К содержанию
РецензированоEN2019

LEGAL AND PRACTICAL ASPECTS OF EARLY CONDITIONAL RELEASE FROM SERVING A SENTENCE

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · Khalilov D.A.

Международная конференция академических наук · 2019

Аннотация

early conditional release from serving a sentence, revocation of early conditional release, regulation, and improvement of early conditional release. Keywords: conditional early release from serving a sentence, Article 73 of the Criminal Code of the Republic of Uzbekistan, probation period, criminal legislation, rule of law, human rights, social adaptation, humanitarian commission, moral correction, legal status of convicts, foreign experience, fight against crime. Bugungi kunda sud-huquq islohotlari natijasida jinoyat qonunchiligi normalari yanada liberallashtirilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda jazodan ozod qilish asoslari asos va shartlari soddalashtirildi va javobgarlikdan ozod etishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi normalarning mahkumlarga nisbatan qo‘llanilishi salmog‘i ortdi. Shuningdek, insonparvarlik akti sifatida mahkumlarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish amaliyoti yanada kengaytirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi statistika ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatimizda har yili o‘rtacha 26 mingdan ortiq jazo o‘tayotgan mahkumlar o‘rnatilgan tartib qoida talablarini bajarganligi va mehnatga halol munosabatda bo‘lganligi sababli jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi . O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga ko‘ra: ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini; og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini; o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkin . 110 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК Ta’kidlash kerakki, jinoyat qonunchiligiga ko‘ra, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsga faqat bitta shart qo‘yiladi - jazoning o‘talmagan qismi (sinov muddati) davomida yangi jinoyat sodir etmaslik, ammo bu talab barcha fuqarolarga taalluqlidir va ularning konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida sinov muddati davomida ozod qilingan shaxsga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan muayyan huquqiy cheklovlar nazarda tutilmagan, bu esa bugungi kunda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish mohiyatan shartsizdir degan xulosaga sabab bo‘ladi. Bu yo‘nalishdagi ayrim xorijiy davlatlar tegishli qonunchilik va meyoriy- huquqiy bazasida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni bekor qilish imkoniyati, hamda ushbu shaxslar xulq-atvori ustidan nazorat qilish vositalari nazarda tutilgan. Biroq, shartli ozod bo‘lgan mahkum shuni yodda saqlashi kerakki, qasddan yangi jinoyat sodir etgan taqdirda ozod qilingan jazoning o‘talmagan qismini haqiqiy jazo qo‘llash tahdididir. Shuning uchun ham, shartli ozod qilingan mahkumning mavqei shu jihatdan boshqa barcha shaxslarning pozitsiyasidan farq qiladi, chunki u yangi jinoyat sodir etgan taqdirda nafaqat o‘zi uchun, balki oldingi hukm bo‘yicha jazoning o‘talmagan qismi uchun ham jazolanishi tahdidi ostidadir. Fikrimizcha, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning zimmasiga majburiyatlar yuklatilishi muhim va zarur deb hisoblaymiz. Bu majburiyatlar nafaqat jamiyat xavfsizligini ta’minlash, balki mahkumning qayta jinoyat sodir etish ehtimolini kamaytirish va uning jamiyatga qayta moslashishini ta’minlash uchun muhimdir. Jumladan, xorijiy davlatlardan Fransiya Jinoyat-protsessual kodeksining 731- moddasiga ko‘ra, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish muayyan shartlar asosida, shuningdek, ozod qilingan shaxsning jamiyatdagi normal hayotga qaytishini osonlashtirishga qaratilgan nazorat vositalari bilan birga qo‘llanilishi mumkin. Germaniyada jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarga ma’lum bir vazifalarni bajarish uchun qoidalar belgilanadi . Buyuk Britaniyada jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingandan keyin uch yil ichida shaxs jinoyat qonunini buzsa, ilgari va yangi jinoyati uchun javobgar bo‘lishi mumkin . AQShda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxs nazoratga muhtojmi yoki yo‘qligini muhokama qilinib, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish muddatini qoniqarli darajada o‘tkazsa, shartli ravishda ma’lum bir shartlardan ozod qilinishi mumkin . 111 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК Shuningdek, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish instituti o‘ziga xos individual funksiyalarga ega: bularga, birinchidan, iqtisodiy jihatdan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qi

Доказательный фрагмент

«early conditional release from serving a sentence, revocation of early conditional release, regulation, and improvement of early conditional release.»

Образец извлечения

Демо-превью

early conditional release from serving a sentence, revocation of early conditional release, regulation, and improvement of early conditional release. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
conditional early release from serving a sentence, Article 73 of, rule of law, foreign experience, fight against crime., moral correction, legal status of convicts, probation period, social adaptation, Article 73 of the Criminal Code of the Republic of Uzbekistan, humanitarian commission, human rights, criminal legislation
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники