrine of Ak-astana Baba in Uzun District, Surkhandarya Region, its appearance, and its role in people's lives today.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the shrine of Ak-astana Baba in Uzun District, Surkhandarya Region, its appearance, and its role in people's lives today. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abu Khuraira, White Astana, Qur'anic verses and prayers, shrine, Abu Xurayra, Qur’on oyatlari va duolar, ziyoratgoh, mushkulshod., Oq Ostona
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники