Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MIRZO KENJABEK SHE’RIYATIDA IYMON, E’TIQOD KONSEPTLARINING VOQELANISH USULLARI
KONSEPTLARINING VOQELANISH USULLARI · Hamdamova Nasiba To‘rabekovna
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Mazkur maqola Mirzo Kenjabek she’riyatida iymon va e’tiqod konseptlarining ifodalanish usullarini keng tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda diniy leksika va frazeologik birliklar vositasida iymon va e’tiqod tushunchalarining badiiy shakllanishi, ular orqali milliy madaniyat va urf- odatlarning ifodalanishi chuqur tahlil qilingan. Maqolada “iymon” va “e’tiqod” konseptlarining lingvistik va madaniy jihatlari o‘rganilib, bu tushunchalarning sinonimik, antonimik, ramziy va poetik vositalar orqali boyitilishi tahlil etiladi. Mirzo Kenjabek she’rlari misolida diniy va ma’naviy qadriyatlarning estetik talqini, ular orqali jamiyatning ijtimoiy va ruhiy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Tadqiqotda iymon va e’tiqod konseptlarining poetik strukturasini tashkil qiluvchi metaforalar, epitetlar, simvolik obrazlar va lingvistik parallelizm kabi badiiy vositalarning ahamiyati ochib berilgan. Mirzo Kenjabek she’rlari tahlili orqali iymon va e’tiqod tushunchalarining madaniyat, urf-odat, ma’naviy qadriyatlar va xalq ongidagi ma’nolar qatlami ko‘rsatilib, badiiy adabiyotda bu tushunchalarning universal va milliy xususiyatlari yoritilgan. Ushbu maqola iymon va e’tiqod konseptlarining badiiy ijod va tilshunoslikdagi o‘rni, ularning madaniyat va milliy o‘zlikni shakllantirishdagi ahamiyatini ochib beruvchi muhim ilmiy manba hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Iymon, e’tiqod, Mirzo Kenjabek, diniy leksika, frazeologik birliklar, lingvistik tahlil, ramziy ifoda, metafora, simvolik obrazlar, madaniy qadriyatlar, urf-odat, milliy o‘zlik, badiiy adabiyot, ma’naviy qadriyatlar, estetik ifoda, sinonimiya, antonimiya, badiiy til, poetik struktura. Diniy leksika har bir tilda mifologiya va din ta’siri ostida shakllangan, keng qamrovli va o‘ziga xos lug‘aviy qatlam hisoblanadi. Ushbu tilshunoslik hodisasi, ya’ni diniy leksika, har qanday jamiyat mavjud bo‘lgan davrning ajralmas qismi bo‘lib, insoniyatning rivojlanishida muhim omil bo‘lishi bilan birga, o‘tmish ajdodlarning to‘plagan tajribalarini saqlash usullaridan biri sifatida olimlar e’tiboriga tushishi tabiiy. Bundan tashqari, diniy leksika nisbatan barqaror bo‘lishi va yozma manbalarda qayd etilishi tufayli xalqning madaniy merosi sifatida baholanishi mumkin. Hozirgi vaqtda ko‘plab jamiyatlarda (ayniqsa, g‘arb mamlakatlarida) kuzatiladigan o‘ziga xos jarayonlardan biri turmushning barcha 80 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference sohalarida sekulyarizatsiya, ya’ni dunyoviylashtirish jarayonidir. Biroq, o‘tgan asr oxirlaridan boshlab va hozirgi paytda milliy tillarda asosiy diniy tushunchalarni ifoda etuvchi frazeologik birliklar faol qo‘llanayotganligi dinning jamiyat hayotida yana muhim rol o‘ynay boshlaganidan dalolat beradi. Jumladan, mamlakatimizda ham mustaqillik davridan keyin diniy-falsafiy matnlarning jamiyatdagi o‘rni kuchaygani sababli, diniy so‘zlar va frazeologizmlar faol qo‘llanishi kuzatilmoqda. Tilda diniy elementli frazeologik birliklar xususiyatlari va miqdori ko‘pincha jamiyatdagi asosiy e’tiqod ta’limotlariga moslashgan holda shakllanadi. Ushbu holat “til jamoasining kundalik amaliy va ma’naviy tajribasi” ta’siri ostida tilning frazeologik qismi shakllanishi bilan izohlanadi. Iymon va e’tiqod tushunchalari nafaqat diniy, balki madaniy va ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgan chuqur va ko‘p qatlamli tushunchalardir. Ushbu terminlar kishilarning o‘ziga xos diniy qarashlarini, ma’naviy qadr-qiymatlarini ifodalaydi va ularning axloqiy hayotini belgilab beradi. Lingvistik nuqtai nazardan “iymon” va “e’tiqod” tushunchalari bir-biriga yaqin, ammo o‘ziga xos farqlarga ega bo‘lgan ma’nolarni ifoda etadi. “Iymon” so‘zi arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, “ishonish, qat’iy ishonch, tasdiq” ma’nosini bildiradi. Bilamizki, bu so‘z musulmonlarning diniy hayotida ham muhim o‘rin tutadi va musulmonlarning Allohga bo‘lgan to‘la ishonchi, e’tiqodiga ishora qiladi. O‘zbek tilida “iymon” tushunchasi ma’naviy tozalik, halollik, samimiylik kabi jihatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Tilshunoslik nuqtai nazaridan “iymon” so‘zi monosemantik xususiyatga ega bo‘lib, aniq bir ishonchni ifodalaydi va keng ma’noda ezgulikni ifodalovchi ramz hisoblanadi. Bu tushuncha Mirzo Kenjabek ijodida Allohga ishonch va vafodorlik sifatida talqin etiladi. “E’tiqod” tushunchasi esa kengroq ma’noga ega bo‘lib, “iymon” tushunchasidan farqli o‘laroq, ko‘pincha umumiy diniy qarashlar, axloqiy va falsafiy qadriyatlarni ifodalaydi. Bu so‘z ham arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, asliyatda “isbotlangan” yoki “tasdiqlangan” degan ma’nolarni anglatadi. “E’tiqod” tushunchasi shaxsning diniy asoslarda shakllangan axloqiy tamoyillariga ishora qilsa, “iymon” bu asoslarning ruhiy ishonchini aks ettiradi. O‘zbek tilida “e’tiqod” so‘zi shaxsning biror narsa yoki hodisaga bo‘lgan qat’iy ishonchini bildiruvchi keng tushuncha bo‘lib, u ham diniy, ham dunyoviy kontekstdagi qadriyatlarni ifodalashga xizmat qiladi. Shu jihatdan, tilshunoslikda “e’tiqod” tus
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola Mirzo Kenjabek she’riyatida iymon va e’tiqod konseptlarining ifodalanish usullarini keng tahlil qilishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola Mirzo Kenjabek she’riyatida iymon va e’tiqod konseptlarining ifodalanish usullarini keng tahlil qilishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- madaniy qadriyatlar, antonimiya, poetik struktura., frazeologik birliklar, e’tiqod, estetik ifoda, sinonimiya, ma’naviy qadriyatlar, diniy leksika, metafora, urf-odat, Mirzo Kenjabek, lingvistik tahlil, Iymon, milliy o‘zlik, simvolik obrazlar, badiiy adabiyot, ramziy ifoda, badiiy til
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014