К содержанию
РецензированоRU2026

GО‘SHT-SUT ISHLAB CHIQARISH RENTABELLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI

ETUVCHI OMILLAR TAHLILI · Jasur Abdullayev

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

This study explores ways to increase the economic efficiency of meat and dairy production in the agricultural sector. The current situation in the production of meat and dairy products is analyzed, and the existing problems, their economic impact, and issues in technological and organizational systems are discussed. Key words: agriculture, meat production, dairy products, economic efficiency, innovative technologies, state policy. Аннотация. В данном исследовании рассматриваются пути повышения экономической эффективности производства мяса и молочных продуктов в сельском хозяйстве. Анализируется текущее состояние производства мяса и молочных продуктов, выявляются существующие проблемы, их экономическое воздействие, а также вопросы технологических и организационных систем. Ключевые слова: сельское хозяйство, производство мяса, молочные продукты, экономическая эффективность, инновационные технологии, государственная политика. Annotatsiya. Mazkur tadqiqotda qishloq xo‘jaligida go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari o‘rganilgan. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi sektori uchun muhim bo‘lgan go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishning joriy holati tahlil qilinib, ushbu sohada mavjud bo‘lgan muammolar, ularning iqtisodiy ta'siri hamda texnologik va tashkilot tizimidagi muammolar ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: qishloq xo‘jaligi, go‘sht ishlab chiqarish, sut mahsulotlari, iqtisodiy samaradorlik, innovatsion texnologiyalar, davlat siyosati. Qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodiyotining tayanch sohalaridan biri bo‘lib, uning barqaror rivojlanishi aholi farovonligini ta'minlashda va eksport salohiyatini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligida eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu sohaning rivoji oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va mahalliy aholini ish bilan ta'minlashga xizmat qiladi. Metodologiya. Tadqiqot davomida quyidagi metodlardan foydalanildi: 11 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Statistik tahlil: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida go‘sht va sut ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Qo‘shimcha qiymat zanjirini o‘rganish: Ishlab chiqarish, qayta ishlash va marketing jarayonlarining samaradorligi tahlil qilindi. Xalqaro tajriba taqqoslash: Dunyodagi ilg‘or mamlakatlarning go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatli tajribalari ko‘rib chiqildi. Intervyu va so‘rovnoma: Fermer va agrotexnologiya mutaxassislari bilan suhbatlar o‘tkazildi. Tahlil va natijalar. Bugungi kunda go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Ammo ushbu sohada quyidagi muammolar mavjud: Texnologik jihozlarning eskirganligi: Ko‘plab fermer xo‘jaliklarida eski uskunalar qo‘llanilishi ishlab chiqarish samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Resurslardan foydalanishning yetarli darajada samarali emasligi: Suv, yem- xashak va energiya sarfining yuqori bo‘lishi mahsulot tannarxining oshishiga olib keladi. Logistika va marketingdagi kamchiliklar: Mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga yetkazishdagi infratuzilma muammolari. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun quyidagilar muhim: Tannarxni pasaytirish: Resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali. Hosildorlikni oshirish: Hayvonlarning naslchilik sifati, to‘g‘ri oziqlantirish va sifatli veterinariya xizmatlaridan foydalanish orqali. Qo‘shimcha qiymat yaratish: Sut va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash va ularni bozorga tayyor holda yetkazib berish. Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish Qishloq xo‘jaligida davlat siyosati va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Quyidagilar asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi: Subsidiyalar va grantlar ajratish: Innovatsion texnologiyalarni sotib olish va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy yordam. Imtiyozli kreditlar: Kichik va o‘rta fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun qulay moliyaviy sharoitlar yaratish. Bozor infratuzilmasini yaxshilash: Mahsulotlarni saqlash va tashishda zamonaviy logistika tizimlarini rivojlantirish. 12 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Xulosa. Go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish nafaqat qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanishiga, balki mamlakatning iqtisodiy barqarorligiga ham xizmat qiladi. Bu borada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, davlat ko‘magini kuchaytirish va xalqaro tajribani tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Tavsiyalar: 1. Texnologik jihozlarni modernizatsiya qilish: Zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish. 2. Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash: Moliyaviy yordam dasturlarini kengaytirish va subsidiyalarni oshirish. 3. Kadrlarni tayyorlash va qayta o‘qitish: Qishloq xo‘jaligi so

Доказательный фрагмент

«This study explores ways to increase the economic efficiency of meat and dairy production in the agricultural sector.»

Образец извлечения

Демо-превью

This study explores ways to increase the economic efficiency of meat and dairy production in the agricultural sector. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
agriculture, meat production, dairy products, economic, iqtisodiy samaradorlik, go‘sht ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, sut mahsulotlari, davlat siyosati., innovatsion texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники