К содержанию
РецензированоRU2026

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA RASMLI-IZOHLI O‘QUV LUG‘ATLAR ORQALI TEZ AYTISHLARNI O‘RGATISH VA O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH.

Husenova Muhtaram Husniddin qizi · Esanova Sevinch Asliddin qizi

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

В данной статье использование кратких изречений посредством картинно-пояснительных словарей для улучшения речи учащихся младших классов делает их речь четкой и беглой, повышает внимание, приводятся преимущества составления картинно- пояснительных словарей, корректны научные гипотезы. Ключевые слова: Младшие школьники, речь, скороговорки, внимание, словарный запас, картинно-пояснительные словари. улучшить произношение. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini oshirishga, o‘stirishga, ularning aniq, ravon, bexato gapirishlari uchun hozirda o‘qituvchilar tomonidan ham katta e’tibor qaratilmoqda. shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘z o‘quvchilarining nutqini oshirish uchun lug‘atlar, she’rlar va xalq og‘zaki ijodi namunalaridan keng foydalanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar ham faqat o‘qituvchi rahbarligidagina emas , balki, o‘zlari ham mustaqil ravishda maqol , 21 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference matal va tez aytishkar yod olib, o‘z ustida ishlashsa yanada maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik bo‘lib, yakunida foydali natija beradi. Hozirda o‘quvchilarining nutqini oshirishda tez aytishlardan foydalanish samarali hisoblanib , boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tog‘ri va ravon gapirishlari uchun foydali usullardan biri. Tez aytishlar aqlni charxlovchi , diqqatni oshiruvchi yengil mashq turlaridan biri hisoblanadi. Kattalar ham, yosh bolalar ham bitta tez aytishni bir nafasda 5-6 martadan, kuni bo‘yi 10 marta aytib yursa, xotiralari kuchaydi va kuni bilan diqqatliroq bo‘lishadi. Masalan: Lak-lak elak, elakka un kerak. Elak Sochiluvchan mahsulotlar va Sieve materiallar (un, guruch, ohak, sement, qum va boshqalar)ni metall toʻr orqali oʻtkazib, har xil hajmdagi zarralarga ajratish (elash) uchun moʻljallangan qurilma. Roʻzgʻor, qurilish va sanoatda ishlatiladi. Asosan, Un elash uchun ishlatiladigan, toʻr qoplangan yogʻoch gardishdan iborat uy-roʻz-gʻor asbobi. Boshlang‘ich sinflarda rasmli-izohli o‘quv lug‘atlar orqali tez aytishlarni o‘rgatish samarali va qiziqarli usullardan biri hisoblanadi. Ushbu yondashuv o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, talaffuzni yaxshilash va nutq tezligini oshirishga yordam beradi. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida rasmli-izohli o‘quv lug‘atlar foydalanish orqali o‘quvchilarning individuval rivojlanishiga, darsga qiziqish va yaxshi o‘zlashtirishga erishiladi. Tez aytishlarning so‘zlari bir biriga o‘xshash bo‘lib, tez aytganda ularni xato aytib yuborishi yoki so‘zlarning o‘rnini almashtirib aytishlari mumkin. Bu esa o‘quvchilardan diqqatini yanada oshirib, so‘zlarni aniq va ravon aytishga undaydi. 22 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishda avval sodda tez aytishlardan, keyin sal qiyinroqlaridan foydalangan yaxshi bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqi aniq va ravon rivojlangan bo‘lib, barcha harflarni to‘liq talaffuz qila olishi kerak bo‘ladi. Chiroyli gapirish, nutqini ravon qilish uchun hamma o‘z ustida ishlashi kerak bo‘ladi, afsuski oramizda ayrim harflarni to‘gʻri talaffuz qila olmaydigan, so‘zlarni aytishga qiynaladigan o‘quvchilar ham bor. Bunday o‘quvchilar bilan logopedlar shugʻullanadilar. Logopediya (yunoncha logos - so‘z, padeo - tarbiya so‘zlari dan olingan) - oglir nuq nuqsonlarini o‘rganish. oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini o‘rganadigan fan1. Logopedlar bemor bolalarning to‘gʻri talaffuz qilishi , ularning nutqini oshirishi, nutq buzilishining rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir xilda bo‘lgan harakatlarni shakllantirishga o‘rgatadi . Bolalarga nutq terapeyasi, nafas olish mashqlari , til massajlari qilinadi . Hozirgi kunda logopedlarimiz ham nutqida nuqsoni bor bolalarni davolash uchun tez aytishlardan foydalanishyapdi. Olib borilgan tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda ko‘pchilik boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va maktabgacja ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "sh", "ch", "z", "r", tovushlarini talaffuz qilishga qiynalish aniqlangan. Shunda logopedlar davolashning eng oson va samarali usuli bo‘lgan tez aytishlardan foydalanishni ma’qul ko‘rishdi. Chunki tez aytishlarda o‘xshash harflar va o‘xshash tovushlar ko‘p takrorlanadi, bunday tez aytishlarni ko‘p takrorlagan o‘quvchilar tezroq o‘rganadi. Masalan " sh" harfini talaffuz qilishga qiynaladigan o‘quvchilar uchun logopedlar mana shu tez aytishdan foydalanadi: Boshlang‘ich sinflar uchun tez aytishni o‘rgatishda Rasmli-izohli lug‘atlarni tayyorlash quyidagi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi: - Rasmlar oddiy, tiniq va aniq tasvirlangan, shuningdek, tez aytishda ishlatiladigan so‘zlar va iboralar uchun mos bo‘lishi kerak. Masalan, hayvonlar, o‘simliklar yoki kundalik hayotdan lavhalar. - Rasmli-izohli lug‘atlarda berilgan izohlarda so‘zlar va iboralar tushunarli va oddiy qilib tasvirlanadi. Har bir so‘z yoki ibora oson talaffuz qilis

Доказательный фрагмент

«В данной статье использование кратких изречений посредством картинно-пояснительных словарей для улучшения речи учащихся младших классов делает их речь четкой и беглой, повышает внимание, приводятся преимущества состав…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье использование кратких изречений посредством картинно-пояснительных словарей для улучшения речи учащихся младших классов делает их речь четкой и беглой, повышает внимание, приводятся преимущества состав… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Primary school students, speech, rapid utterances, attention, Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, rasmli-izohli lug‘atlar. talaffuzni yaxshilash., tez aytishlar, nutq, diqqat, so‘z boyligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники