К содержанию
РецензированоRU2026

KURSANTLARNING NUTQ MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

EDUCATION SYSTEM · Boltayev Baxtiyor Yunusovich

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

В данной статье говорится о культуре речи курсантов, устной и письменной речи, требованиях к речи курсантов при общении. Ключевые слова: культура речи, общение, устное, письменное, научный стиль, формальный стиль, язык. Annotation: This article talks about the culture of cadets' speech, oral and written speech, requirements for cadets' speech during communication. Keywords: speech culture, communication, oral, written, scientific style, formal style, language. Barcha xalqlar, millatlar o‘z tili va nutq madaniyatiga egadirlar. Til – fikr ifodalash usuli, muomala vositasi. Til va nutq – bir jarayonning ikki tomoni. Til fikrni ifodalaydi, nutq uni yuzaga chiqaradi. Fikrni so‘zlar orqali boshqalarga bildirish usuli kishilarning nutq madaniyati yoki so‘zlashish uslubi deb ataladi. Kursantlarning nutq madaniyati deb ularning o‘z fikrlarini bir-birlariga, kelajakda kasbiy faoliyatlari davomida fikrlarini fuqarolarga, aholiga til vositalari orqali to‘g‘ri, aniq va ta’sirchan qilib yetkaza olishlariga aytiladi. Nutqning yozma va og‘zaki turlari mavjud. Yozma nutq ilmiy, rasmiy, publitsistik va qisman badiiy uslublarda, og‘zaki nutq esa adabiy va so‘zlashuv uslublari orqali ifodalanadi. Yozma nutq favqullodda vaziyatlar kursantlarining kundalik hayotining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Buni dars jarayonidan tortib to rasmiy ish qog‘ozlarini yuritguncha, ya’ni bildirgi, tushuntirish xati, arizalarni yozishni ham yozma nutqsiz tasavvur etish qiyin. Donolar odatda «yozuvingni ko‘rsat, men sening kimligingni aytib beraman» deydilar. Demak, yozuv odamning fe’lini ko‘rsatuvchi belgilardan biri ekan. Shuning uchun ham kursantlar, eng avvalo, yozma nutq turlari va qoidalarini puxta egallagan bo‘lishlari lozim. 53 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Ilmiy uslub. Ilmiy uslub deb jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda fikrlarni o‘zbek tilining barcha morfologik va sintaktik qoidalari asosida, ilmiy- hujjat shaklida, ilmiy-texnikaviy, ilmiy-ommaviy, o‘quv-ilmiy, publitsistik tarzda ifoda etishga aytiladi. Ilmiy uslub o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan yozma nutqning boshqa shakllaridan farq qiladi: 1) bayon qilinayotgan axborotning obyektivligi, aniqligi; 2) bayon qilinayotgan fikrning qisqa va lo‘ndaligi; 3) mantiqiy izchillikning kuchliligi; 4) ma’lumotlarga boyligi; 5) adabiy til qoidalariga qat’iy rioya etilishi, shevachilikning yo‘qligi; 6) fikrni bayon etishda ko‘rgazmali qurollar, ya’ni har xil chizma va jadvallarning ishlatilishi. Rasmiy uslub. Bu uslub hozirgi kunda ma’muriy va yuridik ishlarda keng qo‘llaniladigan yozma nutq shakllariga kiradi. Barcha qonunlarning matnlari, farmonlar, buyruq va qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar, bildirgilar, bayonnomalar, tushuntirish xatlari, dalolatnomalar, shartnomalar, xullas, favqulodda vaziyatlar idoralarida olib boriladigan va yuritiladigan barcha hujjatlar rasmiy uslubda yoziladi. Rasmiy uslub qoidalari quyidagilardan iborat: 1) so‘z tartibi grammatika qoidalariga to‘liq asoslangan bo‘lishi kerak; 2) fikr sodda, aniq va qisqa ifodalanishi kerak; 3) fikr kasbga doir terminlar asosida bayon qilinishi zarur; 4) jargonlar, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar ishlatilmasligi kerak; 5) eskirgan so‘zlar va iboralarni iloji boricha ishlatmaslik yoki o‘rniga qarab ishlatish lozim. Yuqorida qayd etilganidek, og‘zaki nutq so‘zlashuv va adabiy uslublarda ifodalanadi. So‘zlashuv uslubi deb kishilarning kundalik hayotda sheva va lahjalarda muloqot qilish usuliga aytiladi. So‘zlashuv uslubida nutq madaniyatining qoida va normalari qat’iy qo‘llanilmaydi. Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisi Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi, Namangan shevasi, Andijon shevasi, Qashqadaryo shevasi, Surxondaryo shevasi, Buxoro shevasi, Samarqand shevasi kabi ko‘plab shevalarda so‘zlashadilar. Adabiy uslub deb adabiy til normalariga qat’iy amal qilishga asoslangan uslubga aytiladi. Adabiy uslubda so‘zlashganda, jumladan ma’ruza o‘qilganda, rasmiy uchrashuvlarni o‘tkazganda til qoidalariga to‘liq rioya etiladi. 54 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Og‘zaki nutq yozma nutqqa qaraganda keng qamrovli bo‘lib, quyidagi xususiyatlarga ega: 1) og‘zaki nutqda shevachilikning ta’siri kuchli bo‘ladi; 2) og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab ish tutish imkoni kam bo‘ladi; 3) og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud; 4) og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari muhim rol o‘ynaydi; 5) og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiga, nutq so‘zlanayotgan vaziyatga bog‘liq, so‘zlovchi nutqiy a’zolarining normal va sog‘lomligiga bog‘liq; 6) og‘zaki nutq me'yorlarining barcha xususiyatlarini payqash, yozib olish, o‘rgatish va o‘rganish ancha qiyinchilik bilan kechadi; 7) og‘zaki nutq bir butun hodisa (matn) sifatida cheksiz va son-sanoqsiz shaxsiy (individual) faoliyat bo‘lib, uning ko‘pgina qirralari turli sharoitlarda o‘zicha kechadi va payqam

Доказательный фрагмент

«В данной статье говорится о культуре речи курсантов, устной и письменной речи, требованиях к речи курсантов при общении.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье говорится о культуре речи курсантов, устной и письменной речи, требованиях к речи курсантов при общении. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
speech culture, communication, oral, written, scientific style, ilmiy uslub, til., o‘zaki, nutq madaniyati, muloqot, rasmiy uslub, yozma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники