К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIMDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH VA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA TA’SIRI

Abduvaliyeva Farida Salimjon qizi

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

This article is about using multimedia tools in preschool education and the efficiency of multimedia tools to develop oratory in preschool education. Zamonaviy dunyoda ta’lim jarayonlari shiddat bilan ilg’orlab borayotgan bir paytda maktabgacha ta’lim sohasida ham keng miqyosdagi rivojlanish va jamiyat talabiga javob bera oladigan ta’lim strategiyalarini tanlab olish muhim ahamiyatga ega. Shu jumladan, yurtimizning har bir sohasi kundan kunga taraqqiy etib bormoqdaki, yosh avlodlarning aqliy va jismoniy salohiyati eng birinchilardan e’tiborga va ko’makka muhtojdir. Shunday ekan, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda eng so’nggi va samarali uslublarni tanlab olish ahamiyatlidir. Maktabgacha ta’lim jarayonida multimedia vositalaridan keng foydalanish juda ko’p imkoniyatlarni va samaradorlikni o’z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi davr - bu inson hayotining barcha sohalarida jadal rivojlanish davri hisoblanadi. Shuning uchun kognitiv sohalarda shaxsning eng tez rivojlanishi uchun juda muhim deb qaramoq lozim va bunda rivojlanishda erishilgan yutuqlar boshqalarga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan kuchga ega. Inson tug'ilgan paytdan boshlab tushunchalarni o'rganishni va ulardan foydalanishni boshlaydilar ya’ni bu ularning kundalik hayotidagi tushunchalardir. Bu tushunchalarni egalashidagi eng birinchi belgi uning nurqining rivojlanishi hisoblanadi. Bu davrda bolaning nutqi kundan kun jadallik bilan rivojlanib boradi 50 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference va so’z boyligi ham ortib boradi. Bola nutqining qanchalik tez, ravon va mantiqiy shakllanishida atrof- muhitdagi omillarning roli katta. Hozirgi kunda bolalarda nutq madaniyatining rivojlanishida ta’sir etuvchi multimedia vositalarini ahamiyati salmoqli. Hozirgi davrda har bir uyda bolalar turli xil gadjetlar bilan doimiy aloqadadirlar. Bu gadjetlar multimedia mahsulotlarini taqdim etuvchi qurilmalar hisoblanadi. Bu vositalar bola nutqi rivojlanishida qanchalik muhim ahamiyatga ega? Ulardan qanday to’g’ri foylanish mumkin. Eng avvalo multimedia nima o’zi va u nimalardan tashkil topgan? Multimedia - bu matn, ovoz effektlari, yorug'lik, jonlantirilgan figuralar, harakatsiz tasvirlar, videolar va interaktiv kontent shakllarining kombinatsiyasi bo'lgan ommaviy axborot vositalarining ko'p shakllaridir. Multimedia shunchaki birlashtirilgan ommaviy axborot vositalarining bir nechta shakllari, ya'ni dasturlarda ishlab chiqiladigan audio, tovushlar, matn, grafikalar va boshqalar to'plami. Multimedia mustaqillikni, qaror qabul qilishni va bolalarning oldingi bilimlarini, tanqidiy savodxonligini va bolalarda aniq son va til tushunchalarini mustahkamlashni oshiradi. Multimedia o'quvchilarga ta'lim jarayonlarida yordam berishda juda muhim rol o'ynaydi. Hozirgi tadqiqotda har xil turdagi multimedia qurilmalarining rolini va ularning erta bolalik ta'limidagi ijobiy ta'sirini aniqlash mumkin. Ta'lim texnologiyalari va multimedianing roli - bu o'quv jarayonini samaraliroq, muvaffaqiyatli va unutilmas qiladigan materiallar, protseduralar, tashkilotlar, g'oyalar, qurilmalar, asboblar yoki mashinaladir. Multimedianing asosiy roli amalda o'rganishdir. Bolalar birinchi navbatda ob'ektlarni ko'radilar, keyin esa o'rganadilar. Multimedia va bolalarning tabiiy o'rganish usullari, ya'ni vizual ma'lumotlar va tasvirlar o'rtasidagi o'xshashlik tufayli u bilan o'rganishni osonlashtiradigan noyob imkoniyatlarga ega bo'lishi mumkin. Vizual matn grafikalar bilan taqdim etiladi; bolalar so’zlarni o'rganishda muvaffaqiyat va muvaffaqiyatga ko'proq rag'batlantirishlari mumkin. Mashg’ulot jarayonida interfaol multimediadan foydalanish tobora kuchayib borayotgan hodisadir. Multimedia bolalarga ta'lim jarayonlarida yordam berishda juda muhim rol o'ynaydi. Shunday qilib, multimedia bolalarni yanada samaraliroq o'rganish imkonini beradi, degan xulosaga kelish mumkin. Bolalarni qiziqtirish uchun multimedia vositalaridan foydalanish keng ko’lamli ommalashmoqda. Multimedia vositalari bolalarni rag'batlantirish, muammolarni o'rganish, fikrlarni mantiqiy anglash va boshqalar bilan muloqot qilishning ko'plab yangi usullarini taqdim etadi. Erta yoshdagi bolalarda nutq madaniyatining shakllanishi 51 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Bolalar multimedia vositasida nutq madaniyatining turli xil shakllarini bir vaqtning o’zida va qiziqish bilan kuzatishlari mumkin. Nutq madaniyati shakllantirish bu kelajakda kuchli notiqlik qobiliyatiga ega yosh avlodni tarbiyalash demakdir. Nutq madaniyatining shakllari bu nafaqat chiroyli va o’rinli so’zlarni topib gapila olish, balki nutqdagi intonatsiyalarni to’g’ri tanlay olsh va bi vaqtning o’zida jeshchalar ( qo’l imo-ishoralari) bilan nutqni mukammal darajada taqdim eta olishdir. Multimedia vositalari bo’lgan slaydlar, animatsiyalar, video va audio qo’llanmalar yordamida taqdim etilgan materillarr nutq madaniyatining barcha shakllarini jamlay oladi. Erta yoshdagi bolalar ta'limi

Доказательный фрагмент

«This article is about using multimedia tools in preschool education and the efficiency of multimedia tools to develop oratory in preschool education.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is about using multimedia tools in preschool education and the efficiency of multimedia tools to develop oratory in preschool education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
faol ta’lim turlari., interfaol ta’lim jarayoni, multimedia vositalari tasnifi, erta bolalikda rivojlanish, nutq madaniyatining shakllanishi, Maktabgacha ta’limda multimedia, ta’lim texnologiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники