К содержанию
РецензированоUZ2026

FARGʻONA VILOYATI QUVA TUMANIDAGI TARIXIY-MADANIY YODGORLIKLARNI MUZEYLASHTIRISH.

YODGORLIKLARNI MUZEYLASHTIRISH. · Xodjimatova G.D.

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

In this article, the museumization of the Khojam Podshah monument and memorial sites located in the city of Kuva, Fergana region. Keywords: historical monuments, historical places, Kuva, Khojam Podshah, memorial square. Fargʻona viloyatida koʻplab qadimiy yodgorliklar mavjud. Ular orasida jahon sivilizatsiyasida oʻziga xos oʻringa ega boʻlgan tarixiy yodgorliklar ajralib turadi. Bu yodgorliklarni saqlab qolish va muzeylashtirish mutaxassislar oldida turgan dolzarb maqsadlardan biridir. Tarixiy-madaniy meros ob’yektlarini saqlash va ularni avloddan avlodga beshikast yetkazib berishda muzeylar faoliyatini rivojlantirish masalalarini ilmiy tadbiq qilish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bugungi kunda bu muammolar davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligini ta’kidlash joiz. Jumladan Mustaqillik yillarida muzey ishlarini tubdan yangilash, yaxshilash yuzasidan bir qator farmon, qonun va qarorlar qabul qilindi.[1]. Fargʻona viloyatida deyarli barcha davrlarga oid noyob eksponatlar saqlanadigan koʻplab ma’naviy-ma’rifiy maskanlar bor. Muzeylashtirishning mohiyati – arxeologiya ob’yektlarni yaxlit majmua sifatida koʻrsatish, uning alohida elementlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni namoyish etishdadir.[2]. Shuningdek, arxeologik yodgorliklarni arxeologik park yoki muzeyga qaytadan oʻzgartirish orqali saqlab qolishning ajoyib usuli boʻlib, xususan tarixiy-madaniy merosni muzeylashtirish dasturini amalga oshirishda atrofdagi tabiiy muhitdan ham foydalanish mumkin. Аrxeologiya yodgorliklarini muzeylashtirish bugungi kunda eng muhim dolzarb muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Muzeylashtirish muammolarining u yoki bu shakli bilan toʻqnash kelmagan muzeylar deyarli qolmadi. O.Bader arxeologiya yodgorliklarini muzeylashtirishning 4 ta turini belgilaydi. Bular: 127 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference shaharlar, qadimgi qishloq va qabristonlar, gʻorlar va qoyatosh suratlar. Fargʻona vodiysidagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni muzeylashtirilgan, qisman muzeylashtirilgan va muzeylashtirish zarur boʻlgan ob’yektlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Unga koʻra, Fargʻona viloyatida Budda ibodatxonasi, Oʻrda, Jomeʼ majmuasi, Miyon Hazrat madrasasi, Norboʻtabiy madrasasi, Dahmai Modarixon maqbarasi, Dasturxonchi madrasalari muzeylashtirilgan Quva yodgorligi qisman muzeylashtirilgan. Muzey predmetlarini konservatsiya va restavratsiya qilishdan avval yodgorliklarni atributsiyalash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Аtributsiya – badiiy asar, muzey predmetlarining aslligini, muallifini, yaratilgan joyi, vaqtini aniqlashdir . Muzeydagi baʼzi bir ashyolar saqlashning alohida sharoit va maxsus asbob- jihozlarni talab qiladi. Temperatura-namlik rejimi uchun nisbatan umumiy koʻrsatkichlar 18+1S temperatura va 55+5 namlik qabul qilingan. Barcha yorugʻlikka sezgir materiallarni yorugʻlikdan himoyalangan fond jihozlarida saqlash kerak, ular bilan ishlaganda esa binoning yoritilishi 50-75 dan oshmasligi lozim. Fargʻona viloyatidagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni muzeylashtirilgan, qisman muzeylashtirilgan va muzeylashtirish zarur boʻlgan ob’yektlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Unga koʻra Fargʻona viloyati Quva tumani markazida joylashgan “Xoʻjam Podshoh qadamjosi yodgorligi” va xotira maydonini muzeylashtirish va yodgorlikni bosh rеjasi,ichki koʻrinishlari, intеryеri, tashqi fasadini loyihaviy taklifi ishlandi. Olib borilgan dala tadqiqotlari tufayli hozirgi kunga qadar Quva tumanidagi 36 ga yaqin muqaddas joy mavjudligi aniqlandi: Ayritom ota mozori (Akbarobod qishlogʻi); Chillamozor (Chilla - mozor), (Turk mahalla) ziyoratgohi; Said Ibn Abu Vaqqos ziyoratgohi (Tolmozor qishlogʻi); Bolalik qayragʻoch ziyoratgohi; Gandabuloq ziyoratgohi (Akbarobod qishlogʻi); Xuja Chilgaz ziyoratgohi (Laylak uya qishlogʻi); Qorovul ota ziyoratgohi (Tolmozor qishlogʻi); Tezgir ota mozori 1-Temir yo‘li yaqinida); Xoʻja Xasan ziyoratgohi (Xoʻja Xasan qishlogʻi). Boyiston ota mozori (Boyiston qishlogʻi). Oqtepa mozori (Oqtepa qishlogʻi). Qorongʻil ota mozori. Xoʻjam podshox, ziyoratgohi (tuman markazida). Xoʻja Bilol ota mozori (Quva shahristonida boʻlgan, hozirda saqlanmagan). Xoʻja Axror Valiy mozori. Qorongʻu ota mozori. Xoʻja Kiprik mozori (Qalinpoʻstin qishlogʻi). Mundaloq ota ziyoratgohi (Eshakchi qishloq) Toʻngqayma mozori (Bekobod qishlogʻi). Qizmozor ziyoratgohi (Toshxovuz qishlogʻi). Shuralangar ota mozori (Shuralangar qishlogʻi). Beshterak ota mozori (Xonobod qishlogʻi). 128 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Goʻdak mozor (Xonobod qishlogʻi). Shaxid mozor (Bekobod qishlogʻi). Mozorbuva ziyoratgohi (Uraboshi qishlogʻi). Ota buva mozori (Yangiqishloq). Xoʻja Chilgaz mozori (Laylak uya qishlogʻi). Sayidi A’lo mozori. Yuvosh ota mozori (Begat qishlogʻi.). Mamlakatimiz zaminidagi koʻplab shaharlar uzoq tarixga ega.Ulardan Fargʻona viloyatining Quva shahrini ham misol qilishimiz mumkin. Ushbu shaharning (3.1 rasm) hozirgi kunda ham hayot davom etmoqda va yangidan- yangi zamonav

Доказательный фрагмент

«In this article, the museumization of the Khojam Podshah monument and memorial sites located in the city of Kuva, Fergana region.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the museumization of the Khojam Podshah monument and memorial sites located in the city of Kuva, Fergana region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
historical monuments, historical places, Kuva, Khojam, tarixiy yodgorliklar, xotira maydoni., Quva, Xoʻjam Podshoh, tarixiy maskanlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники