К содержанию
РецензированоUZ1993

MUSTAQILLIK YILLARIDA IPAKCHILIKDAGI O‘GARISHLAR.

M.R. Sodiqova (Farg‘ona davlat universiteti, falsafa va milliy g‘oya kafedrasi o ‘qituvchisi)

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 1993

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston respublikasi mustaqilligning dastlabki yillarida yengil sanoat tarmoqlaridan biri ipakchilik sohasidagi olib borilgan o‘zgarishlar, ipakchilikning respublika taraqqiyotidagi o‘rni hamda isqitbollari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Ipak, Ipakchilik sanoati, bozor munosabatlari, iqtisodiyot, ipakchilik korxonalari, ipak qurti, klaster. O‘zbekiston mustaqilligi arafasi va uning dastlabki yillari bozor munosabatlariga o‘tayotgan bir sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab edi. Uzoq yillar davomida hukm surgan ma’muriy buyruqbozlik tizimining asoratli ta’siri sharoitida muammolarni hal etishning yagona to‘g‘ri yo‘li – bu iqtisodiyotda bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich shakllantirib va rivojlantirib borish edi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin respublika hukumati ipakchilik sanoatini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor berdi. Anʼanalar va ming yillik tajribalar negizida Oʻzbekistonda zamonaviy yangi ipakchilik industriyasini yaratish yoʻli belgilandi. 1993-yildan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni xarid qilish kelishilgan narxlar asosida olib boriladigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1998-yil 30-martdagi "Respublikada pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-apreldagi "Respublika pillachilik sohasini boshqarishni takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra mustaqil "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga ipakli va aralash gazlamalar ishlab chiqaradigan shoyi toʻqish korxonalari, shuningdek, tabiiy shoyi ishlab chiqarish va qayta ishlash boʻyicha Markaziy ilmiy tadqiqot institutini ("Shoyi" tadqiqot instituti, Margʻilon) oʻz ichiga oladigan "Shoyi" aksiyadorlik kompaniyasi hamda pilla xom ashyosi, ipak kalava ishlab chiqaradigan pillakashlik korxonalari, ipak qurti tayyorlanadigan zavodlar, ipak qurti naslchilik xoʻjaliklari, xom pillani qabul qilish va dastlabki ishlov berish korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari, Oʻzbekiston ipakchilik ilmiy tadqiqot institutini oʻz ichiga oladigan "Pilla xolding" xolding kompaniyasi kiradi. 92 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 1991-yilda respublikada 33,8 ming tonna pilla tayyorlandi. 1993-yildan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni xarid qilish erkin kelishilgan narxlar asosida olib borildi. Tarmoqda 19 mingga yaqin xodimlar band etildi. Respublikada pillachilik sohasida 21500 tonna tirik pilla, 8290,2 tonna quruq pilla tayyorlandi, 1003,2 tonna xom ipak, 130 tonna yigirilgan ipak ipi ishlab chiqarildi, 415 ming quti ipak qurti tuxumi tayyorlandi, 1,5 million dona tut koʻchati yetishtirildi. O‘zbekistonda ipakchilik korxonalari asosan an’anaviy ipakchilik sohasi rivojlangan Farg‘ona vodiysi viloyatlarida joylashgan. Mustaqillik yillarida Farg‘ona viloyatida Marg‘ilon ipakchilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Fargʻona shahridagi “Fargʻona Agropilla” MCHJ, “Fargʻona tut ipak qurti urugʻchiligi” MCHJ, Fargʻona tumanidagi “Vodiy Ipak yigiruv” shoʻba korxonasi , Andijon viloyatida “Andijan Silk Co” qo‘shma korxonasi, “Andijon Agro pilla”, “Xarir Tola” pillachilik klasteri, Namanganda “Golden silk” ShK, “Verigrov ipagi” XK MChJ, “Marjon tola fayz” MChJ, “Fabriktex” MChJ, “Sof ipak invest” MChJ va pillani qayta ishlash korxonalari tashkil etildi. Markaziy Osiyodagi eng yirik ipak ishlab chiqaruvchi korxona “Xon-atlas” fabrikasi Marg‘ilon shahrida joylashgan. Korxonada kuniga 2,5 kilometrgacha gazlama ishlab chiqariladi, uning asosiy qismi eksport qilinadi. 1994-yilda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon ipakchilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining yigiruv fabrikasi qoshida “Spining-silk” nomli O‘zbek-Italiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi va 663 ta ish o‘rni tashkil etildi. Pilla xom ashyosini respublikaning oʻzida qayta ishlanishini taʼminlash maqsadida 2000- yil fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan pilla xom ashyosi, ipak chiqindilari va ipak ipni respublikadan chetga chiqarishga chek qoʻydi. 1991-2016-yillarda O‘zbekistonning ipak sanoati iqtisodiyotdagi strukturaviy o‘zgarishlar va jahon bozoridagi talab taqchilligi sababli pasayishga yuz tutdi va 2017-yilda bor-yo‘g‘i 13 000 tonna pilla yetishtirildi. Birinchi navbatda bu pasayish qishloq joylarida minglab ish o‘rinlarini yo‘qotilishi, aholi daromadini kamayishi va mamlakatga valyuta oqimining kamayishini ko‘rsatadi. O’zbekistonning asosiy iqtisodiy sohasi bo‘lgan ipakchilik tarmog‘ida klaster tizimini joriy etish yangi faoliyat bo‘lib, uning puxta tashkil etilishi ushbu tizimning rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan ham bu sohani har tomonlama o‘rganish, ya’ni nazariy-amaliy jihatdan tadqiq qilish muhim. 93 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 2017-yildan boshlab mamlakat ipa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston respublikasi mustaqilligning dastlabki yillarida yengil sanoat tarmoqlaridan biri ipakchilik sohasidagi olib borilgan o‘zgarishlar, ipakchilikning respublika taraqqiyotidagi o‘rni hamda isqi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston respublikasi mustaqilligning dastlabki yillarida yengil sanoat tarmoqlaridan biri ipakchilik sohasidagi olib borilgan o‘zgarishlar, ipakchilikning respublika taraqqiyotidagi o‘rni hamda isqi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ipak qurti, klaster., Ipak, Ipakchilik sanoati, ipakchilik korxonalari, bozor munosabatlari, iqtisodiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники