Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GLYCYRRHIZA GLABRA L. O’SIMLIGINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATI
UZBEKISTAN” JURNALI · XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Ушбу мақолада Glycyrrhiza glabra l. o’simligining biologik xusu- siyatlari va ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: o’simlik, yetishtirish, dorivor, yuvenil, reproduktiv, qarilik, degradatsiya, embrional, chang, fotoperiodizm. Аннотация. В этой статье представлена информация о биологических свойствах и значении растения Glycyrrhiza glabra l. Ключевые слова: растение, выращивание, лекарственное, ювенильное, репродуктивное, старение, деградация, эмбриональный, пыльца, фотопериодизм. Abstraсt. This article provides information on the biological properties and importance of the plant Glycyrrhiza glabra l. Key words: plant, breeding, medicinal, juvenile, reproductive, senescence, degradation, embryonic, pollen, photoperiodism. Hozirgi kunga kelib dunyo aholisining soni ortib borayotgan bir paytda insonlarning oziq-ovaqat, kiyim-kechak va dori-daronga bo’lgan ehtiyoji ham o’sib bormoqda. Insoniyat qadimdan dorivor o’simliklardan foydalanib kelishgan. Hozirgi kunda ham turli kasalliklarni davolashda dorivor o’simliklarga talab juda yuqori. O’z navbatida bu o’simliklarga bo’lgan talab kelajakda yanada oshadi. Insonlar tomonidan tabiiy holda o’sayotgan ko’plab dorivor o’simliklardan foydalanish yo’lga qo’yilgan, lekin tabiiy o’simlik zaxiralaridan rejasiz foydalanish oqibatida ko’plab o’simliklar zaxiralari yo’qolib bormoqda. Shuning uchun dorivor o’simliklarning biologik xususiyatlarini o’rganish ularning madaniy plantatsiyalarini tashkil etish katta amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23- martdagi 85- son “Respublikaning qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida o’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori, 2018-yil 27-yanvar 63-son “O’zbekiston Respublikasida 501 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 qizilmiya va boshqa dorivor o’simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori, 2019-yil 15-fevral 138-son “Qizilmiya va boshqa dorivor o’simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-aprel PQ- 4670-son “Yaylov holda o’suvchi dorivor o’simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora- tadbirlari to’g’risida” qarori, 10.06.2022 yil “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori yuqoridagi fikrlarimizning qanchalik ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. O’simliklarning hayot siklini to’rt bosqichga bo’lish mumkin: 1) embrional; 2) yuvenil (yoshlik); 3) reproduktiv (voyaga yetish va ko’payish); 4) qarilik (yoki tabiiy o’lim). Embrional bosqich. Ontogenezning embrional bosqichi zigotadan boshlab to urug’ning pishishigacha bo’lgan davrda murtakning rivojlanish jarayonlarini o’z ichiga oladi Barcha yopiq urug’li o’simliklarda urug’lanish jarayoni oldidan changlanish bo’ladi. Ya’ni changlar onalik tumshuqchasiga tushadi va tumshuqchadan ajralib chiqqan tomchi egatchada bo’rtgan changning o’sishi boshlanadi. Bu vaqtda changning sirtqi po’sti (ekzina) yoriladi. Ichki po’sti (intina) esa uzun naychaga aylanib pastga qarab cho’ziladi va ustuncha bo’ylab tugunchaga borib yetadi. Urug’lanish jarayoni tugagandan keyin zigotada RNKning sintezi tezlashadi va to’plana boshlaydi. Endospermning rivojlanishi uchun sitokinin kerak bo’ladi. Ular urug’ning nutsellus qismidan oqib keladi. Urug’ murtagining rivojlanishi va differentsiatsiyasi birin-ketin borib, bir necha guruh, dastlabki organlarni hosil qiluvchi hujayralar shakllanadi (poya, ildiz, urug’bargchalar) va prokambiy paydo bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda urug’da zahira moddalar ham to’plana boshlaydi. Bu moddalar urug’ga asosan suvda yaxshi eriydigan birikmalar (shakarlar, aminokislotalar, yog’-kislotalari) holida oqib keladi va u yerda suvda butunlay erimaydigan birikmalar (kraxmal, yog’lar, oqsillar) holatida to’planadi. Urug’lar rivojlanishining bu bosqichi juda faol xususiyatga ega bo’lib, sitokininlar va gibberellinlarga bo’lgan talab ham oshadi. Shuning uchun bu to’qimalarning o’zlarida ham fitogormonlar ko’p miqdorda sintezlanadi. Pisha boshlagan urug’larning quruq og’irligi tez ko’payadi, suvning miqdori aksincha kamaya 502 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 boshlaydi. To’la pishgan urug’larda suvning miqdori juda kam bo’ladi. Shu bilan birgalikda auksinlar, sitokininlar, gibberellinlarning ham miqdori kamayadi. Shunday qilib, urug’da murtakning rivojlanish jarayonlari fitogormonlar ishtirokida sodir bo’ladi. Dastlab fitogormonlar endosperm va bo
Доказательный фрагмент
«Ушбу мақолада Glycyrrhiza glabra l. o’simligining biologik xusu- siyatlari va ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: o’simlik, yetishtirish, dorivor, yuvenil, reproduktiv, qarilik, degradatsiya,…»
Образец извлечения
Демо-превьюУшбу мақолада Glycyrrhiza glabra l. o’simligining biologik xusu- siyatlari va ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: o’simlik, yetishtirish, dorivor, yuvenil, reproduktiv, qarilik, degradatsiya,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- plant, breeding, medicinal, juvenile, reproductive, senescence, chang, dorivor, reproduktiv, fotoperiodizm, yuvenil, qarilik, embrional, degradatsiya, yetishtirish, o’simlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026