Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA SO‘Z BOYLIGINI OSHIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
EDUCATION SYSTEM · PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA · G‘afurova Durdona Farhod qizi
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
This article explains the importance of developing vocabulary- enhancing educational tasks for primary school students and the role and place of educational tasks in the course of the lesson. Key words: educational tasks, primary class, students, knowledge, lesson, pedagogue, school, exercises. Hozirgi davrga kelib butun jahonda dunyo mamlakatlari ichida sivilizatsiya, globallashuv juda tez sur’atlarda osib borayotgan bir davrda, bizning ona vatanimiz jonajon O‘zbekistonimiz ham bunday rivojlanish, taraqqiy etib borish borasida dunyo hamjamiyati bilan bir qatorda, taraqqiy etib borayapti. Albatta, har bir ishda mashaqqat va qiyinchiliklar bo‘lganidek, bunday yutuqlarni, marralarni zabt etishimizda inson omili, inson qadri birinchi o‘rinda turadigan yurtimizda ta’lim va tarbiyaning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Hurmatli yurtboshimiz tomonlaridan ayniqsa, ta’lim sohasiga berilayotgan e’tiborni mam’nuniyat bilan ta’kidlanishimiz lozim, buning uchun kerak bo‘lsa, rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi o‘rganilib, buni yurtimizga tadbiq etishdagi malakali pedagoglarni yurtimizga jalb qilish borasidagi chiqargan buyruq va farmoyishlari barchamizni juda ham mamnun qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 23-avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi nutqlaridan misollar keltirmoqchiman “Maktabni o‘zgartirmasdan 31 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta'lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktab – bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak. Ta'lim-tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, o‘qitish metodlari, ta'lim standartlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yangilash zarur”, -degan firklarini eshitib biz yoshlarda oldinga bo‘lgan harakat kelajakka bo‘lgan umid yanada kuchaydi. Bugungi kunda maktablarimizdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini so‘z boyligini oshirishda nutqini ravon qilishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, bularga misol qilib yangilanayotgan darsliklar, turli xildagi o‘quv qo‘llanmalar, yangicha yondoshilayotgan o‘quv lug‘atlarini misol qilib olishimiz mumkin. Bu davrning yoshlari juda zukko, zehnli va keng fikr doirasiga ega hisoblanadi. Ularni nutqini yanada ravon, tiniq qilishda pedagogdan katta bilim va mahoratni talab etadi. Bunda turli xil o‘quv topshiriqlaridan foydalanish dars vaqtida va darsdan tashqari har bir boshlang‘ich sinf o‘quvchisi bilan individual va jamoaviy tartibda shug‘ullanish juda yaxshi samara beradi, uyga berilgan vazifalarni to‘g‘ri qo‘yish uni bajarilgani ustidan nazoratni o‘z vaqtida amalga oshirish ham muhim rol o‘ynaydi. Shu kabi yangidan-yangi dars o‘tish metodikasini ishlab chiqish pedagogdan katta bilim va ko‘nikmani talab etadi. Lekin afsuski, hozizgi maktablarimizda aksariyat pedagoglar dars jarayonida o‘quvchilar bilan ishlashda hozirgi yangi zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash madaniyati va pedagogik mahoratlarini uyg‘unlashtira olmaydilar, odiygina o‘tgan dars takrorlash bugungi darslariga taalluqli bir necha mashqlarni bajarish bilan cheklanadilar. O‘qituvchi qanchalik o‘z ustida ko‘p ishlasa, bilim doirasini kengaytirsa, unda yangidan-yangi g‘oyalar tug‘ila boshlaydi. Boshlang‘ich ta’lim muammolariga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni va internet manbalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimlari, balki ularni amaliyotda qo‘lay olish ko‘nikma va malakalari ham shakllantirib borish kerak. O‘qituvchilar har bir boshlangich sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirishiga qarab o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishi va dars jarayonida oqilona foydalanishi zarur. Boshlang‘ich sinf dars jarayonlarida o‘quv topshiriqlaridan foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini uchun qulay bo‘lgan fiziologik sharoitlarni va psixologik muhit yaratish imkoniyatini yuzaga chiqaradi va bu boshlangʼich taʼlim tizimini sifatini va samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladi. 32 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference O‘quv topshiriqlari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini erkin fikrlashga, stress holatlarini yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etishga, individual yondashishga, ma’suliyatlilik hissini singdirib borishga o‘rgatiladi. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama barkamol boʼlib yetishishida ta’lim jarayonida o‘quv topshiriqlaridan samarali foydalanish muhim oʼrinni egallaydi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1.Ta’lim tog‘risidagi qonun, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son, lex.uz 2. Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasi, 24.10.2020 y, lex.uz 3. Karima Qosimova va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. T.” Noshir” nashriyoti 2009. 352 b. 4.
Доказательный фрагмент
«This article explains the importance of developing vocabulary- enhancing educational tasks for primary school students and the role and place of educational tasks in the course of the lesson.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explains the importance of developing vocabulary- enhancing educational tasks for primary school students and the role and place of educational tasks in the course of the lesson. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- educational tasks, primary class, students, knowledge, lesson, maktab, o‘quvchilar, o‘quv topshiriqlari, pedagog, bilim, mashqlar., boshlang‘ich sinf, dars
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024