Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NIKOH VA OILAVY MASLAHAT AJRALISH XAVFINI QANDAY KAMAYTIRADI?
Erqulova Jayrona Sherzod qizi · Sh.Rashidov nomidagi SamDU · Tursunov Lochin Erkinovich
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Ushbu maqola nikoh va oilaviy maslahatlarning ajralish xavfini kamaytirishga yordam berishi haqida bo’lib, maqolada nikohning afzalliklari, ajralishning bir qancha sabablari, oilaviy maslahatchilar yordamida muammolarni samarali hal qilish, kommunikatsiyani yaxshilash va o’zaro hurmatni oshirish usullari haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: nikoh, er-xotin munosabatlari, farzandlar bilan muloqot, oilaviy maslahatchi, ajralish, oilaviy nizolar, kommunikatsiya, o’zaro hurmat, psixologik xizmat. Bugungi kunda butun dunyoda dolzarb hisoblanib kelayotgan mavzulardan bittasi bu – oilalar o’rtasidagi ajrimlar hisoblanadi. Ajrimlar ko’paygani sari oilalardagi farzandlar yetimlarga aylanib borishmoqda. Bu mavzu asosan oila institutining mustahkamligi, oilaviy munosabatlarning rivojlanishi, psixologik, iqtisodiy va ijtimoiy ta’sirlarga bog’liq. Nikoh (arabcha so’zdan olingan bo’lib, tarjimasi: “birlashish”) nikoh, oila qurish Alloh taoloning insoniyat orasida joriy qilingan muqaddas qonunlaridan biri bo’lib, nasl-nasabning davomiyligi, insonlar orasida qarindosh-urug’chilik, mehr-oqibatni mukammal bo’lishi kabi insoniyat uchun manfaatli maqsadlarga xizmat qiladi.[1] Nikoh inson hayotining muhim va kutilgan bosqichi bo’lib, u nafaqat er-xotin o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, balki jismoniy, ruhiy va ijtimoiy manfaatlarini ham keltirib chiqaradi. Nikohning afzalliklari, odatda, uzoq muddatli barqarorlik, qo’llab-quvvatlash tizimi va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan. Nikohda er-xotin bir-birini tushunishadi, qo’llab-quvvatlaydilar va hissiy jihatdan bir-biriga bog’lanadilar. Nikohda ikkita daromad va resurslar birlashadi, bu esa moliyaviy barqarorlikni oshiradi. Nikohda bo’lgan odamlar jismoniy va ruhiy salomatlikni yaxshilashda bir-birini qo’llab-quvvatlashadi. Nikoh, bolalar uchun barqaror va xavfsiz muhit yaratishga yordam beradi. U ijtimoiy hamkorlikni va oila doirasidagi yordamni oshiradi. 5 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Ajralishning turli sabablari bo’lishi mumkin. Har bir holat o’ziga xos, ammo umumiy ravishda ajralishga olib keladigan ba’zi sabablarga quyidagilarni kiritish mumkin: muhabbatning yo’qolishi, kommunikatsiya muammolari, xiyonat, moliyaviy muammolar, stress va tashqi bosimlar, oila a’zolarining aralashuvi, o’zgarishlar va rivojlanish, farqlanishlar va kutishlar. Agar ajralishlarning ayol va erkakka ko’rsatadigan asosiy ta’sirlarini sanaydigan bo’lsak, ular quyidagicha bo’ladi: Jamiyat uchun: noto’liq oilalar soni ko’payadi, oilalararo yoki qarindoshlararo adovat yuzaga keladi, bir jinsning ikkinchi jinsga nisbatan nafrati paydo bo’ladi, fohishabozlik ortadi, teri-tanosil kasalliklarning ortishi kuzatiladi, shaxsning ijtimoiy faolligi susayadi. Erkak uchun: yolg’izlik hissining ortishi, giyohvandlik va ichkilikbozlikka berilish, turli kasalliklar. Ayollar uchun: yolg’izlikning his qilishning ortishi, qayta oila qurish imkoniyatining cheklanganligi, nevrozlar, stresslar, turli xastaliklar, o’z joniga qasd qilish.[2] Ajralishlarning o’ziga xos ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan sabablar, ularning amalga oshish jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er-xotinlarning ahvoli kabilarda ifodalanadi.[3] Oilaviy nizolarni hal qilish usullari. Oiladagi nizolarni hal etishning ko’pgina samarasiz usullari mavjud, ulardan foydalanish nafaqat sizning qimmatbaho vaqtni olib tashlashi mumkin, balki oiladagi mojaroni yanada kuchaytirishi mumkin. Oilangizdagi ziddiyatlarni bartaraf etish uchun oilaviy psixologlardan yordam so’rang va oilangizga qo’shnilar, tanishlar yoki ota-onalarning maslahatini tekshirmang. Oilada hech qanday qarama-qarshiliklar mavjud emas, chunki oila munosabatlarining o’ziga xos jihati shundaki, qarama-qarshi jinsdagi odamlar butunlay boshqacha hayotiy hikoyalar va turli xil tarbiya bilan uylanadi va ayni paytda ular bir-birlari bilan bir-birining ostida bo’lishi kerak. Bu holatda bajarilishi mumkin bo’lgan barcha narsalar oiladagi nizolarning oldini olishdir. Oiladagi nizolarni hal qilish uchun siz tushunishga intilishingiz kerak. Agar ikkala turmush o’rtog’i bir-birlarini eshitishga harakat qilsalar, unda murosaga kelishi mumkin. Bu yerda g’alaba qozonishning hojati yo’q, chunki g’alaba yutqazishni taxmin qiladi. Ittifoq – bu qul va xo’jayin emas, ikki teng sherikning birlashmasi. Ikki turmush o’rtog’i o’zaro munosabatlarda qulay bo’lishi kerak, 6 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference natijada kimdirning xohish-istaklari amalga oshmagani sababli nikoh ittifoqi buzilmaydi.[4] Oilaviy maslahat yoki oila terapiyasi bu – oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va nizolarni hal qilish uchun malakali mutaxassis tomonidan olib boriladigan jarayon. Oilaviy maslahatda terapevt oila a’zolariga o’zaro tushunishni kuchaytirish, his-tuyg
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola nikoh va oilaviy maslahatlarning ajralish xavfini kamaytirishga yordam berishi haqida bo’lib, maqolada nikohning afzalliklari, ajralishning bir qancha sabablari, oilaviy maslahatchilar yordamida muammolar…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola nikoh va oilaviy maslahatlarning ajralish xavfini kamaytirishga yordam berishi haqida bo’lib, maqolada nikohning afzalliklari, ajralishning bir qancha sabablari, oilaviy maslahatchilar yordamida muammolar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nikoh, kommunikatsiya, oilaviy nizolar, o’zaro hurmat, psixologik xizmat., farzandlar bilan muloqot, oilaviy maslahatchi, ajralish, er-xotin munosabatlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026