Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BIOLOGIYANING “EKOSISTEMA” BOBIGA DOIR LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA MUAMMOLI VAZIYATLAR YARATISH METODIKASI
EDUCATION SYSTEM · Ravshanova Umida Baxriddinovna
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada biologiyaning “Ekosistema” bobiga doir laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli vaziyatlar yaratish metodikasi, muammoli vaziyatlarda foydalaniladigan metodlar va o‘quvchilarning laboratoriya mashg‘ulotlarni bajarishda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilish haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit soʻzlar: ekosistema, produtsentlar, konsumentlar, oziq zanjiri, tabiiy va sun’iy ekosistemalar, biotop, biotsenoz, zootsenoz, mikrobiotsenoz, edafotop, gidrotop Mustaqillik tufayli ta’lim sohasida milliy qadriyatlarimiz, o‘zligimizga xos milliy ta’lim tizimi yaratildi. Eng avvalo, farzandlarimiz xalqimizning asl tarixini o‘rganib, ilmfanda dunyoni zabt etgan bobokalonlarimizning ulkan merosiga munosib avlod bo‘lishga intila boshladi. Xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha mustahkam poydevori bor xalq vakili sifatida o‘zlarini namoyon qilib kel-moqda. Hozirgi kunda Tabiiy fanlarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi, o‘quvchilarning ayniqsa kimyo biologiya fanlaridan xalqaro olimpiadalarga qatnashib nufuzli o‘rinlarni egallayotgani buning yaqqol misolidir. Hozirda tabiiy fanlarning rivojlanishi, fanlar o‘rtasida differetsiatsiya va integratsiya jarayonlarining vujudga kelishi ob’ektiv qonuniyat sifatida tabiiy fanlar bo‘lgan biologiya, kimyo, fizika fanlari o‘rtasida fanlararo bog‘lanishni amalga oshirini talab etmoqda. MUHOKAMA VA NATIJALAR Biologiyaning “Ekosistema” bobiga doir darslarda o‘quvchilarning mustaqil laboratoriya ishlari, tajribalar, frontal laboratoriya va amaliy ishlar ko‘rinishda olib borildi. Biologiyaning “Ekosistema” bobiga doir laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli vaziyatlar yaratish metodikasi o‘quvchini amaliyot bilan bog‘lab o‘qitishda asosiy metodlardan hisoblanadi. Biz o‘z ilmiy-tadqiqot ishimizda “Ekosistema”ga oid darslarda laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli 131 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference o‘qitish metodidan foydalanib, o‘quvchilarda biologiya faniga nisbatan akmeologik yondashuvni, ya’ni fanga nisbatan aqliy qobiliyatning rivojlanishini ko‘rishimiz mumkin. Ma’lumki, aniq ko‘rsatmalar orqali biologiyaning “Ekosistema” bobidan bajariladigan laboratoriya ishlari o‘quvchining mustaqil faoliyat ko‘rsatishiga kam imkon qoldiradi. Shu bilan birgalikda bunday laboratoriya ishlarida hamma o‘quvchi bir xil vaziyatda bo‘lib, ularning individual imkoniyatlari hisobga olinmaydi. O‘qituvchi o‘quvchini baholashda ko‘plab qiyinchiliklarga duch keladi. Ba’zi vaqtda o‘qituvchi o‘quvchini bajargan laboratoriya ishiga qarab baholaydi. Agar o‘quvchi biror muammoni o‘zi tajriba orqali hal qilsa, o‘qituvchining baholashi osonlashadi. Biologiyaning “Ekosistema” bobiga doir laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli vaziyatlar yaratib o‘tkazmagan o‘qituvchida uni o‘tkaza olishi mumkinligi haqida shubha paydo bo‘ladi. Ko‘p hollarda ularda quyidagi savollar tug‘iladi: “Muammoni tez hal qila olmaydigan o‘quvchi bilan qanday ishlash lozim?”, “Dars 45 minutga mo‘ljallanganligi uchun biologiyaning “Ekosistema” bobidan laboratoriya ishida muammoli vaziyatlar yaratish kerakmi?”. Hozirgi vaqtgacha to‘plangan dalillarga asoslanib, aytish joizki, biologiyaning “Ekosistema” bobidan laboratoriya ishlari muammoli vaziyatlar yaratib bajarish zarur. Bunday mazmundagi laboratoriya ishlari metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgandagina muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchi o‘z imkoniyatini to‘la ishga solib ishlashi lozim. Bu jarayonda har bir o‘quvchining ishi kreativ ko‘rinishda bo‘lishi. Masalan “Ekosistemaning tarkibiy qismlarini aniqlash” mavzusidagi amaliy mashg‘ulotda o‘quvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirish uchun amaliy mashg‘ulot bir necha qismga bo‘lib bajariladi. Amalish mashg‘ulotni bajarishdan maqsad: ekosistemalarning tarkibini aniqlash, tabiiy va sun’iy ekosistemalarni qiyosiy o‘rganish. Ishning borishi 1. Ekosistemalar tarkibini aniqlash yuzasidan topshiriqlar. 2. Tabiiy va sun’iy ekosistemalarni qiyosiy o‘rganishga doir topshiriqlar. 3. Xulosa. 1-topshiriq. Ekosistemalarning tarkibini sxemada aks ettiring. Sxemani ish daftaringizga chizing. 132 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Ekosistema Biotop Biotsenos Bunday jadvallar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini oshiradi. O‘qituvchining o‘quvchiga beradigan yordami individual tavsifga ega bo‘lishi lozim. O‘quvchi bilimini baholashda birinchi navbatda uning muammoli laboratoriya ishini mustaqil bajarganligi va ish hajmi hisobga olinadi. Xulosa qilib aytganda biologiyaning “Ekosistema” bobiga doir laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli vaziyatlar yaratish uchun umumiy holda quyidagilarni tashkil etish mumkin: - Biologiyaning “Ekosistema” bobiga oid laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli vaziyatlarni yaratish metodikasining umumiy g‘oyasini izlab topish; - muammoli vaziyat yaratish rejasini tuzish; - muammoli vaziyat yaratish; - muammoli vaziyatni hal qilish; -
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada biologiyaning “Ekosistema” bobiga doir laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli vaziyatlar yaratish metodikasi, muammoli vaziyatlarda foydalaniladigan metodlar va o‘quvchilarning laboratoriya mashg‘ul…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada biologiyaning “Ekosistema” bobiga doir laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli vaziyatlar yaratish metodikasi, muammoli vaziyatlarda foydalaniladigan metodlar va o‘quvchilarning laboratoriya mashg‘ul… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- zootsenoz, biotop, konsumentlar, biotsenoz, tabiiy va sun’iy ekosistemalar, produtsentlar, gidrotop, ekosistema, mikrobiotsenoz, oziq zanjiri, edafotop
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024