ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕНарзуллаева Нихола Абдурахмановна2021
Turkiy xalqlar ertak namunalarining falsafiy-mantiqiy tahlilI: “Kapalak effekti” ning ertaklarda namoyon bo’lish algoritmi
BO’LISH ALGORITMI (International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024) · Tillaxo‘jayeva Sevaraxon Fazliddinxo‘ja qizi (International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024) · D. I. Fayzixo‘jayeva taqrizi asosida (International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024)
Культура, отношения, философия туркоязычных народов: история, сегодня и будущее · 5 · 2024
Аннотация
Культурная близость тюркских народов также проявляется в их устном народном творчестве. В частности, в сказках тюркских народов часто встречаются похожие сюжеты. В этой статье проводится философско-логический и сравнительно-типологический анализ сказки «Лиса» из узбекского, каракалпакского и кумыкского фольклора, с построением алгоритма цепочки событий. На основе анализа раскрываются сходства и различия в менталитете этих народов. Ключевые слова: сказка, алгоритм сказки, эффект бабочки, кочующие мотивы, сказки тюркских народов. Turkiy xalqlar folklor an’analarini tadqiq etish va ularni qiyosiy-tipologik metodlar asosida o‘rganish o‘zbek folklorshunosligida alohida yo‘nalishni tashkil qiladi [1]. Bu kabi tadqiqotlar xalqlar o‘rtasidagi madaniy yaqinlik va umumiylikni anglashga, shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada turkiy xalqlardan o‘zbek, qoraqalpoq va qo‘miq xalqlarining “Tulki” haqidagi ertagi falsafiy-mantiqiy tahlil etiladi hamda ertaklardagi voqealar zanjirining algoritmik formulasi hosil qilinadi. Hosil qilingan algoritm orqali turkiy xalqlar ertaklarida “kapalak effekti” prinsipining mavjudligi asoslanadi. Tahlilni “Tulki” ertaginining o‘zbek, qoraqalpoq va qo‘miq xalqlari talqinidagi syujetlarini ko‘rib chiqishdan boshlaymiz. 1-talqin (o‘zbek xalq ertagi) Tulki o‘rmondan angishvona topib oladi va uni bir ayolning uyida turib tursin deb qoldiradi va kechqurun ayolga bildirmay angishvonani qaytarib oladi. Ertasi kuniga ayoldan angishvonasini qaytarib berishini talab qiladi, ayol esa hijolat bo‘lib angishvona o‘rniga qirqta non beradi. Tulki xuddi shunday aldov bilan qirqta nonni echkiga, echkini tuyaga, tuyani esa qizga almashtiradi. Ertak so‘ngida ovchilar qiz solingan qopni it solingan qop bilan almashtirib qo‘yishadi va ertak tulkining o‘limi bilan yakun topadi. October, 2024 IIAU.UZ 79 International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024 Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak Ertakda yetkazilmoqchi bo‘lgan g‘oya “nima eksang, shuni o‘rasan”, “aldov qilsang, aldov topasan” mazmunidagi hikmatni o‘zida mujassam etgan. Shuningdek, tulkining ochko‘zligi oxir-oqibat uning boshini yeyishi ham axloqiy dars sifatida ko‘rsatiladi. Qoraqalpoq va qo‘miq ertaklaridan farqli ertakning o‘zbekcha talqinida yaxshi va yomon (protagonist va antagonist) obrazlari aniq ko‘rsatilgan va tinglovchi ularni ajratib olishga qiynalmaydi. 2-talqin (qoraqalpoq xalq ertagi) Tulki o‘rmondan singan urchuq topib oladi va uni bir ayolning uyida butun urchuq oldida turib tursin deb qoldiradi. Ertasi kuniga tulki ayoldan urchug‘ini qaytarib berishini so‘raganida, ayol unga hech qanday urchuqni omonat qoldirmaganini aytadi. Bundan jahli chiqqan tulki uy egasining butun urchug‘ini olib qochib ketadi. Shu tariqa tulki urchuqni nonga, nonni qo‘zichoqqa, qo‘zichoqni qizga almashtirib olib ketadi. Uy egasi qopchadagi qiz o‘rniga it solib qo‘yadi va ertak tulkining dumidan ayrilishi bilan yakun topadi. Qoraqalpoq xalqi talqinidagi bu ertakning birinchi talqindan farqi ikki jihatda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, ertakda ezgu obraz (protagonist) uchramaydi, sababi uy egalari tulkining omonatiga xiyonat qilishadi. Ikkinchidan esa ertak tulkining o‘limi bilan emas, dumidan ayrilishi bilan yakun topadi. Ertakning bu talqinidagi axloqiy saboq ochko‘zlikning jazosi tulkining dumidan ayrilishi bilan ko‘rsatiladi. 3-talqin (qo‘miq xalq ertagi) Tulkining oyog‘iga tikan kiradi va bir ayol uni bu darddan xalos etib, tikanni olovga tashlaydi. Tulki undan tikanni qaytarishini yoki tikan o‘rniga non berishini so‘raydi. Ayol unamagach, tulki nonni o‘g‘irlab ketadi va boshqa xonadonga nonni omonat qoldiradi. Biroq uy egalari nonni yeb qo‘yishadi va tulki non o‘rniga tovuqni olib qochib ketadi. Keyingi safar uy egalari tovuqni yeb qo‘yishganda, jahli chiqqan tulki qizchani olib qochib ketadi. Qopga solingan qizchani cho‘ponlar qutqarishadi va ertak tulkining jarlikka tushib ketishi bilan yakun topadi. Ertakning ushbu talqini avvalgi ikki talqindan voqealar zanjirining boshlanishi bilan farq qiladi, bunda tulkining yaxshilikka yomonlik bilan javob qaytarishi va ochko‘zligi oxir-oqibat uning halok bo‘lishiga olib keladi. Har uchchala ertaklarni qiyosiy tahlil qilish orqali xalqlarning mentaliteti va identikligi bo‘yicha quyidagi xulosalarni hosil qilish mumkin: 1) Tulki haqidagi o‘zbek xalq ertagida protagonist va antagonist – yaxshi va yomon obrazlarning chegaralari aniq ifodalangan va axloqiy qadriyatlar faqatgina ezgu obrazga, g‘ayriaxloqiy qadriyatlar esa yovuz obrazga xosdir; 2) Qoraqalpoq va qo‘miq xalq October, 2024 IIAU.UZ 80 International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024 Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak ertaklaridagi syujetning aynan o‘xshashligi ikki xalq ham ko‘chmanchi turmush tarzi kechirgani va mehnat faoliyatining aynanligi bilan bog‘liqdir. Kapa
Доказательный фрагмент
«Культурная близость тюркских народов также проявляется в их устном народном творчестве.»
Образец извлечения
Демо-превьюКультурная близость тюркских народов также проявляется в их устном народном творчестве. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- butterfly effect, folktale, the algorithm of folktale, Turkish folktales, ertak, эффект бабочки, ko‘chib yuruvchi motivlar, сказки тюркских народов, алгоритм сказки, ertak algoritmi, kapalak effekti, сказка, turkiy xalqlar ertaklari, кочующие мотивы, international motifs
Смежные источники
ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕФарангис Шокировна Азимова2025
ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕМиралим Тугалваевич Бердикулов2022
ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕМурод Гайбуллаевич Рахматов2021