Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARDA PSIXIK JARAYONLAR, NUTQIY ESHITUV VA NUTQNI TEKSHIRISH METODLARI
UZBEKISTAN” JURNALI · Qahramonova Zebuniso Raufjon qizi
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda psixik jarayonlar, nutqiy eshituv va nutqni tekshirish metodlari to’g’risida ma’lumot beriladi. Eng oddiy va yengil metod eshituvni nutq orqali tekshirishdir. Ushbu metodning e’tiborli tomoni shundaki maxsus uskuna va vositalar, shuningdek inson eshituv funksiyasining asosiy roli mosligi, nutqiy muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so’zlar: nutq, eshitish, masofa, so’zlashuv, tekshirish, natija, fonematik tuzilish, quloq, audiogramma, psixik jarayon, idrok, diagnoz. Nutq orqali eshituvni tekshirishda shivirlovchi va baland nutqdan foydalaniladi. Shivirlovchi nutqqa nisbatan doimiy intensivlikni berish uchun nafas chiqargan keyingi o‘pkadagi qolgan xavodan foydalanib so‘zlarni talaffuz etish tavsiya etiladi. Amaliy jihatdan tekshirishning oddiy sharoitida, ya’ni jim-jitlik sharoitida 6- 7 metr masofadan shivirlovchi nutqni eshitish normal hisoblanadi. 1 metrdan kam masofadan shivirlagan nutqning idrok etilishi eshitishning pasayishidan, idrok etmaslik esa jiddiy zaif eshituvchilikdan va muloqot qilishni qiyinlashuvidan darak beradi. Agar shivirlovchi nutq idrok etilmasa yoki idrok etish kamaysa, baland ovozda tekshirishga o‘tiladi. Avval o ‘rta nutqdan, boshqacha qilib aytganda so'zlashuv balandligidagi nutqdan foydalaniladi, u shivirlashga nisbatan taxminan 10 marta uzoq bo‘lgan masofadan eshitiladi. Bunday holatlarda so‘zlashuv nutqidagi balandligidagi nutq ham farqlanmasa, idrok etilmasa, kuchaytirilgan nutqdan (baqirishdan) foydalaniladi. Nutq orqali eshitishni tekshirish har bir quloq uchun alohida amalga oshiriladi: tekshirilayotgan quloq ovoz kelayotgan tomonga o’giriladi, teskari tomon esa xoxlangan barmoq yoki nam paxta tamponi bilan berkitiladi. So'zlashuv yoki 626 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 baland ovoz nutqi bilan quloqni tekshirishda ikkinchi quloq uchun mo’ljallangan treshetka bilan berkitiladi.Bu holatlarda ikkinchi quloqni barmoq bilan berkitish foyda bemaydi, chunki normal eshituv yoki eshitishning pasayishida ushbu quloqda baland nutq ajratiladi, tekshirilayotgan quloq karlik darajasida bo‘lsa ham. Nutqni idrok etishni tekshirishni yaqin masofadan boshlash kerak. Agar tekshiriluvchi aytilayotgan barcha so'zlarni to‘g‘ri qaytarsa masofa borgan sari uzoqlashtiriladi, aytilayotgan so'zlarning ko‘pi ajratilmaydigan darajaga yetgunga qadar ushbu jarayon davom etadi. Idrok etishning chegarasi bo’lib, berilayotgan so'zlarning 50% ajratiluvchi masofa olinadi. Nutq orqali eshitishni tekshirishda shuni hisobga olish kerakki, nutqni idrok etish juda murakkab jarayon. Tekshirish natijalari albatta eshituvning kengligi va o'tkirligiga, ya’ni nutqning okustik xususiyatlariga mos keluvchi ma’lum balandlik va undosh tovushlarni farqlash qobiliyatiga bog'liq. Biroq ular eshitilayotganlardan nutq elementlarini:fonema, so'z, iboralarini ajratish qobiliyatiga ham bog'liqdir, bu esa o 'z navbatida tekshiriluvchining tovushni nutqni qay darajada o'zlashtirganidan darak beradi.Shuning uchun nutq orqali eshitishni tekshirayotib nafaqat so'zning fonematik tuzilishiga, balki so'z va iboralarni tushunish qobiliyatiga ham e’tibor qaratish kerak. Ushbu omillarni hisobga olmaslik noto'g'ri xulosaga kelishga olib keladi, mavjud bo'lmagan joyda kamchiliklarni namoyon bo'lishiga, kamchilik mavjud joyni sezmaslikka olib keladi. Nutq orqali eshitishni tekshirishning amaliy ahamiyati qanchalik ko'p bo’lsa ham uni yagona eshituv analizatori funksiyasi qobiliyatini aniqlovchi metod deb qabul qila olmaymiz, chunki ushbu metod tovushlarni miqdori va natijalarini baholash borasida obyektivlik to’liq bo’lmaydi. Eshitish qobiliyatini tekshirish metodlari orasida eng mukammali zamonaviy elektroakusti apparat-audiometr 627 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 yordamida tekshirishdir. Quloqlarni tekshirish natijalari odatda bitta blankaga qayd etiladi, Har bir quloqni tekshirishdan olingan natijalarni audiogrammada farqlash uchun audiometrik jadvalda turli shartli belgilar bilan belgilanadi, masalan,o’ng quloq uchun aylanalar, chap quloq uchun esa krestiklar bilan, yoki egri chiziqlar turli rangdagi qalamlar bilan chizib chiqiladi. (masalan,o‘ng quloq uchun - qizil qalam,chap quloq uchun - ko‘k qalam) suyak orqali eshitishni tekshirish natijalari uzun chiziqlar bilan chizib chiqiladi. Barcha shartli belgilar audiometrik blanka maydonida izohlanadi. Audiogramma nafaqat eshituv funksiyasi buzilishi darajasi haqidagi tasavvurni,balki ushbu buzilish harakterini aniqlash imkonini beradi. Normada so'zlarni aniqlashtirishning 80 foizi chegarasi 35-40 audiometrik darajada va nihoyat so'zlarni aniqlashtirishning 100 foizi chegarasi 45-50 audiometrik darajasida joylashgan. Amaliyotda nutqiy eshituvning holatini aniqlash ayrim paytlarda bitta chegarani aniq
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda psixik jarayonlar, nutqiy eshituv va nutqni tekshirish metodlari to’g’risida ma’lumot beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda psixik jarayonlar, nutqiy eshituv va nutqni tekshirish metodlari to’g’risida ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nutq, masofa, eshitish, tekshirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014