Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O'SMIRLARNING KASB TANLASH JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN PSIXOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARGA YECHIMLAR
Sipatdinov Arman Sharafatdinovich
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In this scientific article, the problems that may arise in the process of choosing a profession of adolescents and their effective elimination, as well as the psychological methods, techniques and types of support that can be shown to adolescents who are facing difficulties in choosing a profession, and their how important they are. Key words. Adolescence, career choice, psychological support, social influence, psychological influence, ability, experience, skill, mastery. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ, ВОЗНИКАЮЩИЕ В ПРОЦЕССЕ ВЫБОРА ПОДРОСТКА, И ИХ РЕШЕНИЯ Аннотация. В данной научной статье рассмотрены проблемы, которые могут возникнуть в процессе выбора профессии подростками и их эффективное устранение, а также психологические методы, приемы и виды поддержки, которые можно оказать подросткам, столкнувшимся с трудностями при выборе профессии. и насколько они важны. Ключевые слова. Подростковый возраст, выбор профессии, психологическая поддержка, социальное влияние, психологическое влияние, способности, опыт, умение, мастерство. O'smirlik davri psixologik jihatdan juda murakkab va o'ziga xos davrdir. Bu davrda yoshlar nafaqat jismoniy jihatdan o'sib boradilar, balki ruhiy va emotsional jihatdan ham katta o'zgarishlarni boshdan kechiradilar. 76 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Psixologik talqinga ko'ra, o'smirlik davri – bu shaxsiyatning shakllanishi, kimligini izlash va jamiyat bilan o'zaro munosabatlarning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan muhim bosqichdir. Ushbu davrda yoshlar o'zlarining ichki dunyosi va tashqi olam bilan bo'lgan aloqalarini yanada chuqurroq tushunishga intilishadi. Shu bilan birga yana bir asosiy masalalardan biri, ya’ni kasb tanlashda ham dastlabki muhim o’zgarishlar va qarorlar qabul qilinadi. O'smirlarning kasb tanlashi – bu hayotiy qarorlardan biri bo'lib, ularning shaxsiy o'sishiga, qiziqishlariga, talantlariga va ijtimoiy sharoitlarga asoslanadi. Kasb tanlash jarayoni o'smirlar uchun juda murakkab va psixologik jihatdan muhim bo'lib, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatli hayotiga va baxtli bo'lishlariga ta'sir qiladi. O'smirlar bu davrda o'zlarining qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlashga intilishadi, ammo ular ko'pincha o'zlarining orzulari va jamiyatning kutishlari o'rtasida muvozanatni topishga harakat qilishadi. O’smirlar ko’pincha kasb tanlashda qiziqish va qobiliyatlar, oilaviy ta’sir, moliyaviy manfaatdorlik va talablar, ustoz-o’qituvchilar ta’siri, tengdoshlarining ta’siri yoki ma’lum kasbga bo’lgan tajribasi asosida muayyan bir kasbni tanlashi mumkin. Bu omillarning har biri o‘smirning individualligiga, yashash muhitiga va ta’lim olgan joyiga qarab turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Lekin, hech qanaqangi kasbiy faoliyatga qiziqishi yo’q yoki kasb tanlashda qiyinchilikka, ikkilanishlarga duch kelayotgan o’smirlik davridagi yoshlarni kuzatishimiz mumkin. Ularning muammoli taraflarini o’z vaqtida va to’liq o’rganish, shunindek ushbu muammolarni natijali bartaraf qilish zarur. Chunki o’smirlik davridagi yoshlarning kelajagi va taraqqiyotining asosiy ustunlaridan biri to’g’ri kasb tanlashdir. Shu sababli, ularga kasb tanlashda ko‘mak berishda har tomonlama yondashuv zarur. O'smir yoshidagi bolalarga kasb tanlashda psixologik yordam ko'rsatish – bu murakkab va ko'plab omillarni o'z ichiga olgan jarayon hisoblanadi. O'smirlar o'zlarining kimligini aniqlash, qiziqishlarini, kuchli tomonlarini va zaifliklarini tushunish, shu bilan birga, jamiyatdagi o'rni, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar kabi faktorlarga asoslangan qarorlar qabul qilishga intilishadi. Kasb tanlashda psixologik yordamning kengroq tahlili o'smirning shaxsiy va ijtimoiy jihatlaridan tortib, maqsadga erishish uchun kerakli ko'nikmalarni rivojlantirishgacha bo'lgan bir nechta aspektni o'z ichiga oladi. Quyida ular haqida batafsilroq so’z yuritamiz. Kasb tanlashning asosiy bosqichi bu o'smirning o'zini tushunishi va kimligini aniqlashdir. O'smirlar ko'pincha o'zlarini qanday kasblarda ko'rishlari va qaysi sohalarda muvaffaqiyatga erishishlari mumkinligi haqida aniq tasavvurga ega bo’lmasliklari mumkin. Bunday vaziyatlarda ularga albatta samarali psixologik yordam ko’rsatish zarurdir. Psixologlar o'smirni o'z qiziqishlarini tahlil qilishga va ulardan qanday foydalana olishlarini tushunishlariga, shuningdek bu qiziqishlarga mos kasblarni tanlashda yordam berishlari mumkin. Masalan, sportga yoki san'atga qiziqish, ilmiy izlanishlarga moyillik, yoki yordam berish 77 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 va insonlarga xizmat qilish istagi kabilar asosida kasblarni taklif qilishi mumkin. Shuningdek o'smirlar o'zlarining kuchli tomonlarini, masalan, aqliy, jismoniy yoki emotsional ko'nikmalarini tushunishlari zarur. Bunday vaziyatda esa psixologlar psixometrik testlar va interaktiv faoliyatlar yordamida o'smirlarning qobiliyatlarini aniqlashga yordam beradi, bu esa o'smirlarning kelajakdagi kasbini tanlashda yordam beradigan asosiy qadamlardan biri hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlash mumkinki, p
Доказательный фрагмент
«In this scientific article, the problems that may arise in the process of choosing a profession of adolescents and their effective elimination, as well as the psychological methods, techniques and types of support tha…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this scientific article, the problems that may arise in the process of choosing a profession of adolescents and their effective elimination, as well as the psychological methods, techniques and types of support tha… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Adolescence, career choice, psychological support, social influence
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024