Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHO‘LPON SHE’RIYATIDA RAMZLAR
CHO‘LPON SHE’RIYATIDA RAMZLAR · Ismatova Mohigul
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
Cho‘lpon o‘zbek she’riyatida simvolist shoir sifatida alohida mavqega ega ijodkor. Uning she’rlarida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarning ramziylashtirilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mazkur maqolada Cho‘lpon she’riyatida “quyosh” ramzi orqali badiiy talqin qilingan ijtimoiy-siyosiy muammolarning ifodasi hamda shoir mahoratiga baho berilgan. Kalit so‘zlar. Ramz, quyosh, oy, mifologiya, istiqlol, mustamlaka, Oktyabr, tong. Osmon va samoviy jismlar dunyo adabiyotida eng ko‘p ramziylashtirilgan obrazlar sanaladi. Turkiy xalqlarning koinot haqidagi tasavvurida osmon va osmon unsurlari muhim o‘rin tutadi. Eng qadimgi mifologik qarashlardan tortib bugungi zamonaviy adabiyotgacha bo‘lgan davrlarni ko‘zdan kechirsak, osmon va osmon jismlariga murojaat qilinmagan adabiyot ham, ijodkor ham topilmaydi. Eng qadimiy qarashlarga ko‘ra osmon Xudolar maskani. Osmon va samoviy jismlarga muqaddaslik baxsh etgan Xudolar samoviy jismlarda yashashiga ishonilgan. Samoviy jismlarning aylanishi, harakatlanuvchi bulutlar, bo‘ronlar, chaqmoqlar, kamalaklar – bularning barchasi Xudoga atalgan jismlar deb qaralgan. Hatto osmon va unga tegishli unsurlarga kult darajasida qaralgan. Osmon katta chodir bo‘lib, uning ostida quyosh, oy va yulduzlardan iborat unsurlar mavjud. Turkiy xalqlar osmonni muqaddas deb bilishi va uni timsol qilish natijasida osmon bilan birga quyosh, oy, yulduz kabilar ham muqaddas sanalgan. Shuning uchun Xudoning makoni deb hisoblangan osmon bilan birga quyosh, oy va yulduzlar haqida ko‘plab mifologik qarashlar va e’tiqodlar paydo bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Ta’kidlash kerakki, turkiylarning turli tarmoqlarida bu unsurlarning muqaddaslik darajasi har xil bo‘lsa-da, odatda ular Xudoga yordam beruvchi mavjudotlar sifatida qaralgan. Ma’lumki, insoniyatning ilk tasavvurlarida olam yaxshilik va yomonlik dunyosi sifatida tasavvur qilingan. Ular o‘rtasidagi kurashda quyosh va oy zulmat bilan bog‘liq bo‘lgan yovuzlikka qarshi kurashda muhim himoyachi – homiy sifatida talqin qilingan. Bundan tashqari, turkiy xalqlarda har bir narsaning ruhi borligi haqidagi qarashlar ham bevosita samoviy unsurlar bilan bog‘liq. Masalan, joni chiqqan insonning ruhi osmonga yulduz bo‘lib porlashi haqidagi qarash ham koinot unsurlariga bo‘lgan e’tiqot bilan bog‘liq. Shuning uchun osmonning muqaddasligi bilan birga osmon bilan bog‘liq deyarli barcha narsa, hodisa va vaziyatlar ham muqaddas hisoblanadi. Jumladan, quyosh tutilishi, oy tutilishi, chaqmoq chaqishi bilan bog‘liq ilk tasavvurlarda ularning ilohiylashtirilganligini ko‘rishimiz mumkin. Shu munosabat bilan ayrim olimlar turklarning qadimgi dinini “ Ko‘k turk” deb atashadi1. Turk xalqlar osmon va uning unsurlaridan kundalik hayotlarida osmonning muqaddasligi doirasida foydalaganlar.E’tibor bersak, har kuni quyosh chiqishi va botishi, fasllarning ma’lum 1 https://acikerisim.sakarya.edu.tr/bitstream/handle/20.500.12619/77430/T05542.pdf;jsessionid=1F9B3898BADB4A99B2B95A22883C1BEC?se 9 66 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ vaqt oralig‘ida muntazam almashinishi orqali odamlar o‘zlarining kundalik hayotini belgilab olganlar. Hatto kelajaklarini ko‘rish uchun ham osmonga murojaat qilganlar. Turkiy xalqalarda osmon – ko‘k ulug‘lilik ramzi sanalgan. Shuning uchun Xudoning osmonda ekanligini inobatga olinib, unga nisbatan “Ko‘k Tangri” ifodasi qo‘llangan. Ko‘k Tangri - Ulug‘ Tangri, demakdir. Osmonga nisbatan bu sifatlashning ishlatilishi uni ulug‘lash maqsadida bo‘lganligidan darak beradi. “Ko‘k Tangri” iborasidan kelib chiqib aytish mumkinki, osmonga yaratuvchi sifatida qaralgan, degan xulosaga kelish mumkin. Bundan tashqari, Xudoning qarorgohi hisoblangan osmon rangi ramziylashtirilgan. Osmon rangi turkiy xalqlarning moddiy va ma’naviy olamida eng go‘zal va eng qadrli rang hisoblangan. Turklar uchun olov muqaddasdir, olov manbai esa osmon (Kökturk)dir. Osmon nima bersa, uni yer qabul qilib, insonlarga rizq qilib berdi, deb qaralgan. Turklariylarda koinot va osmon jismlari bilan bog‘liq ramziy tushunchalar islomdan keyingi davrda ham saqlanib qolgan. Ayniqsa, tasavuf ta’limotiga ko‘ra, Quyosh - Alloh timsoli sifatida talqin qilingan. Bundan tashqari, islom dini asoschisi Muhammad (s.a.v)ning nurlari ham quyosh va osmondan tushadi, deb qaralgan. Umuman olganda, turkiylar osmon va uning unsurlaridan kundalik hayotlarida osmonning muqaddasligi doirasida foydalanadilar. Osmon va osmon jismlari badiiy adabiyotda turli g‘oyaviy niyat uchun xizmat qilgan. Navoiyshunos olim H. Eshonqulovning “Samovat - ishq mahzari” nomli tadqiqotida ulug‘ shoir Alisher Navoiyning “Badoe’ ul-bidoya” va “Navodir un-nihoya” devonlarida qo‘llangan osmon jismlarining ramziy ma’nolari o‘rganilgan. Olim “Islomiy – ma’rifiy adabiyot namoyandalari – mumtoz adiblarimiz asarlarida keltirilgan samoviy jismlar nomlarining timsol va ramzlik xususiyatlarini chuqur anglash ijodkorning badiiy mahorati hamda she’rda ilgari surgan g‘oyasi
Доказательный фрагмент
«Cho‘lpon o‘zbek she’riyatida simvolist shoir sifatida alohida mavqega ega ijodkor.»
Образец извлечения
Демо-превьюCho‘lpon o‘zbek she’riyatida simvolist shoir sifatida alohida mavqega ega ijodkor. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bog liq, talqin qilingan, osmon osmon, deb qaralgan, osmonning muqaddasligi, cho lpon, she riyatida
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025