К содержанию
РецензированоUZ2026

GENDER STEREOTIPLARINING INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI O‘ZIGA XOSLIKLARI

EDUCATION SYSTEM · O‘ZIGA XOSLIKLARI · Qoraqo‘ziyeva Diyora Iqboliddin qizi

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillarida frazeologik birliklarning gender tadqiqiga bag‘ishlangan. Shuningdek, qiyoslanayotgan tillar frazeologiyasidagi gender stereotiplari dinamikasi hamda ularning tildagi ifodalanishi masalalari muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: gender, stereotip, frazeologiya, feministik tadqiqotlar, lisoniy nisbiylik. Tilda gender tadqiqotlarining asoslarini E. Sapir, V. fon Gumboldt va O. Yespersen kabi mashhur olimlar qo‘ygan. Feministik tanqid nazariyasining asosiy tushunchalari ham V. fon Gumboldtning "tilning xalq ruhiyati, inson ongi va tafakkuriga ta’sir etadigan oʻziga xos bir olam" degan g‘oyalari bilan bog‘liqdir. Tilshunoslikda feministik nazariyaga ko‘ra, patriarxat jamiyatda hukmronlik qilgan holda, patriarxal qadriyatlar matn diskursi orqali jamiyatga kirib keladi. Ingliz tilida grammatik maskulin rodning keng qo‘llanilishi, kasb nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan feminin roddagi otlarning maskulin rod otlaridan yasalishi, tildagi gender nomutanosiblikni ochib beruvchi omillar sifatida e'tirof etiladi. Zamonaviy tilshunoslik paradigmasining o‘zgarishi, ya’ni an’anaviy tilshunoslikdan tilni inson ongi, tajribasi va faoliyati bilan bog‘liq holda tahlil qiladigan kognitiv, lingvomadaniyatshunoslik va antropologik tilshunoslikka o‘tish, gender tilshunosligini fanning yangi yo‘nalishi sifatida rivojlanishiga olib kelgan. Bu o‘zgarishlar tilni ayol maqomini yuqori darajaga ko‘tarish va gender tengsizliklarini bartaraf etishga qaratilgan tildagi amaliy o‘zgarishlarga olib keldi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ayollar bilan bog‘liq frazeologik birliklar ko‘pincha salbiy kontekstda ishlatiladi va ularning erkaklarga qaramligi, ijtimoiy jihatdan pastroq tabaqasi va zaifligi ta’kidlanadi. Erkaklarga oid frazeologik birliklar esa ularning kuchini, qaror qabul qilish qobiliyatini va yetakchilik fazilatlarini aks ettiradi. Bunday qat’iy ifodalar orqali gender stereotiplari shakllanib, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tengsizlikni kuchaytirishi, ularning imkoniyatlarini cheklashi va jinsga asoslangan ierarxik bo‘linishlarni mustahkamlashi mumkin. Bunday stereotiplarga qarshi kurashish uchun til amaliyotiga ongli va faol ta’sir ko‘rsatish, gender tengsizliklarini qo‘llab- 127 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference quvvatlovchi iboralarni kamaytirish, jinslar o‘rtasidagi farqlar va tenglikka hurmatli munosabatni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik tayyorgarlik zarur. Gender asosidagi kamsitish zamonaviy jamiyatda hamon mavjud bo‘lib, til ana shunday stereotiplarni aks ettiruvchi va davom ettiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Masalan, ba’zi tillarda so‘zlovchining jinsiga qarab fe’l shakllarida farqlar mavjud bo‘lib, bu erkaklar va ayollar jamiyatda ma’lum rollarga ega degan taassurotni yaratishi mumkin. Tadqiqotchilar tildagi gender masalalarini o‘rganish orqali filologlar tilning bizning dunyo va boshqa odamlar haqidagi tushunchamizni qanday shakllantirishi va gender stereotiplari va tengsizlikka qarshi kurashish uchun qanday choralar ko‘rish mumkinligi haqida muhim xulosalar chiqarishi mumkin. Shu bois, bu sohadagi tadqiqotlar jamiyatda tenglikni va inklyuzivlikni yaratish uchun katta ahamiyatga ega. Frazeologik birliklarning gender tadqiqotlari til orqali ayollar va erkaklarning obrazlaridagi farqlarni aniqlash va tahlil qilishga yordam beradi. Shuningdek, ular til orqali madaniyatga qanday g‘oyalar va e’tiqodlar kirib kelganini va ular bizning gender rollarini idrok etishimizga qanday ta’sir qilishini tushunishga yordam beradi. Bunday tadqiqotlar jamiyatning ijtimoiy-madaniy jihatlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi va gender stereotiplariga qarshi kurashishda samarali bo‘lishi mumkin. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, turli xil diskurslarda "ayol" tushunchasi ko‘pincha noziklik, g‘amxo‘rlik, sezgirlik va hissiylik bilan bog‘liq. Ayolning tashqi ko‘rinishi nafis, yumshoq, chiroyli tasvirlanadi. Ayollarning xulq-atvor xususiyatlari odatda hissiy ifoda, empatiya, boshqalarga g‘amxo‘rlik va sezgi sifatida tavsiflanadi. Ijtimoiy jihatdan, ayollar ko‘pincha ona, uy bekasi, go‘zallik va xotin roli bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga, "erkak" tushunchasi kuch- quvvat, qat’iyat, mas’uliyat, shuningdek, qadr-qimmat bilan bog‘liq. Erkakning tashqi ko‘rinishi ko‘pincha mushakli, kuchli va erkak sifatida tasvirlanadi. Erkakning xulq-atvor xususiyatlari odatda qat’iyatlilik, mardlik va o‘ziga ishonch sifatida tavsiflanadi. Ingliz va o‘zbek tillarida "ayol" va "erkak" tushunchalari jamiyatda gender stereotiplari orqali ayollar va erkaklar haqida tasavvur va tushunchalarni shakllantiradi. Bunday stereotiplar erkaklar va ayollar uchun imkoniyatlar va tanlash erkinligini cheklovchi muayyan qoidalarni o‘rnatadi. Ayollik stereotiplariga mos kelmaydigan erkaklar hukm va kamsitishga duch kelishi mumkin. Shuningdek, kuch va mustaqillikni namoyon etishga intilayotgan ayollar ishonchsizlik va tanqidga duch kelishi mumkin. Bu stereotiplarga qarshi kurashish

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillarida frazeologik birliklarning gender tadqiqiga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillarida frazeologik birliklarning gender tadqiqiga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gender, frazeologiya, stereotip, lisoniy nisbiylik., feministik tadqiqotlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники