К содержанию
РецензированоUZ2026

OILADA ER VA XOTIN MULOQOT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK OMILLARI

RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK OMILLARI · Nomozova O‘g‘iloy Akmaljon qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Oilaviy munosabatlar barqarorligiga bir qancha omillar ta’sir etishi kuzatilgan bo‘lib, ularning orasida oiladagi muloqot yoxud er va xotinning muloqot madaniyati masalasi alohida dolzablik kasb etadi. Mazkur maqolada oilada er va xotinning muloqot madaniyatini rivojlantishga oid ijtimoiy-pedagogik omillar tahlilga tortilgan. Shuningdek, mavzuning dolzarbligi olimlarning oilaviy muloqot, er va xotin muloqoti xususidagi qisqacha fikrlari bilan asoslangan. Kalit so‘zlar: oila, muloqot madaniyati, oilaviy munosabatlar, jamiyat, ijtimoiy omillar, pedagogik omillar, qadriyat, an’ana, muloqot texnikalari, tinglash, o‘zaro hurmat, nutq madaniyati, ijitmoiy institut, axloqiy me’yorlar, gender tenglik, erkaklar nutqi, ayollar nutqi. Oiladagi sog‘lom va samimiy muloqot madaniyati nafaqat oilaviy munosabatlarning barqarorligi, balki farzandlar tarbiyasi, o‘sib kelayotgan yosh avlodda muloqot ko‘nikmlarini shakllantirish, shuningdek, jamiyat barqarorligi va ma’naviy rivojlanishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu jarayonda ijtimoiy-pedagogik omillarning ahamiyati katta. Oiladagi muloqot madaniyatini rivojlantirish uchun jamiyatdagi qadriyatlar va ijtimoiy munosabatlar katta ahamiyatga ega. Mavzu bo‘yicha asosiy ijtimoiy-pedagogik yondashuvlar va olimlar fikrlari: 1. Milliy qadriyatlarning o‘rni. Milliy va diniy qadriyatlar oilaviy muloqot madaniyatini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Bu fikrni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning oiladagi qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan islohotlari ham tasdiqlaydi. 2. O‘zaro hurmat va ishonchning ahamiyati. Ilmiy adabiyotlarda er-xotin o‘rtasidagi muloqotda o‘zaro hurmat va ishonchning muhimligi bir necha bor ta’kidlangan. Masalan, J. Gray o‘zining “Erkaklar Marsdan, Ayollar Venusdan” kitobida er-xotin o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun empatiya va hurmatni rivojlantirishni taklif qiladi. 3. Oilaviy muloqot texnikalari va psixologik treninglar. Er va xotin o‘rtasidagi sog‘lom muloqot uchun faol tinglash, hissiyotlarni ifoda qilish va muammolarni konstruktiv tarzda muhokama qilish usullari samarali hisoblanadi. T.Gordon 88 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference tomonidan ishlab chiqilgan “Faol tinglash usuli” bu borada ko‘plab oilalarga yordam beradi . Asosiy qism. Oiladagi muloqot madaniyatining shakllanishi, shuningdek, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar jamiyatning axloqiy, ijtimoiy va pedagogik jihatlariga bevosita ta’sir etadi. Ushbu jarayonni rivojlantirishda turli ijtimoiy va pedagogik omillar muhim rol o‘ynaydi. Quyida oiladagi muloqot madaniyatini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni ko‘rib chiqamiz: Ijtimoiy omillar: 1. Oilaviy muhiting ta’siri – oiladagi munosabatlar, o‘zaro hurmat va mehr- muhabbat nafqat er va xotin o‘rtasida, balki oilaning boshqa a’zolari (ota-onalar, qaynona-qaynota, aka-uka, opa-singillar, ayniqsa, bolalar) bilan samimiy muloqot muhitini yaratishga yordam beradi va o‘z navbatida, oilaviy muloqot madaniyatini shakllantirishga bevosita ta’sir qiladi. Umuman olganda, oilada ijobiy atmosferaning mavjudligi muloqot madaniyati rivojlanishiga asos bo‘ladi. 2. Milliy qadriyatlar va an’analar – har bir oilaning o‘ziga xos qadriyatlari ham o‘z o‘rnida muloqot madaniyatini belgilaydi. O‘zbek oilasida er va xotin muloqotining qadriyatlarga asoslangan muayyan qoliplari mavjud. Masalan, “ayollarning o‘z umr yo‘ldoshlariga “siz” tarzida murojaat qilishlari belgilangan me’yor bo‘lib, “siz”ning “sen”ga almashinuvi o‘zbek nutq odatining qo‘pol buzilishidan dalolatdir” . Shuningdek, o‘zbek oilalarida er va xotin oilada bir- biriga “dadasi/onasi” deb murojaat qilishi ham an’anaga aylanib qolgan bo‘lib, bu ham oilaviy munosabatlar va oilaviy muloqotga ijobiy ta’sir qiladi., 3. Jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning roli – mahalla, maktab va boshqa ijtimoiy tashkilotlar oilaviy tarbiya va muloqot madaniyatining muhim shakllantiruvchilari hisoblanadi. Ular oilaviy muloqotning ahamiyatini targ‘ib qilishda va targ‘ibot ishlarida muhim rol o‘ynaydi. Zero, oila qurish ostonasida turgan osh yigit-qizlar uchunularni oilaga tayyorlashdagi bir qator vazifalar qatorida nutq madaniyati – oilaviy muloqot madaniyatiga alohida e’tibor qaratish lozim. 4. Axloqiy me’yorlar va gender tengligi – jamiyatda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tenglikni ta’minlash ham, o‘z navbatida, oila ichidagi muloqot madaniyatini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Chunki har bir shaxs jinsidan qat’i nazar, erkin so‘zlash va fikr bildirish huquqiga ega. Ushbu fikr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida ham mustahkamlab qo‘yilgan: “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega” . Bundan tashqari, gender masalasida ham ayrim axloqiy me’yorlar mavjud bo‘lib, ularga amal qilish ham muloqot madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘zbek 89 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference

Доказательный фрагмент

«Oilaviy munosabatlar barqarorligiga bir qancha omillar ta’sir etishi kuzatilgan bo‘lib, ularning orasida oiladagi muloqot yoxud er va xotinning muloqot madaniyati masalasi alohida dolzablik kasb etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Oilaviy munosabatlar barqarorligiga bir qancha omillar ta’sir etishi kuzatilgan bo‘lib, ularning orasida oiladagi muloqot yoxud er va xotinning muloqot madaniyati masalasi alohida dolzablik kasb etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijitmoiy institut, muloqot texnikalari, muloqot madaniyati, ayollar nutqi., ijtimoiy omillar, erkaklar nutqi, oila, pedagogik omillar, an’ana, nutq madaniyati, axloqiy me’yorlar, tinglash, jamiyat, oilaviy munosabatlar, gender tenglik, o‘zaro hurmat, qadriyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники