Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TILSHUNOSLIKDA FATIK MULOQOTNING O‘RGANILISHI
D. Hasanova
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
“Fatik muloqot” (phatic communion) atamasining o‘zi birinchi marta sotsiolingvistikaning o‘tmishdoshi bo‘lgan antropologiya va madaniyatshunoslik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Britaniya funksional lingvistik maktabi ishlarida paydo bo‘ldi. Ushbu atama birinchi marta sharqiy Yangi Gvineyadagi melaneziyalik qabilalarning xulq-atvorini o‘rgangan antropolog B.Malinovskiy tomonidan qo‘llanilgan deb hisoblanadi. Kuzatishlar jarayonida u qabila a’zolarining xulq-atvoridagi muhim xususiyatni payqadi – muloqotda pauzalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ular vaziyat kontekstiga bog‘liq bo‘lmagan turli marosim iboralaridan foydalandilar. Matn tilshunosligi, semantika va sotsiolingvistikaga oid ishlarda ushbu turdagi kommunikativ o‘zaro ta’sirning ko‘plab tadqiqotlari fatikaning o‘ziga xos xususiyatlarini talqin qilishga ushbu yondashuv doirasida amalga oshirilgan. Kalit so‘zlar: muloqot madaniyati, fatik muloqot, nutq odobi, lingvokulturologiya, muomala usuli. “Fatik muloqot” terminini ilk bor ingliz etnologi B.Malinovskiy “muloqot jarayonida ba’zan ro‘y beradigan noqulay jimlik, nutqiy uzilish (pauza)ni to‘ldirish uchun suhbatdoshlar o‘rtasida hurmat, muloyimlik yuzasidan ishlatiladigan noinformativ muomala usuli” ma’nosida ishlatgan [1]. Shundan buyon bu termin Yevropa tilshunosligida muloqot jarayonida iltifot, izzat-ikrom, takalluf ko‘rsatib, suhbatdoshlar ko‘nglini olish uchun qo‘llanadigan muomala usuli ma’nosini anglatuvchi atama sifatida qo‘llanib kelinadi. Mazkur termin lotincha bo‘lib, “gapirish” ma’nosini bildiradi va bu termin o‘rnida ba’zan “sotsiativ” so‘zi ham ishlatiladi.Psixologik nuqtayi nazardan, fatik muloqot shartlilik xususiyati bilan ajralib turadi va shu jihatdan u yarim faoliyat (kvazideyatelnost) hisoblanadi. Chunki u o‘ziga xos so‘z o‘yini bo‘lib, ba’zi bir nutqiy uzilishlarning oldini olish va shu asnoda nutq davomiyligini, suhbatning jonli, chiroyli chiqishini taminlash – suhbatdoshlar ko‘nglini olish maqsadida qo‘llaniladi. Shu sababdan ham unda mazmundan ko‘ra shakl ustunlik qiladi. Asli arabcha bo‘lgan mulozamat va manzirat so‘zlari o‘zbeklar nutqida kishining ko‘nglini olish uchun qilinadigan iltifot, e’zoz-ikrom, takalluf ma’nosini anglatadi. Faqat “mulozamat” ijobiy, “manzirat” esa salbiy ma’no bo’yoqdorligi bilan ajralib turadi. Antropotsentrik tilshunoslikning yetakchi yo‘nalishlaridan biri hisoblangan lingvokulturologiya (lot. lingua – til + lot. cultura – ishlov berish + yun. logos – 146 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference ta’limot) tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya, psixolingvistika sohalari hamkorligida yuzaga kelgan, tilning madaniyat, etnos, milliy mentallik bilan o‘zaro aloqasi va ta’sirini antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida o‘rganuvchi sohadir. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, mazkur soha XX asrning so‘nggi choragida shakllandi, “lingvokulturologiya” termini esa V.N.Teliya rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ldi [2, 8-9]. Lingvokulturologiyaning yuzaga kelishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi Vilgelm fon Gumboldtga borib taqalishini ta’kidlaydilar . Uning shakllanishida A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Glins, X.Xols, U.D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbitskaya, D.Xaymz kabi tilshunoslarning qarashlari muhim rol o‘ynaganligini aytish mumkin. Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A.Maslova ushbu sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi: 1) fan shakllanishiga turtki bo‘lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V.fon Gumboldt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A.A.Potebnya, E.Sepir kabi tilshunoslarning ishlari); 2) lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi; 3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi [3, 24]. Madaniyat, xalq tafakkuri, uning olamni idrok etishdagi o‘ziga xos jihatlarining tilda aks etishini o‘rganish lingvokulturologiyaning asosiy maqsadidir. Mazkur sohaning obyekti til va madaniyat, predmeti esa o‘zida madaniy semantikani namoyon etuvchi til birliklari hisoblanadi. Binobarin, lingvokulturologiyada madaniy axborot tashuvchi til birliklari tadqiq etiladi. Bunday til birliklari lingvomadaniy birliklar termini ostida birlashadi. Ramz, mifologema, etalon, metafora, paremiologik birliklar, lakunalar, stereotiplar, pretsedent birliklar, nutqiy etiketlar eng asosiy lingvomadaniy birliklar hisoblanadi. Olamning lisoniy manzarasini, madaniyatning asosiy konseptlari majmuyi bo‘lgan konseptosferani, lisoniy ongni tavsiflash hamda til egalarining milliy-madaniy mentalligini aks ettiruvchi lisoniy birliklarni, insoniyatning qadimiy tasavvurlariga muvofiq keluvchi madaniy arxetiplarni, nutqiy muloqotga xos bo‘lgan milliy ijtimoiy-madaniy stereotiplarni aniqlash lingvokulturologiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi. Til va madaniyatning o‘zaro ta’siri muammosi etnolingvistika, etnopsixolingvistika, kognitiv tilshunoslik
Доказательный фрагмент
«“Fatik muloqot” (phatic communion) atamasining o‘zi birinchi marta sotsiolingvistikaning o‘tmishdoshi bo‘lgan antropologiya va madaniyatshunoslik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Britaniya funksional lingvistik makta…»
Образец извлечения
Демо-превью“Fatik muloqot” (phatic communion) atamasining o‘zi birinchi marta sotsiolingvistikaning o‘tmishdoshi bo‘lgan antropologiya va madaniyatshunoslik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Britaniya funksional lingvistik makta… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fatik muloqot, muloqot madaniyati, lingvokulturologiya, muomala usuli., nutq odobi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025