К содержанию
РецензированоRU2026

O‘RTACHA SHO‘RLANGAN O‘TLOQI TUPROQLARDA SUG‘ORISHLAR SONINING G‘O‘ZANING O‘SISHI-RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

EDUCATION SYSTEM · Andijon tumani. (Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.)

Наука и инновации в системе образования · 1068 · 2026

Аннотация

В статье освещается влияние количества поливов на рост и развитие хлопчатника в условиях умеренно засоленных луговых почв в хозяйстве “Рузибону” Язьванского района Ферганской области. Ключевые слова. Почва, полив, количество поливов, рост и развитие хлопчатник. Annotation. The article highlights the influence of the amount of irrigation on the growth and development of cotton in the conditions of moderately saline meadow soils in the Ruzibonu farm of the Yazvan district of the Fergana region. Key words. Soil, watering, number of watering, growth and development of cotton. G‘o‘za o‘simligining o‘sishi, rivojlanishi, hosil to‘plashi bo‘yicha fenologik kuzatuvlarda aniqlashimizcha, o‘rganilayotgan navda sug‘orish oldi tuproq namligi tartibi yuqoriroq bo‘lganda umumiy qonuniyat aniqlanib, bosh poyaning o‘sishi tezlashishi, ammo ochilgan ko‘saklar soni kamroq bo‘lishi aniqlandi. Hindistonning masofaviy zondlash instituti (Indian Institute of Remote Sensing) olimlari tadqiqotlarida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini xaritalash, sug‘oriladigan еrlarda ekiladigan ziroatlar tizimi (Crop classification, Cropping system) tahlillarida fazoviy kema (sputnik, satellite images) rasmlaridan foydalanib, kompyuter dasturlari (ArcGIS, ArcCatalog, ERDAS, ENVI) tahlillarida o‘suv davri indekslari (NDVI Normalized Difference Vegetation Index) ko‘rsatkichlarida ham ko‘proq sug‘orilgan va biomassasi yuqori bo‘lgan o‘simliklar o‘zidan ko‘proq radiatsiya yorug‘ligini qaytarishi (Reflectance) aniqlangan. O‘simlikning biomassa to‘plashi va hosil elementlari mavjudligi bir-biriga mutanosib ravishda bo‘lishi kerakligi ushbu tadqiqotlarda ham ta’kidlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir o‘tkazilishi rejalashtirilgan agrotadbirlar o‘z vaqtida, muddatida va maqbul me’yor nisbatlarda bajarilishi o‘simliklar normal o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi. Har bir g‘o‘za navi o‘zining biologik 19 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference xususiyatlaridan kelib chiqib, turli omillarga talabi ham turlicha bo‘ldi. Suvsizlikka chidamli navlar tuproq namligi past bo‘lganda hosil tugunchalarini unchalik darajada ko‘p to‘kmaydi, aksincha suvsizlikka chidamsiz bo‘lgan navlarda esa suv tanqisligi sharoitida bosh poya balandligining past bo‘lishi hamda hosil elementlarining ko‘proq to‘kilishi kuzatildi. Ilmiy izlanishlar O‘zPITI da qabul qilingan “Metodika polevix opitov s xlopchatnikom” (1981), “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” (2007), bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalariga rioya qilingan holda o‘tkaziladi. Ma’lumotlarning hosildorlik bo‘yicha statistik tahlili B.A.Dospexovning “Metodika polevogo opita” (1979; 1985) uslubi bo‘yicha amalga oshiriladi (1-jadval). 1-jadval Tajriba tizimi Tuproqning sug‘orish oldi Tuproq namligining № G‘o‘za navi tuproq namligi CHDNS ga hisobiy qatlami, sm nisbatan, % 1. 65-70-70 2. S-8290 70-75-75 50-70-50 3. 75-80-80 Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha qo‘yilgan masalalarni dalada o‘rganish uchun Farg‘ona viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlari tanlandi. Tajribada 3 variantda, 4 ta takrorlanishda, g‘o‘zaning “S-8290” navi 3 xil sug‘orish tartibi bo‘yicha sinaladi. 1ta takrorlanishda variantlar soni 3 ta. Bir galgi sug‘orish me’yori va mavsumiy sug‘orish me’yorlari belgilangan tuproqning sug‘orish oldi tuproq namliklarga ko‘ra hisoblanadi, bo‘lakchalar bir qatorga (yarusda) joylashtiriladi. 1 ta bo‘lakchaning umumiy maydoni 240 m2, xisobiy maydon 120 m2. O‘g‘itlar Yozyovon tumanida fermer xo‘jaliklarga belgilangan me’yorlarda va muddatlarda amalga oshiriladi Tadqiqotlarda g‘o‘zaning S-8290 ekib parvarishlandi. Sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 65-70-70 % da tartibida 1-3 iyul holatida hosil shoxlari 6,5 donani, hosil elementlari 7,4 donani, 1-3 avgust holatida o‘simlik bo‘yi 80,7 sm ni, hosil shoxlari 9,6 donani, ko‘saklar soni 6,8 donani, 1-3 sentyabr holatida ko‘saklar soni 8,6 donani, shu jumladan ochilgani 3,3 donani tashkil etdi. ChDNSga nisbatan 70-75-75 % tartibda sug‘oriliganda 1-3 iyul holatida hosil shoxlari 6,8 donani, hosil elementlari 8,3 donani, 1-3 avgust holatida o‘simlik bo‘yi 84,0 sm ni, hosil shoxlari 10,3 donani, ko‘saklar soni 7,3 donani, 1-3 sentyabr holatida ko‘saklar soni 9,2 donani, shu jumladan ochilgani 2,8 donani tashkil etdi. ChDNSga nisbatan 75-80-70 % % tartibda sug‘oriliganda 20 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference 1-3 iyul holatida hosil shoxlari 7,3 donani, hosil elementlari 8,4 donani, 1-3 avgust holatida o‘simlik bo‘yi 87,9 sm ni, hosil shoxlari 10,4 donani, ko‘saklar soni 7,8 donani, 1-3 sentyabr holatida ko‘saklar soni 9,6 donani, shu jumladan ochilgani 2,1 donani tashkil etdi. (2-jadval) 2-jadval O‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda sug‘orishlar sonining g‘o‘zaning o‘sishi- rivojlanishi 2022 yil 1-3 1-3 iyun 1-3 iyul 1-3 avgust sentyabr Sug‘orish G‘o‘za tartibi t i, n i, navi ChDNS ga n a o n a m e n o n a l g a nisbatan, o d e d a a h i % m d r g, m o x i, e l m

Доказательный фрагмент

«В статье освещается влияние количества поливов на рост и развитие хлопчатника в условиях умеренно засоленных луговых почв в хозяйстве “Рузибону” Язьванского района Ферганской области.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье освещается влияние количества поливов на рост и развитие хлопчатника в условиях умеренно засоленных луговых почв в хозяйстве “Рузибону” Язьванского района Ферганской области. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Soil, watering, number of watering, growth and development, количество поливов, Почва, полив, рост и развитие хлопчатник.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники