К содержанию
РецензированоUZ2026

KONTEYNERLI TASHISHDAGI DOLZARB MUAMMOLARINING ZAMONAVIY TAHLILI, ADABIYOTLAR VA MAQOLALAR SHARHI

Madatov Ilhomjon Mehriddin o‘g‘li · To‘lqinov Shavkat Shuhrat o‘g‘li

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 497–520 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada logistika nuqtayi nazaridan konteynerli tashish transporti (KTT) haqida umumiy ma’lumot berilgan. Xususan, quruqlik transporti orqali konteynerlarni o‘z manziliga yetkazishdagi transportda hamda konteyner maydonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, tashish zanjiriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko’rsatuvchi omillar ko‘rib chiqilib, soha doirasidagi adabiyotlar sharhi olimlarning yechimlari tahlili amalga oshirilgan Kalit so‘zlar: Konteynerli tashish transporti, transport logistikasi, konteyner maydoni, barjali tashish Temir yo’lda konteyner tashish global logistika tizimining muhim qismi bo‘lib, yo‘l va suv transportiga nisbatan iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay alternativ hisoblanadi. Konteyner transporti dunyodagi haqiqiy global ta’minot zanjiri sifatida qaraladi, chunki bitta yukli konteyner turli transport vositalari (masalan, kemalar, poezdlar va yuk mashinalari) tomonidan harakatlanishi mumkin va turli xil uskunalar va obyektlar (masalan, terminallar, kranlar, treylerlar, vagonlar, liftlar va depolar) orqali tashish operatsiyalarida ishtirok etadi. Konteyner tashish sohasining ahamiyati dunyo savdosining qiymati bo‘yicha tahminan 70% dan ortig‘i dengiz orqali tashish rejimi bilan amalga oshirilishi bilan tasdiqlanadi, Biroq, temir yo’l sektori samaradorlik va ishonchlilikka ta’sir qiluvchi bir qator muammolarga duch kelmoqda. Mahalliy transport logistikasi ichki qatnovlarda transport vositalari va konteyner maydonlari ishini boshqarishga taalluqlidir. U asosan mamlakat ichkarisidagi transport parklari (asosan yuk mashinalari va poyezdlar) va konteynerlarni tashish va saqlash uchun obyektlarni (Omborlar va konteyner maydonlari) rejalashtirish va nazorat qilishga qaratilgan. Mamlakat ichidagi transport vositalari yuk mashinalari, poyezdlar hisoblanib, poyezdlar ko‘pincha belgilangan muntazam yo‘nalishlar va jadvallar bilan ishlaydi, yuk mashinalari esa yo‘nalish va vaqt bo‘yicha moslashuvchan hamda o‘zgruvchan. Mamlakat ichidagi omborlar intermodal terminallar, konteyner maydonlari va bo‘sh 133 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference omborlar bo‘lib, ular ichki transport vositalariga ishlov berish, konteynerlarni saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish, birlashtirish va qadoqdan chiqarish kabi logistika xizmatlarini ko‘rsatadi. 1-rasm. Konteyner transporti zanjiri. Biz ko‘rib chiqadigan sektor bu quruqlik transportida konteynerli tashishlar (1-rasm 2,3,4-shakllarni o‘z ichiga oladi ). Yukli va bo‘sh konteynerlar turli transport vositalari va uskunalaridan foydalangan holda portlar, depolar va mijozlar omborlaridan iborat transport tarmog‘ida harakatlanadi, saqlanadi. KTTda ichki transport logistikasi bilan bog‘liq asosiy rejalashtirish muammolarini 1-jadvalda umumlashtirish mumkin. 1-Jadvaldagi tashish jarayoni operatsiyalariga bir qator o‘zgartirishlar kiritish sohani yaxshilash uchun qadam bo‘la oladi. Masalan, avtomobil transporti orqali konteyner manziliga yetkazilgach yuklangan konteynerni xuddi shu transport vositasi orqali bo‘sh konteynerlarni yuklash manzilidagi chiqarish uchun ishlatish yoki aksincha. Ushbu algortimni temir yo‘l transportiga ham qo‘llash imkoni mavjud. 1-jadval. Quruqlik transporti bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar. Logistik Tashish jarayonidagi faoliyat va operatsiyalar sektorlar Yuk avtomobillari parkini boshqarish; Avtotransport vositalarini texnik holatini nazorat qilish; Avtotransport vositalarini bronlash Avtomobil tizimi; Bo‘sh transport vositasini yoki bo‘sh konteynerni qaytadan transporti yuklanuvchi xududga yetkazib borish; Yuk avtomobillarini yo‘naltirish va rejalashtirish; Favqulodda sodir bo’luvchi kutilmas holatlarda chora-tadbirlar rejalarini tuzish. Temir yo‘l Konteyner poyezdi marshrutini tuzish; Xizmat ko‘rsatish jadvalini 134 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference transporti tuzish; stansiyalarda vagon bo‘sh fitinglar bilan bajariladigan operatsiyalar va ularni konteyner yuklovchi manzillarga jo‘natish Vagonlarni manyovr qilish; Temir yo‘l vagonlari parkini boshqarish; Konteynerlarni yuklash va tushirish; Tashish turini tanlash; Logistik expeditorlik kompaniyalarini tanlash. Maydon joylashuvi; Ichki konteyner transporti tarmog‘ini loyihalash; Ombor sxemasi; konteynerlarni saqlash; Konteyner konteynerlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish; maydonlari Konteynerlarni almashtirish; muddatidan ortiq konteynerlarni ushlab turganlik uchun jarimalar ; Yuklash va tushirish; Qadoqlash va qadoqlarni yechish. KTT eksport va import hisobiga muhim rol o‘ynagani va marshrutlardagi tirbandliklar, transportdan chiquvchi zararli gazlar va ifloslanish hamda harakat xavfsizligi bo‘yicha ortib borayotgan xavflar tufayli ko‘plab olimlar e’tiborini o‘ziga jalb qilmoqda Xususan, Notteboom va Rodrigue [1] dengiz portlarini mintaqaviylashtirish kontseptsiyasini taqdim etdi, bu dengiz portlari va konteyner maydonlari o‘rtasidagi aloqalarni po

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada logistika nuqtayi nazaridan konteynerli tashish transporti (KTT) haqida umumiy ma’lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada logistika nuqtayi nazaridan konteynerli tashish transporti (KTT) haqida umumiy ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
transport logistikasi, Konteynerli tashish transporti, konteyner maydoni, barjali tashish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники