К содержанию
РецензированоUZ2026

PSIXALOGIYADA EKSPERIMENTAL METODINING TARIXI

Xasanova Madina Xayrulla qizi · Akbaraliyeva Asilaxon Tojiddinovna

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

Test metodlari zamonaviy ta’lim va ilmiy izlanishlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Ular bilim, ko‘nikma va sifatni baholash uchun ishonchli vosita sifatida xizmat qiladi. Test metodlari turli sohalarda – ta’lim, tibbiyot, ishlab chiqarish, psixologiya va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Ammo bu metodlarning o‘ziga xos yutuqlari va kamchiliklari ham mavjud. Ushbu maqolada aynan shu jihatlar tahlil qilinadi. Test metodi – bu bilim, ko‘nikma, malaka, qobiliyat yoki mahsulot sifatini baholash uchun qo‘llaniladigan tizimli va standartlashgan baholash usuli. Ushbu metod ta’lim, psixologiya, ilmiy tadqiqotlar, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Testlar orqali ma’lum bir mavzudagi bilim darajasi, mantiqiy fikrlash qobiliyati yoki muayyan jarayonning samaradorligi aniqlanadi. Kalit so’zi: Obyektivlik, eksperiment, universallik, subyektivlik xavfi, resurslar, diagnostik testlar, fiziologiya, psixosemantika, semantik, differentsial metod. Test metodlari ta’lim va ilmiy izlanishlarda samarali vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Ular obyektivlikni ta’minlab, bilim va ko‘nikmalarni baholash imkonini beradi. Ammo bu metodlarni qo‘llashda ularning cheklovlarini hisobga olish lozim. Testlarning mazmunini yanada chuqurroq tahlil qiluvchi va ijodiy fikrlashni baholovchi mexanizmlar bilan boyitish, shuningdek, ishtirokchilarni psixologik bosimdan himoya qilish orqali ularning samaradorligini oshirish mumkin. Shu bilan birga, test natijalarini qabul qilishda ehtiyotkorlikni saqlash va boshqa baholash usullari bilan birgalikda qo‘llash zarur. Test metodiga oid tushuncha va olimlarning fikrlari ko‘plab ilmiy tadqiqotlar va ta’lim nazariyalarida bayon qilingan. Quyida test metodi haqida olimlar tomonidan bildirilgan asosiy fikrlar keltiriladi: 1. B. S. Bloom (Blooms Taxonomy muallifi): “Testlar ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilimini nafaqat baholash, balki ularning o‘quv maqsadlariga qanday erishayotganini aniqlash vositasidir.” 96 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference • Bloom testlarning faqat natijalarni baholash emas, balki jarayonni boshqarish va yo‘naltirish uchun xizmat qilishini ta’kidlaydi. 2. Robert L. Thorndike: “Testlar o‘quvchilar qobiliyatlari va bilimlarini obyektiv o‘lchashning eng samarali vositasidir.” • Thorndike testlarning obyektivligi va standartlashgan baholash imkoniyatlariga urg‘u beradi. 3. D. W. Johnson va R. T. Johnson: “Testlar – o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga moslashuvchanligini tahlil qilish va ularning kamchiliklarini aniqlashda yordam beruvchi vosita.” • Ularning fikricha, test natijalari ta’lim metodikasini rivojlantirish uchun muhim ma’lumot beradi. 4. A. Anastasi: “Test – bu bilim yoki qobiliyatni baholash uchun standartlashgan tartib va o‘lchov tizimi bo‘lib, u o‘z maqsadlariga erishishda aniq mezonlarga asoslanadi.” • Anastasi testlarning aniq mezonlarga asoslanganligini va bu ularning ishonchliligini ta’minlashini ta’kidlaydi. 5. J. P. Guilford: “Test metodlari nafaqat intellektual salohiyatni baholashga, balki insonning ijodkorlik qobiliyatini o‘lchashga ham xizmat qilishi kerak.” • Guilford testlarni faqat bilimlarni o‘lchash bilan cheklamaslikni, balki kengroq qobiliyatlarni ham tahlil qilishni taklif qiladi. 6. E. L. Thorndike: “Ta’lim jarayonida testlar bilimni aniq o‘lchash va ta’lim sifati samaradorligini baholash uchun asosiy vositadir.” • Thorndike testlar ta’lim tizimining ajralmas qismi ekanini ta’kidlagan. 7. B.G.Ananevning nuqtai nazaricha, psixologik kuzatish metodlari psixologik ob`ektlar bilan operatsiyalar tizimi bo’lib, fanning bilish ob` ektidir. Psixologiyada empirik metodlarni qo’llash muammosi ko’rib chiqilayotganda ularni psixologik metodlar tizimidagi o’rnini aniqlashdan boshlash kerak. Empirik metodlarni qo’llashning beshta darajasini ajratish mumkin. 1. Metodika darajasi. 2. Metodik qo’llanma darajasi. 3. Metod darajasi. 4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi. 5. Metodologik yondashish darajasi. 97 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference To’g`ri, «metod» atamasini turli darajada ishlatsa bo’ladi, masalan psixofizikada – o’rtacha xatolar metodi,chegara metodi bor: psixodiagnostikada – proektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differentsial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi (birinchi daraja); yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod to’g`risida bahs Yuritiladi va uning turlichaligi – egizaklar metodida (to’rtinchi daraja) ko’rsatilgan. Psixologik tadqiqotda qo’llaniladigan usullarning darajali bo’lishini G. D. Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo’lgan: 1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish); 2) metodik qo’llanma; 3) metodik yondashuv. S. L. Rubinshteyn “Umumiy psixologiya asoslari”da eng asosiy psixologik metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko’rsatdi. Kuzatuv “tashqi” va “ichki”ga bo’lingan, eksperiment – laboratori

Доказательный фрагмент

«Test metodlari zamonaviy ta’lim va ilmiy izlanishlarning ajralmas qismi hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Test metodlari zamonaviy ta’lim va ilmiy izlanishlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
funktsionalizm, Eksperimental metod, introspeksiya, psixofizika, empirik tadqiqotlar., neyropsixologiya, xatti-harakatlar tahlili, psixologiya tarixi, ruhiy jarayonlar, kognitiv psixologiya, miya tadqiqotlari, behavorizm, ilmiy tajriba, psixologik laboratoriya, Vilgelm Vundt
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники