Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O'SMIRLIK DAVRIDAGI YOSHLARGA O‘Z O‘ZINI ANGLASHDA PSIXOLOGIK YORDAM KO’RSATISH
YORDAM KO’RSATISH · Sipatdinov Arman Sharafatdinovich
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Adolescence is characterized by such processes as personality formation, identity determination, emotional stability, and finding one's place in the social environment. This article examines the role of psychological support in adolescent self-concept and identity development, as well as how to help adolescents with self-esteem and self-concept difficulties. the necessity is mentioned. Key words. Adolescence, self-awareness, psychological support, social environment, social roles, identity, socialization. ОКАЗАНИЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ПОМОЩИ ПОДРОСТКАМ В САМОПОНИМАНИИ Аннотация. Подростковый возраст характеризуется такими процессами, как формирование личности, определение идентичности, эмоциональная устойчивость, поиск своего места в социальной среде. В данной статье рассматривается роль психологической поддержки в развитии Я-концепции и идентичности подростка, а также отмечается необходимость оказания помощи подросткам с трудностями в самооценке и Я-концепции. Ключевые слова. Подростковый возраст, самосознание, психологическая поддержка, социальное окружение, социальные роли, идентичность, социализация. O‘z o‘zini anglash — bu insonning o‘z hissiyotlarini, fikrlarini, qadr-qimmatini, maqsadlarini va xulq-atvorini chuqur tushunish jarayonidir. 80 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Bu jarayon shaxsiy o‘sish va o‘zini rivojlantirishning muhim qismi bo‘lib, insonni ongli va mas’uliyatli hayot kechirishga undaydi. O‘z o‘zini anglash insonni o‘z hayotining boshqaruvchisi bo‘lishiga yordam beradi va uni maqsadli hayot kechirishga olib keladi. O'z-o'zini anglashning psixologik xususiyatlari insonning o'zini qanday tushunishi, qabul qilishi va o'zini qanday baholashiga bog'liq. Bu jarayon nafaqat individning o'ziga bo'lgan munosabati, balki uning hayotdagi muvaffaqiyatlari, qiyinchiliklarga qarshi kurashi va ijtimoiy munosabatlari bilan ham bog'liq. O'z-o'zini anglash psixologik jarayon bo'lib, shaxsning o'z hayotidagi muammolarni hal qilishda qanday yondashishiga ta'sir qiladi. Bu jarayon har bir individning hayotdagi muvaffaqiyatlariga va o'zgarishlarga bo'lgan yondoshuviga katta ta'sir ko'rsatadi. O'smirlik davri, insonning psixologik rivojlanishida juda muhim bosqich bo'lib, bu davrda o'z-o'zini anglash (yoki identifikatsiya) jarayoni yuzaga keladi. O'smirlik — bu o'zlikni, shaxsiyatni va jamiyatdagi o'rnini aniqlashga intilish davri bo'lib, o'smirlar o'zlarini tushunish, o'z kimligini shakllantirish va ijtimoiy muhitda o'zlarining o'rnini aniqlashga harakat qiladilar. O'smirlik davrida o'z-o'zini anglash jarayoni juda murakkab va ko'p qirrali bo'lib, uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun o'smirlarning psixologik rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatish zarur. O'z-o'zini anglashning bu davrda shakllanishi, o'smirning kelajakdagi shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy muvaffaqiyatlariga katta ta'sir ko'rsatadi. O'smirlar bu jarayonni o'tayotganda, ularga psixologik yordam, qo'llab-quvvatlash va yetarlicha maktab, oila va jamiyatdan yordam berish muhimdir. O'smirlar hayotining bu muhim bosqichida psixologik yordam ularga o'zlarini anglashda, ichki ziddiyatlarni hal qilishda va maqsadga erishishda yo'nalish beradi. Bu nafaqat o'smirlarning hozirgi holatini yaxshilaydi, balki ularning kelajagini ham mustahkam poydevorga asoslaydi. Ota-onalar, pedagog o’qituvchilar, maktab psixologlari va boshqa mas’ul shaxslar bu davrda o’smir yoshdagi bolalarning rivojlanishini to’g’ri tashkil qilish va unga alohida yondashish maqsadida quyidagi yo'nalishlarni amalga oshirishi zarurdir. Bu davrda o’smirlarda o'zlikni qabul qilishni rivojlantirish va bu borada ularga psixologik xizmat ko’rsatish juda muhim ahamiyat kasb etadi. O'smirlar ko'pincha o'zlarini qiyinchiliklarga duchor bo'ladigan, o'zlarini topish jarayonida noaniqliklar va stressga yo'l qo'yadigan yoshda bo'lishadi. Psixologik yordam o'smirni o'ziga bo'lgan ishonchini oshirishga va o'zining zaif tomonlarini qabul qilishga yordam beradi. O'smirlar o'zlarini boshqa odamlar bilan solishtiradilar, bu esa ularda salbiy his-tuyg'ularni keltirib chiqarishi mumkin. Psixologlar ularga o'z xususiyatlarini va yaxshi jihatlarini ko'rsatib, o'zini qadrlashni o'rgatishlari zarur hisoblanadi. Shuningdek bu davrda o’smirlar emotsional qo'llab-quvvatlashga ehtiyojlik sezishadi. O'smirlar hissiy jihatdan juda o'zgaruvchan bo'ladilar. Psixologik yordam ularga hissiy holatlarini tushunish, his-tuyg'ularini aniqlash va ularga qanday boshqarish kerakligini o'rgatishda 81 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 yordam beradi. O'smirlar ko'pincha o'qish, ijtimoiy aloqalar va o'zini o'zgartirish bilan bog'liq stressni boshqarishda qiynalishadi. Psixologik yordam ularga stressni yengish usullarini, meditatsiya, nafas olish mashqlarini yoki boshqa salbiy his-tuyg'ulardan chiqish yo'llarini o'rgatishga yordam beradi. Albatta, o’smirlar ijtimoiylashuv jarayonini boshdan kechirar ekan, ular o’z ijtimoiy rollarini aniqlashda har xil tushunarsiz xolatlarga duch kelishi
Доказательный фрагмент
«Adolescence is characterized by such processes as personality formation, identity determination, emotional stability, and finding one's place in the social environment.»
Образец извлечения
Демо-превьюAdolescence is characterized by such processes as personality formation, identity determination, emotional stability, and finding one's place in the social environment. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Adolescence, self-awareness, psychological support, social environment
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024