К содержанию
РецензированоUZ2017

AXBOROT TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TALABALARNI MUSTAQIL TA’LIMINI TAKOMMILASHTIRISH METODIKASI.

EDUCATION SYSTEM · Maxmudova Zarina Ilxomovna · Kibriyo Xasanovna · Tayanch so‘zlar: Ta’lim, axborot

Наука и инновации в системе образования · 2017

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda boshqa soxalar qatorida ta’lim soxasida ham kompyuter texnologiyalari keng kirib keladi va bu ta’lim tarbiya jarayonini samaradoligini oshirishda va har tamonlama intellektual salohiyatni oshirishda muxim o‘rin tutadi. Bugungi kunda hayotni axborot vositlarsiz, jumladan, internetsiz ta’savvur qilib bo‘lmaydi. Tayanch so‘zlar: Ta’lim, axborot, SCADEduWeb, Vizuallar, Mustaqil ta’limni, o‘zini-o‘zi rivojlantirishi, vizual, audial, kinestetik Axborot va pedagogik texnologiyalari va innovatsion texnologiyalar– fikrimiz dalilidir. Ayniqsa, zamonaviy elektron lug’atlar tuzish va undan foydalanish madaniyatini shakllantirish – nafaqat axborot va pedagogik texnologiyalari va innovatsion texnologiyalarni egallash, balki til imkoniyatini egallashning oson va samarador yo‘l hisoblanadi. Bu borada davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan 5 ta tashshabbus asosida professor o‘qituvchilar va talim oluvchi bakalavriyat, magistratura va daktarantura ta’lim oluvchilari ilmiy va ijodiy izlanishlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish vazifa sifatida belgilanishi, shu maqsadda hukumatimiz tomonidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, har bir fan sohasida, asosan, pedagogika axborot texnologiyalari soxalarida ham uzviy chuqur izlanishlar olib borish zarurligini ko‘rsatadi. 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g’risidagi farmonlari, 2017 yil 17 fevraldagi Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida‖gi PQ2789-sonli qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Axborot tizimning va Pedagogika soxalarining uzviy rivojlanishi fanda yangi sohalarning yangi o‘qitish tizimlari va ulardan foydalanishni paydo bo‘lishiga olib keldi. Mazkur metodni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan 14 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference qo‘llash ta’lim jarayonini tashkil kilish sifatini jiddiy yaxshilash imkonini bersa- da, biroq o‘quv jarayonini an’anaviy qo‘llanadigan sxemadan (axborot- kommunikatsiya texnologiyalarisiz) foydalanilganiga nisbatan tubdan o‘zgartirishga imkon bermaydi. Bu jihatdan muammoli xamda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish ko‘proq o‘zini oqlaydi. O‘qitishning muammoli metodi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jarayonini qandaydir muammoni qo‘yish va uni hal qilish yechimlarini izlash sifatida tashkil qilishga oid imkoniyatlaridan foydalanadi. Asosiy maqsad ta’lim oluvchilarning bilish faolligini oshirishga maksimal darajada ko‘maklashishdan iborat. Ta’lim jarayonida olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi masalalarning yechilishi, shuningdek, qo‘yilgan muammoni hal qilish uchun zarur bo‘ladigan qator qo‘shimcha bilimlarni olish va tahlil ko‘zda tutiladi. Bunda axborotni to‘plash, tartiblashtirish, tahlil va uzatishga oid ko‘nikmalarni egallashga alohida e’tibor karatiladi. Zamonaviy jamiyatni va ayniqsa ta’limni axborotlashtirish zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish va ommaviy tarqatish jarayonlari bilan ajralib turadi. Ta’lim sohasida ushbu texnologiyalar ma’lumot uzatish va o‘qituvchi va talabaning zamonaviy ochiq va masofadan turib o‘qitish tizimlarida o‘zaro ta’sirini ta’minlash uchun faol foydalanilmoqda. Zamonaviy o‘qituvchi nafaqat o‘z sohasi bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi, balki o‘z kasbiy faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, raqamli ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha samarali ish olib borayotgan ilg’or davlatlar, mintaqalar ta’limning yuqori sifat natijalarini 193 ko‘rsatmoqda. Shu bois O‘zbekiston ham xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini o‘rganib chiqib, o‘z taraqqiyoti yo‘lida ildam olg’a qadam tashlashda davom etmoqda. Ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda ta’lim oluvchilarning individual shaxs xususiyatlarini, ularning ta’lim olish uslublarini inobatga olish muhim hisoblanadi. Har bir talaba ma’lumotni turli axborot qabul qilish kanallari orqali idrok etadi. Lekin, mazkur kanallardan qaysidir biri ko‘proq rivojlanganligi sababli ta’lim oluvchining axborotni aynan o‘sha kanal orqali yaxshiroq qabul qilishi va osonroq o‘zlashtirishi fanga ma’lum. Psixologiya sohasi mutaxassislari voqelikni idrok etish xususiyatlariga ko‘ra ta’lim oluvchilarni shartli ravishda 4 toifaga: vizual, audial, kinestetik va diskretik kabi guruhlarga bo‘lib o‘rganishadi. Aksariyat talabalar tashqi dunyoni idrok etishda ko‘rganlariga ishonadilar. Soha mutaxassislarining tadqiqot natijalariga ko‘ra, talaba ko‘rish orqalima’lumotlarning qariyb 88%ini idrok etadi. “1000 marta eshitgandan ko‘ra, bir bor ko

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi kunda boshqa soxalar qatorida ta’lim soxasida ham kompyuter texnologiyalari keng kirib keladi va bu ta’lim tarbiya jarayonini samaradoligini oshirishda va har tamonlama intellektual salohiyatni…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi kunda boshqa soxalar qatorida ta’lim soxasida ham kompyuter texnologiyalari keng kirib keladi va bu ta’lim tarbiya jarayonini samaradoligini oshirishda va har tamonlama intellektual salohiyatni… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kinestetik, audial, Vizuallar, o‘zini-o‘zi rivojlantirishi, axborot, vizual, Mustaqil ta’limni, Ta’lim, SCADEduWeb
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники