Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA AUDIOVIZUAL SPORT JURNALISTIKASINING TARAQQIY ETISHI
JURNALISTIKASINING TARAQQIY ETISHI · Hasanjon Olimov Odiljon o‘g‘li
Инновационные исследования в науке · 2026
Аннотация
между спортом и СМИ всегда существует сотрудничество. Они вынуждены работать вместе. Именно от журналистики зависит престиж спорта и спортивных компаний в обществе. Спортивный клуб нуждается в рекламе, чтобы быть финансово самодостаточным. Кроме того, Роль СМИ в решении проблем, связанных с национализмом и расизмом в спорте, неоценима Ключевые слова: аудиовизуальная журналистика, коммуникация, интернет, цифровая трансформация, контент, YouTube, Telegram, бренд Annotation: there is always cooperation between sports and the media. They are forced to work together. The reputation of sports and sports companies in the grass of society depends precisely on journalism. A sports club needs advertising to be financially self-sufficient. In addition, the role of the media in overcoming the problems associated with nationalism and racism in sports is incomparable Keywords: audiovisual journalism, commutation, internet, digital tranformation, content, YouTube, Telegram, brand, Audiovizual dunyo tarixi, albatta, televideniya tarixiga borib taqaladi. Tilevideniyedagi eng asosiy kontentlardan biri sport ekanligi hech kimga sir emas. Ushbu sektor hech qachon rivojlanishdan to'xtamagan va iste'molchilarga eng so'nggi tasvir va ovoz texnologiyalarini taklif qiladi. Bugungi kunda sport jurnalistikasi misli ko'rilmagan raqamli o'tishga duch kelmoqda. Darhaqiqat, YouTube, Instagram yoki Netflix kabi ko'plab platformalarning rivojlanidan so'ng, internet jurnalistika juda ham rivojlandi va 80 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference bugungi kun auditoriyasi talabiga mos keladi. Birinchidan Youtube, Instagram, Telegramning qulayligi, ikkinchidan iste'molchilarning o'zgaruvchan ehtiyojlariga mos keladigan mahsulotni taklif qilishi ularning keng tarqalishiga sabab bo’ldi. Matbuot, televidenie va radio yillar davomida hukmron bo'lib kelgan va o’z qadrini hali-hanuz yo’qotgani yo’q. Biroq 2000-yillarda paydo bo'lgan: telefonlar, kompyuterlar, planshetlar va aqlli televizorlar jurnalistika tizimini o’zgartirdi. O'yin-kulgi, serial, shou va filmlarga bo’lgan talab va kontentni bevosita onlayn tomosha qilish ushbu platformalarni ommalashishiga olib keldi. Qolaversa, iste'molchi hamma narsani doimo va tez xohlaydigan bu yangi dunyoda kontentni istalgan qurilmadan, istalgan vaqtda istalgan joyda ko'rish imkonini berdi. Xo’sh, qanday qilib audiovizual jurnalistikaning auditoriyasi bunchalik tezlikda kengaydi? Birinchidan, bepul kontentni taklif qilish orqali. Netflix oylik obunani taklif qiladigan joyda, YouTube kanallari bepul kontentni taklif qilishdi. Ikkinchidan, ma'lumotlardan foydalanish ham ushbu yo’nalishda o'z auditoriyasini yaxshiroq bilish va shunga qarab o'z taklifini yo'naltirish nuqtai nazaridan foyda keltirdi. Masalan, YouTubeda “Real Madrid” haqidagi vediolarni ko’p ko’rsangiz platforma sizga aynan shu mavzu bo’yicha kontent ulashadi. Va nihoyat, kontentni saqlash, iste'mol qilish va tarqatish usullarining qulayligidadir. Televideniya orqali namoyish etilgan o’yinni ko’rmagan muxlis internet orqali eng zarur joylarini (highlight) kuzatishi mumkin. Bu ham vaqtni tejash sabablaridan biridir. Internet foydalanuvchilariga didiga, iste'mol qilish odatlariga va balki bir kun hatto hozirgi kayfiyatiga ko'ra kontent taklif qilish mumkin. Shu bilan bir qatorda internet va television jurnalistikani barqaror o’sishga hamda jarayonni muqarrar ravishda tezlashtirgan global pandemiya Covid – 19 haqida gapirmasdan, ushbu raqamli o'tishni muhokama qilish bema'nilik bo’lsa kerak. Sport turnirlarinining bekor qilinishi, ba’zi o’yinlarning tomoshabinsiz o’tkazilishi, ayniqsa, kinoteatrlarning yopilishi, suratga olishlarning butunlay to‘xtab qolishi va barcha ishlab chiqarishlar muzlatib qo‘yilgani tufayli, televidenie va internet tomoshabinlar rekordini yangilashda davom etdi va buning asosiy sababi har bir shaxs uyda qolganligidir! Odamlar ishga chiqolmadi, ekran oldida yoki ijtimoiy tarmoqda soatlarni o’tkazishga majbur bo’lishdi. Frantsiya Assurance Prévention uyushmasi tomonidan o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, 6-18 yoshli bolalarning 81 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference televizor ko'rishga sarflagan o'rtacha vaqti pandemiyadan oldin haftasiga 6,7 soatni tashkil etgan bo’lsa, Covid – 19 paytida haftasiga o'rtacha 10 -12 soatga yetgan. Pandemiya davrida radioni oʻzgartirgan global raqamlashtirish boʻldi. Videodan tortib audio kontentga qadar yangi media formatlarini isteʼmol qilish keskin oshdi. Jahon media bozorining raqamli transformatsiyasini yangi media formatlari orqali o‘rganish iqtisodiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bozor munosabatlari faoliyatining hal qiluvchi vektoriga aylanmoqda. Yirik biznes vakillari o‘z mahsulotlarini reklama qilish uchun markaziy o’yinlardan foydalanishmoqda. Masalan, “Nissan” avtosanoati “Chempionlar Ligasi” chorak final, yarim final hamda final bahslari o’rtasida o’zining reklam
Доказательный фрагмент
«между спортом и СМИ всегда существует сотрудничество.»
Образец извлечения
Демо-превьюмежду спортом и СМИ всегда существует сотрудничество. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- audiovisual journalism, commutation, internet, digital, Telegram, raqamli tranformatsiya, kommukatsiya, content, brend, YouTube, audiovisual jurnalistika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025