К содержанию
РецензированоUZ2026

VAFO FAYZULLOH SHE’RIYATIDA TASHXIS SAN’ATI

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · Elnur Niyozmatov Husin o‘g‘li

Международная конференция академических наук · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada iste’dodli shoir va mohir tarjimon Vafo Fayzulloh she’rlarida badiiy san’atlardan tashxish san’atining keng qo‘llanilishi vositasida ijodkor mahorati va o‘ziga xos uslubi haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: badiiy san’atlar, jonlantirish, tashxis, intoq, tashbeh, poetik obraz, manzara-lavha. Hozirgi o‘zbek she’riyatining yorqin vakillaridan biri Vafo Fayzulloh she’rlari o‘ziga xos ohang, uslub va tasvir vositalariga boyligi bilan ajralib turadi. Shoir she’rlarini o‘qish asnosida deyarli har bir misrada poetik tasvir vositalariga duch kelamiz. Shu bilan birga she’rlardagi ritmning o‘zgachaligi, she’riy san’atlarning mahorat bilan qo‘llanilib, jozibadorlik kashf etishi har qanday o‘quvchi qalbini zabt etib, o‘z hissiyotlariga, betakror kechinmalariga oshno etadi. Shoirning ayrim she’rlarida Sergey Yesenin she’riyatiga xos chizgilar, ohang seziladiki, buni ijodkormning Yesenin she’rlarini tarjima qilganligi natijasi deya izohlash mumkin. Tashxis – arabcha shaxs so‘zidan olingan bo‘lib, “shaxslantirish” degan ma’noni anglatadi. Jonli va jonsiz narsalarga, inson tuyg‘u va a‘zolariga, samoviy jismlarga xuddi insonlar bajaradigan harakat hamda faoliyatlarni yuqtirib ularni shaxslantirib tasvirlash usuli. Masalan: osmonning yig‘lashi, gullarning kulishi, umidning tug‘ilishi, daraxtlar va qushlarning suhbati, kuylashi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Vafo Fayzullohning tevarak-atrofni, nabotot va hayvonot olamini teran nigoh bilan kuzatishi uning she’rlarida tashxis san’atining betakror va hayratlanarli namunalarining paydo bo‘lishiga turtki bo‘lganligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan, quyidagi misralarda shoirning daraxt va qushlarni do‘stga, jo‘raga qiyoslangan poetik obrazi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ko‘zingni och, tegrangga qara. Har bir daraxt, har bir qush jo‘ralar. Lirik qahramon nazdida dardkash ham, do‘st ham daraxtlar va qushlar. Demak, ularga bemalol ishonish va dardlarni aytish mumkin. Nima uchun 14 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК tepangga qara, deyilyapti? Chunki daraxt tepasida qushlar chug‘urlashib, unga taskin berayotganday manzara tasvirlangan. Mumtoz adabiyotimiz an’analaridan ozuqa olgan bugungi kun she’riyati namunalarida badiiy san’atlar qaysidir ma’noda mukammallik kasb etgan, desak xato bo‘lmaydi. Jumladan Vafo Fayzullohning “Oq laylak” to‘plamidan keltirilgan she’rlar va she’riy parchalari fikrimizni yaqqol dalillaydi. Yuragimning sahrosida chopdim yana, Shahid ketgan lolalarni topdim yana, O‘z qalbimni o‘z dardim-la yopdim yana, Bahor ketdi, bahor ketdi… Shoir bahorning ketishini lirik qahramon uchun fojia darajasiga olib chiqqan. Lolalarning qovjirab qurib qolishi, yurakning sahroga qiyoslanishi lirik qahramon dardlarining yopilishi – mana shu uchta birikma orqali istiora, tashbeh va tashxis san’ati imkohiyatlarini mahorat bilan ko‘rsata olgan. She’rning dastlabki uch misrasi 4 + 4 + 4 = 12 shaklida turoqlanib, to‘rtinchi misra 4 + 4 = 8 shaklida yozilgan. Shoir nazarida bahorni uch marta ketdi deb aytish shart emas. Lekin ko‘p nuqta orqali yana bir marta to’rt bo‘g‘inli bahor ketdining borligiga ishora qilingan. Bir misrada hech qanday o‘zgarishsiz so‘z yoki birikma yoki gap takrorlanishi mumtoz adabiyotimizda mukarrar san’atini yuzaga keltiradi. Bandda lolalarning insonga qiyoslanib, shahid ketgan holatda topilishi, bizningcha, qalb sahrosidagi muhabbat zavoli shu taxlit betakror shaklda tasvirlangan. Quyidagi she’riy parchada o‘z uyida ketib darbadarlikda kun kechirayotgan kishi holatiga tushgan lirik qahramon qizg’aldoq bilan sirdosh do‘st tutinishi aks etgan. Darbadarga qish juda azob, Omadsizga tobutdir xazon. Nechun bergum nokasga hisob, Nechun olgum pastlardan ehson? Meni qiynar ming bitta so‘roq, Qizg‘aldog‘im, jonim qizg‘aldoq. Qizg‘aldoqni dardkash do‘st timsolida ko‘rish Muhammad Yusuf ijodida ham uchraydi. Nima uchun qizg‘aldoq? Qizg‘aldoqning qon rangiga o‘xshash ekanligi e’tibor markazidami yoki umri juda qisqaligimi? Vafo Fayzulloh ham xuddi Muhammad Yusuf kabi qizg‘aldoqqa murojaat qilib, uni jonlantirib tashxis hamda nido san’atlarining betakror namunasini yaratgan. Muhammad Yusuf 4+4+4=12 shaklidagi to‘rt band, o‘n ikki bo‘g‘inli barmoq vaznida “Qizg‘aldoq” she’rini yozgan bo‘lsa, Vafo Fayzulloh she’ri 4+5=9 vaznidagi olti misralik olti 15 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК bandli barmoqda shu she’rini yaratgan. U har bandning oxirida qizg‘aldoqqa murojaat etsa, Muhammad Yusuf faqat she’r boshida bir martagina qizg‘aldoq so‘zini qo‘llaydi. Har ikki shoir o‘ziga sirdosh, dardkash sifatida nima uchun aynan qizg‘aldoqni tanlashgan. Ularning nazdida bu gul bag‘ri qon gul. U o‘z alamlarini go‘yo rangi orqali ko‘rsatayotganga o‘xshaydi va ular ham o‘z holatlariga hamohang deb boshqa gullardan ajralib gulzorda emas, balki qir- adirlarni o‘ziga maskan qilgan qizg‘aldoqlar yoniga borib, ularga qalb tug‘yonlarini bayon etishadi hamda go‘yo ularning ham dardlariga hamdardlik bildirishayotganga o‘xshaydi. Haqiqatan ham, siqilga

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada iste’dodli shoir va mohir tarjimon Vafo Fayzulloh she’rlarida badiiy san’atlardan tashxish san’atining keng qo‘llanilishi vositasida ijodkor mahorati va o‘ziga xos uslubi haqida so‘z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada iste’dodli shoir va mohir tarjimon Vafo Fayzulloh she’rlarida badiiy san’atlardan tashxish san’atining keng qo‘llanilishi vositasida ijodkor mahorati va o‘ziga xos uslubi haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
poetik obraz, intoq, manzara-lavha., jonlantirish, tashbeh, badiiy san’atlar, tashxis
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники