Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI “KO‘Z” LEKSEMASI ASOSIDA SHAKLLANGAN FRAZEOLOGIZMLARDA TASDIQ VA INKOR KATEGORIYALARINING IFODALANISHI
KATEGORIYALARINING IFODALANISHI · Sayidazimova Muhtaramxon Saidxoshimxon qizi
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
In this article, one of the current topics in English, "Expression of affirmative and negative categories in phraseology formed on the basis of the lexeme "eye" in Uzbek and English languages" was studied. Phraseologisms used in our daily speech express different meanings and we use them in our language depending on whether they express affirmative or negative meanings. When these affirmative or negative expressions are used effectively, they help the listener to express our thoughts correctly and clearly. Also, in the article, phraseologisms expressing the meaning of affirmation and negation, as well as examples of them, samples from artistic works are analyzed. KEY WORDS: negative, phrase, phraseology, word formation, affixation, lexeme, negative meaning, phraseology with negative meaning Hayotimizda frazeologizmlar badiiy ma’no ifodalashda, fikrimizni aniq va tushunarli qilib yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Frazeologizmlar turli tillarda so‘zlashuvchi turli xalqlarning dunyoqarashi va urf-odatlaridan kelib chiqadi, yillar davomida o‘zgarib, mukammallashadi. Tipologik jihatdan turli tizimlarga mansub bo‘lgan o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklar ba’zan mazmunan mutanosib bo‘lsa, ba’zan ular aynan bir xil bo‘lmaydi. Ba’zan 112 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference ularning shakli o‘zaro mos kelsa-da, ma’nosi umuman boshqacha va yoki aksincha, ma’no jihatdan mos kelganda, shakli to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Bunga sabab aynan o‘sha xalqning o‘ziga xos tabiatiga bog‘liqdir. O‘z ichki tuzilishida turli ma’nolarni mujassamlashtirgan frazeologizmlarda tasdiq va inkor shakllarini ifodalanishini ham kuzatish mumkin. Biz quyida berayotgan maqolamizda “ko‘z” leksemasi asosida shakllangan iboralarda tasdiq va inkor kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz. Tasdiq-inkor maʼnosini ifodalashda nol shakl (tasdiq), -ma boʻlishsizlik shakli, emas, na yordamchi, yoʻq mustaqil soʻzlari (inkor) ishtirok etadi: Majlis yarim kechagacha choʻzildi (O.Muxtor). Uzoqdan Navoiyning qorasi koʻringunga qadar u amirning kelishiga ishonmagan edi (Oybek). Na xotin, na farzand koʻrmagan, kimsasiz bechora bir yigit (Uygʻun). Mening farzandim yoʻq, gulbogʻlarim yoʻq. (S.Nur.) Quyida tasdiq ma’nosi mavjud bo‘lgan iboralarni ko‘rib chiqamiz. Misol uchun, o‘zbek tilidagi “ko‘zga ko‘rinmoq” iborasi “tanilmoq”, “o‘ziga e’tiborni jalb qiladigan bo‘lmoq” degan ma’nolarni ifodalaydi. U kombinatning ko‘zga ko‘ringan ip yigiruvchisi edi (Said Ahmad). Onasi dunyodan o‘tgan paytda Nazokatxon ancha balog‘atga yetib, ko‘zga ko‘rinib qolgan edi (“Bo‘rondan kuchli” Sh.Rashidov) Ingliz tilida ushbu ma’noni ifodalash uchun “eye-catching” yoki “catch somebody’s eyes” frazeologizmi qo‘llanadi. She wore an eye-catching blouse. Bu frazeologizmlarda tasdiq ma’no ifodalanyapti. Shuningdek, ba’zi iboralar borki, ularda inkor shakllar kelsa-da, tasdiq ma’nolarni kuzatishimiz mumkin. Masalan, o‘zbek tilidagi “ko‘zdan qochirmaslik” iborasida –ma bo‘lishsizlik qo‘shimchasi bor, lekin mazmun jihatdan “qarab turmoq”, “poylamoq” ma’nosini bilib olishimiz mumkin. Ingliz tilidagi “keep your eye pulled” frazeologizmi ham shu ma’no uchun xizmat qiladi. …Kimda gumoning bo‘lsa, uni ko‘zdan qochirma, iziga tush! (Oybek). While his partner robbed the bank, he kept his eye pulled for the police. Frazeologizmlarni o‘rganish jarayonida tasdiq shakldan ba’zan inkor ma’no ifodalaydigan iboralarni ham o‘rgandik. Misol uchun, “ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar” iborasi “hech narsani ko‘rmaslik, eshitmaslik” inkor ma’nosini beryapti. - Ko‘zing ko‘r, qulog‘ing karmi, - Qodirov cho‘g‘ni bosgan kishiday sapchib o‘rnidan turdi, - Oltinsoy sha’niga isnod keltirganini bilasanmi, hammaning og‘zida duv-duv gap (“Bo‘rondan kuchli” Sh.Rashidov) 113 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Ingliz tilida ham aynan ushbu ibora mavjud bo‘lmasada, uning alohida ikki xil ko‘rinishi mavjud. “turn a deaf ear to something”, yoki “fall on deaf ears”, ya’ni biror narsaga qulog‘ini kar qilib olmoq, e’tiborsiz qoldirmoq ma’nolarini anglatadi. Misol uchun, I told Mark to stop parking his car in front of our drive, but he just turned a deaf ear to it. Ikkinchi iboramiz esa “turn a blind eye to something” bo‘lib, o‘zbek tilidagi “ko‘z yummoq” frazeologizmiga mos keladi hamda ko‘rmaganga olmoq ma’nosini ifodalaydi. The boss knows that we often waste time chatting, but she just turns a blind eye to it. Rahbarimiz ko‘p vaqtimizni suhbatlashib o‘tkazishimizni bilsada, buni ko‘rmaganga oladi., ya’ni ushbu gap tarkibida –ma inkor qo‘shimchasi bo‘lsada gap tasdiq ma’noni ifodalagan. Yana boshqa iboralarni ko‘rib chiqsak, “ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan ” frazeologizmida –ma bo‘lishsizlik shakli bilan “hayotda uchratmagan” kabi tarjima qilinib, inkor ma’noni ifodalayapti. Birdan koʻz koʻrib, quloq eshitmagan bir jonivorni koʻrgandek, hayron boʻlib, sekin oʻrnidan turdi. (Guldasta) Gap tarkibida i
Доказательный фрагмент
«In this article, one of the current topics in English, "Expression of affirmative and negative categories in phraseology formed on the basis of the lexeme "eye" in Uzbek and English languages" was studied.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, one of the current topics in English, "Expression of affirmative and negative categories in phraseology formed on the basis of the lexeme "eye" in Uzbek and English languages" was studied. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- negative, phrase, phraseology, word formation, affixation, negativ, frazeologizmlar, ibora, inkor ma’noli frazeologizmlar, affiksatsiya, inkor ma’no, frazema, so‘z yasalishi, leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026