Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEK TILIDAGI O`XSHATISHLARDA TANA A`ZOLARI: LEKSIK VA MADANIY TAHLIL
MADANIY TAHLIL · Rahmatova Feruza Yarashevna
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
Ushbu maqola o‘zbek tilida tana a'zolari ishtirokidagi o‘xshatishlarni lingvistik va madaniy jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada o‘xshatishlarning tasviriy imkoniyatlari, ularning madaniyat va xalq ongidagi o‘rni, hamda turg‘un o‘xshatishlarning leksik-semantik xususiyatlari o‘rganilgan. Maqsad – tana a'zolari ishtirokidagi o‘xshatishlarning tildagi vazifalari va ularning uslubiy xususiyatlarini yoritish. O‘zbek tilida tana a'zolari bilan bog‘liq o‘xshatishlar xalq hayotining aksini topuvchi muhim til birliklaridan biridir. Bu o‘xshatishlar xalqning estetik didi, madaniyati, va dunyoqarashi bilan bog‘liq bo‘lgan qadimiy iboralarni o‘zida aks ettiradi. Kalit so`zlar: O‘xshatishlar, tana a'zolari, somatic birliklar, turg‘un o‘xshatishlar, metafora, lingvistik tahlil, madaniyat, semantika. ANNOTATION This article is dedicated to the linguistic and cultural analysis of similes involving body parts in the Uzbek language. It explores the illustrative capabilities of similes, their significance in culture and collective consciousness, as well as the lexical-semantic features of fixed similes. The goal is to highlight the functions and stylistic features of similes involving body parts in language. In Uzbek, similes associated with body parts are essential linguistic units reflecting aspects of people's lives. These similes encapsulate ancient expressions linked to the aesthetic sense, culture, and worldview of the Uzbek people. Keywords: Similes, body parts, somatic units, fixed similes, metaphor, linguistic analysis, culture, semantics. Insoniyatning olamni bilish va tushunish jarayonida solishtirish va munosiblikni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu borada Yoqubbekova shunday ta’kidlaydi: “Hamma narsani qiyoslash orqali bilish mumkin” [Yoqubbekova, 2003: 102]. Haqiqatan ham, o‘xshatish va qiyoslash dunyoni anglashning eng qadimiy va samarali usullaridan biri bo‘lib, ular inson faoliyatining barcha sohalarida uchraydi. O‘xshatish vositasi orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni osonlashadi, bu esa bilim olishning amaliy va ta’sirchan shakli sifatida e’tirof etiladi. 33 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Dunyoni bilishning asosiy yo‘nalishlari – mantiqiy va obrazli tafakkur – doimo til bilan chambarchas bog‘liq. Til va tafakkur dialektikasi shuni ko‘rsatadiki, biri ikkinchisiz mavjud bo‘la olmaydi. Tilshunoslik va adabiyotshunoslikda o‘xshatish vositalari nafaqat og‘zaki, balki yozma nutqda ham tasviriylik va ta’sirchanlikni oshirish uchun qo‘llaniladi. Aristotelning fikriga ko‘ra, o‘xshatish anglashning qadimiy shakllaridan biri sifatida poeziyada alohida o‘rin tutadi. U bu san’atni “o‘xshatish san’ati” deb ataydi [Yo‘ldoshev, 2017: 19]. Aristotelning ta’kidlashicha, inson boshqa mavjudotlardan o‘xshatish qobiliyati orqali ajralib turadi va bu qobiliyat zavq olish manbalaridan biri hisoblanadi [Arastu, 2018: 25]. O‘zbek tilida uchraydigan turg‘un o‘xshatishlar xalqning milliy dunyoqarashi, madaniyati va assotsiativ tafakkurini aks ettiradi. V.A. Maslova bu fikrni tasdiqlab, obrazli tafakkur shakllari xalq tilidagi o‘xshatishlarda yorqin namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi [Xudoyberganova, 2015: 94]. D. Xudoyberganova esa xalqning predmet va hodisalarga munosabati o‘xshatishlar orqali yuzaga chiqishini qayd etadi. O‘zbek tilshunosligida bunday tasviriy vositalar uzoq tarixiy jarayon natijasida turg‘unlashgani ta’kidlanadi. Turg‘un o‘xshatishlar avloddan-avlodga o‘tib, xalq orasida sayqallanib, tilda barqaror birliklarga aylangan [Mahmudov, 2017: 167]. N. Mahmudovning fikricha, turg‘un o‘xshatishlarning ko‘p qismi dastlab erkin o‘xshatishlar sifatida shakllangan, keyinchalik ommalashib, xalq orasida barqarorlashgan. Bu jarayonda xalqning milliy mentaliteti va madaniyati o‘z aksini topgan. Shu sababli barcha erkin o‘xshatishlar ham turg‘unlik darajasiga ko‘tarilavermaydi. O‘xshatishning turg‘unlashuvi uning tarkibiy unsurlarining tasviriylik, ta’sirchanlik va o‘xshatilayotgan predmetni tez tasavvur qildirish qobiliyatiga bog‘liq. O‘xshatishlar badiiy matnning estetik jozibadorligini oshiruvchi muhim tasviriy vositalardan biri sifatida qadim zamonlardan beri inson nutqini boyituvchi samarali usul hisoblanadi. Ularning badiiy asardagi asosiy vazifasi obrazlilik va ifodaviylikni ta’minlashdan iboratdir. M.Yoqubbekova o‘z tadqiqotlarida o‘xshatishlarni tashqi va ichki turlarga ajratib, shaxsning tashqi ko‘rinishini tasvirlashga qaratilgan o‘xshatishlar haqida shunday deydi: “Tashqi tasvirga ko‘ra o‘xshatishlar qahramon qiyofasini, uni qurshab turgan narsalarni, shart- sharoitni tashqi ta’sir sezgilari asosida ta’riflaydi” [Yoqubbekova, 2000: 33]. Shu bilan birga, o‘xshatishlar matnga nafaqat badiiy-estetik zavq, balki chuqur semantik mazmun ham qo‘shadi. Aristotelning poeziyani “o‘xshatish san’ati” deb atagani bejiz emas [Arastu, 2018: 21]. Atoulloh Xusayniy esa o‘xshatishni 34 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES Inte
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola o‘zbek tilida tana a'zolari ishtirokidagi o‘xshatishlarni lingvistik va madaniy jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola o‘zbek tilida tana a'zolari ishtirokidagi o‘xshatishlarni lingvistik va madaniy jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Similes, body parts, somatic units, fixed similes, metaphor, linguistic, turg‘un o‘xshatishlar, metafora, lingvistik tahlil, somatic birliklar, tana a'zolari, madaniyat, O‘xshatishlar, semantika.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024