Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ILOVA KONSTRUKSIYALARDA SINTAKTIK BIRLIKLAR VA SINTAKTIK ALOQALARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Toʻlakova Dilbar Elmurodovna
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 3 · 2026
Аннотация
When explaining the characteristics inherent in attributive elements, their syntactic peculiarities play an important role. This article is dedicated to this topic, in which the content of scientific works related to attributive elements is presented, as well as the expression of their specific syntactic peculiarities in the scientific views of Germanic scholars. The syntactic characteristics of attributive elements are also examined in the article. Key words: attributive element, attributive construction, text, syntax, semantics, structure, attributive component, communicative, function. Ma’lumki, tilshunoslik taraqqiyotining bugungi bosqichida yangidan-yangi tushunchalar paydo boʻlib, u yoki bu ilmiy tadqiqot ishlarining tekshirish 119 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference obyektiga aylanmoqda. Ilova hodisasi terminologik tushunchasi yirik sintaktik birliklar terminologik tushunchasiga nisbatan qisman qulayroq boʻlganligi, uning lingvistik mohiyati biz tanlagan mavzuning lingvistik mohiyatiga mos kelganligini hisobga olib, ishimizda ilova konstruksiyalarning sintaktik birlik sifatidagi oʻziga xos xususiyatlarini tatbiq qilishni asosiy maqsad qilib oldik. Chunki hozirgi davrda juda koʻplab tilshunoslik fanlarida ilova hodisasi sintaktik aloqaning bir turi sifatida keng qoʻllanilmoqda va uning yangidan-yangi qirralari yuzaga kelayotganligiga guvoh boʻlamiz. Ilova hodisasi hozirgi kungacha qanchalik oʻrganilish tarixiga ega boʻlmasin, u doimo har qanday tilshunoslik fani doirasida eng muhim, kam oʻrganilgan dolzarb muammolardan biri boʻlib qolaveradi. Ilova hodisasining lingvistik mohiyatini, shuningdek u bilan bogʻliq boʻlgan koʻpgina xususiyatlarni grammatika fani nuqtai nazaridan yechishga harakat qilingan boʻlsa-da, biroq unga bogʻliq boʻlgan bunday xususiyatlarni matn nuqtai nazaridan talqin etishmaydi. Natijada ilova hodisasining koʻp tomonlari izlanish doirasidan chetda qolganday tuyuladi. Ba’zi hollarda ilova hodisaning semantik, uslubiy va boshqa xususiyatlari alohida oʻrganiladi, lekin ularning ana shunday xususiyatlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ichki qonuniyatlari izlanish ramkasidan chetda qolaveradi. Demak, ilova hodisasini oʻrganishga nisbatan boʻlgan bunday munosabat kutilgan natijaga olib kelmaydi. Ilova hodisasi atrofida olib borilayotgan tahlillar shuni koʻrsatadiki, ilmiy tadqiqot ishlarida sintaktik-stilistik jihatdan oʻrganilgan ilova hodisasi tilning barcha qoidalariga ham mos kelavermaydi. Shuning uchun sintaktik birliklarni ilova konstruksiya ramkasida tahlil qilish ilova nazariyasining biron bir xususiyatlariga toʻgʻri kelmaydi [5, 81-b.]. Keyingi vaqtlarda ilova hodisasini oʻrganishga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgardi. Natijada ilmiy izlanishlarning tekshirish obyekti qilib ilova konstruksiyaning alohida-alohida strukturaviy guruhlari tanlandi. Ilmiy izlanishlarga nisbatdan qoʻllangan bunday metodlar ijobiy natijaga olib keldi. Shu asosda olib borilgan ba’zi bir ilmiy izlanishlardan namuna keltiramiz: Tilshunos olim G. N. Ribakova rus tili materiallari asosida ergashgan qoʻshma gap yordamida ifodalangan ilovali elmentlarning strukturaviy va ma’no xususiyatlarini tahlil qilib, ilova hodisasining yuzaga kelishidagi quyidagi qulayliklarni sanab o‘tadi: 1) asosiy ifoda tarkibida ilovali elementga oʻxshash ergash gap kelsa; 2) ilovali element funksiyasida keluvchi ergash gap asosiy ifodaga nisbatan izohlash konkretlashtirish mazmuniga ega boʻlsa; 3) ilovali element funksiyasida keluvchi ergash gap asosiy ifodadagi biron-bir 120 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference komponentga bogʻliq boʻlsa [4, 16-b.]. J. Ye. Petrashevskaya [6] ilova hodisasini ingliz tilida keltirilgan sodda gap strukturasi orqali tahlil qilgan. Ilova konstruksiyaning strukturaviy guruhlarini bu tartibda oʻrganishga va tahlil qilishga juda koʻplab ilmiy maqolalar, monografik asarlar, darsliklar, oʻquv va metodik qoʻllanmalar bagʻishlangan. Bu ilmiy ishlarda ilova konstruksiyaparining strukturaviy, ma’noviy, stilistik, tipologik, frazeologik, fonetik va boshqa xususiyatlari toʻgʻrisida chuqur ilmiy fikr va mulohazalar keltiriladi. Ayrim olimlar [7] tilshunoslikda bu sohada toʻplangan boy tajribalarga tayangan holda murakkab sintaktik butunlikni ham nazariy, ham amaliy oʻrganib, uning tizma bogʻlanishga asoslangan murakkab sintaktik butunlik va parallel bogʻlanishga asoslangan murakkab sintaktik butunlik kabi strukturaviy turlarini izohlab bergan. Tizma va parallel bogʻlanishli murakkab sintaktik butunlikning strukturaviy xususiyatlarini izohlab berishda muallif [7] bu ikkala guruhlarning bir-birlaridan oʻzaro farq qiluvchi omillarini misollar tahlilida koʻrsatib berishga harakat qiladi. Muallifning mulohazalariga koʻra ushbu tahlil qilingan misollardan birinchisi tizma va ikkinchisi esa parallel bogʻlanishga assoslangan murakkab sintaktik butunlikdir. Tizma bogʻlanishli murakkab sintaktik butunlik
Доказательный фрагмент
«When explaining the characteristics inherent in attributive elements, their syntactic peculiarities play an important role.»
Образец извлечения
Демо-превьюWhen explaining the characteristics inherent in attributive elements, their syntactic peculiarities play an important role. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- attributive element, attributive construction, text, syntax, sintaksis, struktura, funksiya, kommunikativ, ilova konstruksiya, Ilovali element, ilovali komponent, semantika, matn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026