К содержанию
РецензированоUZ2026

SIMLI VA SIMSIZ ALOQA VOSITALARI

Berdiyeva Gulnoza Rizoqulovna · Norboboyeva Dinora Akbar qizi (Shahrisabz davlat pedagogika instituti axborot texnologiyasi fan o’qituvchisi)

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada simli va simsiz aloqa vositalarining asosiy turlari, xususiyatlari va qoʻllanilish sohalari koʻrib chiqilgan. Simli aloqa vositalari axborotni uzatishda jismoniy kabel yoki tolalardan foydalanadi va yuqori barqarorlikni taʼminlaydi, biroq mobil hisoblanmaydi. Ikkala turdagi aloqa vositalarining afzalliklari va kamchiliklari taqqoslangan holda, ularning zamonaviy texnologiyalardagi oʻrni va ahamiyati tahlil qilingan. Ushbu tahlil aloqa tizimlarini rivojlantirishda tanlov qilishda yordam beradi va turli sohalarga qoʻllanilishiga yoʻnaltiriladi. Kalit soʻzlar: Fizik kabel, wi-fi, bluetooth, mobil aloqa, lokal tarmoq, sunʼiy yoʻldosh aloqalari, radio toʻlqinlari. Kirish. Zamonaviy jamiyatda aloqa vositalari odamlar hayotining ajralmas qismiga aylangan. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida ma'lumotlarni tez va samarali uzatish imkoniyatlari kengaymoqda. Simli va simsiz aloqa texnologiyalari ana shu jarayonning asosiy tayanchi hisoblanadi. Simli aloqa fizika asosida ishlaydigan kabel tizimlariga tayanadi, bu esa yuqori tezlik va barqarorlikni ta'minlaydi. Axborotlar tovush orqali uzatilishi va eshitib qabul kdiinishi (telefon aloqa), shartli belgi yoki harf va raqamlar tarzida yozib olib, eshittiruvchi apparatlar yordamida uzatilishi hamda qabul qilinishi (telegraf aloqa), qoʻzgʻalmas tasvirlar — fotosuratlar, chizmalar, rasmlar (faksimial aloqa) yoki qoʻzgʻaluvchan tasvirlar tarzida (televideniye) uzatilishi mumkin. Simli aloqada yer osti aloqa kabellari, signallarni elektron kuchaytirgichlar va boshqa apparatlardan foydalaniladi. Simli aloqa koʻpincha radioaloqa bilan birga qoʻllanadi. Natija va muhokama: Shunday noqulayliklar va moliyaviy zararlardan qochgan holda yangi zamonaviy aloqa simsiz aloqalar ishlab chiqildi. Bunga misollar keltirsak, birinchi navbatda mobil aloqa va eng qulay aloqalardan biri hisoblanayotgan simsiz aloqa tizimidir. Simsiz aloqaga Wi-Fi, Wi-MAX, Wi-Bro va shunga o’xshash bir qator aloqa texnologiyalar kiradi. SIMSIZ LOKAL TARMOQ TEXNOLOGIYALARI: O’TMISh VA KELAJAK Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib birinchi radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida amplituda modulyatsiyali radio 93 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu texnologiyalarni rivojlanish jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni radioto’lqinlar orqali uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Yangi CDMA (Code Division Multiple Access - kanallarni kodli taqsimlash texnologiyasi), GSM (Global Systems for Mobile Communications- mobil aloqa tarmoqlarining global tizimi), TDMA (Time Division Multiple Access-kanallarni vaqt orqali taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless Application Protocol-simsiz texnologiyalar protokoli), 3G va 4G (uchinchi va to’rtinchi avlod texnologiyalari), GPRS (General Packet Radio Service, ma’lumotlarni paketlab uzatish xizmati), Bluetooth (o’rta va qisqa masofa tarmog’i), EDGE (Enhanced Data Rates for GSM Evolution, takomillashtirilgan GSM tarmoq) va shu kabi texnologiyalarning xilma-xilligi bu sohada tub burilish boshlanayotganini anglatib turibdi. Mavzuga doir adabiyotlar tahlili. Simli va simsiz aloqa texnologiyalarining rivojlanishi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlar mavjud. Ular ushbu sohadagi asosiy yo‘nalishlarni, rivojlanish bosqichlarini, afzallik va kamchiliklarni o‘rganishga qaratilgan. Quyida ushbu sohadagi adabiyotlarning umumiy tahlili keltiriladi. 1. Simli aloqa bo‘yicha adabiyotlar. Simli aloqa texnologiyalariga oid asarlar asosan kabel tizimlarining texnik imkoniyatlarini tahlil qiladi. Misol uchun: Optik tolalar: Bu mavzuga oid ilmiy ishlar optik signallarning yuqori tezligi va past yo‘qotish darajalariga urg‘u beradi. R.K. Singh (2018) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda optik tolali aloqa tarmog‘ining kengaytirilishi va yuqori tezlikdagi uzatish imkoniyatlari batafsil yoritilgan. Ethernet tarmoqlari: Ethernet texnologiyasi bo‘yicha adabiyotlar, masalan, Tannenbaum va Wetherall (2021) tomonidan yozilgan, kabel asosidagi tarmoqning ishlash tamoyillari va rivojlanishini tahlil qiladi. Simli aloqa texnologiyalari barqarorlik va yuqori tezlikni ta’minlagani bilan infrastrukturani o‘rnatish va modernizatsiya qilish masalalari qimmatga tushadi. 2. Simsiz aloqa bo‘yicha adabiyotlar. Simsiz aloqa texnologiyalariga bag‘ishlangan tadqiqotlar asosan mobil tarmoqlar va elektromagnit to‘lqinlar orqali ma’lumot uzatishga qaratilgan. 5G texnologiyasi: A. Gupta va R. Jha (2020) tomonidan olib borilgan izlanishlar 5G texnologiyasining yuqori tezlik, minimal kechikish va keng qamrov kabi afzalliklarini ta’kidlaydi. 94 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Wi-Fi va Bluetooth: K. Pahlavan va P. Krishnamurthy (2019) tomonidan yozilgan adabiyotlar bu texnologiyalarning ichki aloqa tarmoqlari

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada simli va simsiz aloqa vositalarining asosiy turlari, xususiyatlari va qoʻllanilish sohalari koʻrib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada simli va simsiz aloqa vositalarining asosiy turlari, xususiyatlari va qoʻllanilish sohalari koʻrib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mobil aloqa, wi-fi, sunʼiy yoʻldosh aloqalari, bluetooth, radio toʻlqinlari., lokal tarmoq, Fizik kabel
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники