К содержанию
РецензированоUZ2024

QOVUN O’SIMLIGINING RIVOJLANISHI VA TASHQI MUXIT OMILLARIGA MUNOSABATI

UZBEKISTAN” JURNALI · OMILLARIGA MUNOSABATI

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Ушбу мақолада qovun o’simligining rivojlanishi va tashqi muxit omillariga munosabati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: qovun, harorat, maysa, rivojlanish, gul, chidamli, tuproq, qurg’oqchilik, namlik, entomofil. Аннотация. В этой статье представлена информация о развитии растения дыни и его влиянии на факторы внешней среды. Ключевые слова: дыня, температура, трава, развитие, цветок, устойчив, почва, засуха, влажность, энтомофил. Abstraсt. This article provides information on the development of the melon plant and its response to external environmental factors. Key words: melon, temperature, grass, development, flower, resistant, soil, drought, moisture, entomophilous. O’simliklarining rivojlanishiga iqlim sharoiti, tuproq unumdorligi, namlik, oziqlanish maydoni va agrotexnika tadbirlari o’z ta’sirini ko’rsatadi. Qovun issiqqa o’ta talabchandir. Urug’i tuproq xarorati +13…+16°C bo’lganda una boshlaydi. Qovunning rivojlanishi uchun eng maqbul issiqlik +25…+30°C. Xarorat +12…+15°C xaroratga qadar pasayganda o’simlikning o’sishi sekinlashib, gullari to’kiladi, - 1°C da esa o’simlik nobud bo’ladi. Yuqori (+40°C dan yuqori) xarorat o’simliklarning o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Poliz ekinlari evoluytsion rivojlanish jarayoni davomida kseromorf, ya’ni qurg’oqchilikka chidamlilik xususiyatlariga ega bo’lib, issiq, quruq va yarim cho’l iqlimi sharoitida yashashga moslashgan. Bu esa urug’ining +60…+70°C gacha bo’lgan xaroratga bardosh berib, keyinchalik 2-3 kun davomida nam tuproqda unish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Maysalar xarorat 0°C gacha pasayganda nobud bo’ladi. O’zini tutib olgan o’simliklar +3…+5°C xaroratda zararlanadilar. Ammo o’simliklarning o’suvi va rivoji davrida namlikning ko’pligi singari, xaroratning etarli darajada bo’lmasligi, urug’ning unib chiqishdan onalik gullarining gullashiga qadar bo’lgan davrni haddan ziyod uzaytiradi. O’simlikning xaroratga bo’lgan yuqori talabi gullash va 497 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 mevaning shakllanishi davrida kuzatiladi. Mevalarning o’sish va etilish davrida eng qulay xarorat +30…+35°C hisoblanadi. Gullash davridagi yuqori xarorat va havoning namligi gullarga salbiy ta’sir ko’rsatib, ularning bepusht bo’lishiga sabab bo’ladi. Qovun o’simligi yuqori qurg’oqchilik va issiqqa chidamlilik xususiyatiga ega. O’rta Osiyo va Kichik Osiyo kenja turi navlari Ovropa navlariga nisbatan issiqqa chidamliroqdir. Shuningdek, yozgi navlar ham, odatda, kechki navlarga nisbatan issiqqa chidamlidir. Navga qarab qovun mevasining etilishi uchun butun o’suv davri mobaynida +10°C dan yuqori samarali xarorat yig’indisi 2800-3200°C darajani tashkil qilishi lozim. Qovun - qisqa kunning yorug’sevar o’simligidir. U to’liq quyosh yorug’iga muhtoj bo’lib, soyani hush ko’rmaydi. Unib chiqish va birinchi chin barg hosil bo’lish davrida yorug’lik kunining 9-10 soatgacha qisqarishi onalik gullarning to’liq yorug’lik kunida o’sgan o’simliklarga nisbatan 7-8 kun kechroq gullashiga sabab bo’ladi. Qovun tuproq sharoitlarga yuqori moslashuvchanlik xususiyati bilan farqlanib, nam o’tloqi tuproqlarda, sizot suvlari chuqur joylashgan bo’z tuproqlarda, shuningdek, sho’rlangan tuproqlarda etishtirish mumkin. Ammo, qovunning hamma navlari ham turli tuproqlarda o’zlarining nav xususiyatlarini birdek saqlamaydilar. Havo va tuproq qurg’oqchiligiga nisbiy ravishda chidamli bo’lishiga qaramay, qovun namlikni yoqtiruvchi ekindir. Navlarning suvga bo’lgan turli talabi ildiz tizimining rivojlanish xususiyatini belgilaydi. Suvga bo’lgan eng yuqori extiyoj meva hosil bo’lish davrida kuzatiladi. Tuproq va havoda namlikning ko’pligi ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqori namlik mevaning qand miqdorini kamaytirib, zamburug’ kasalliklari rivojlanishiga imkon yaratadi. Turpoqdagi namning etishmasligi oqibatida o’simlik uning eng kam zahiralaridan samarali foydalanadi, bu esa navning qurg’oqchilikka chidamliligini belgilaydi. Qovun bir yillik o’tsimon o’simlikdir. Uning butun hayot jarayoni ikki davrdan iborat: unib chiqishdan onalik gullarning gullashiga qadar bo’lgan davr va mevalar tugilishdan ularning fiziologik etilishiga qadar bo’lgan davrdir. U yoyiluvchan tukli poyaga ega bo’lib, har qaysining uzunligi 1 metrdan 4 metrgacha bo’lgan birinchi, ikkinchi va keyingi tartibli palaklarga shohlanadi. O’zbekiston sug’oriladigan maydonlarida etishtiriladigan qovunning jami palaklar yig’indisi 20 metrgacha boradi. Qovun ildiz tizimining shakllanishi urug’ning er yuzasiga nish urib chiqquniga qadar davom etadi va bosh ildizning uzunligi 9-18 santimetrni tashkil qiladi. 498 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Ildizlarning tuproqda joylashish tabiati ko’p jihatdan navlarga bog’liqdir. Har bir hududning o’z maqbul ekish muddatlarida ekilgan urug’lar 5-12 kun mobaynida unib chiqa

Доказательный фрагмент

«Ушбу мақолада qovun o’simligining rivojlanishi va tashqi muxit omillariga munosabati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ушбу мақолада qovun o’simligining rivojlanishi va tashqi muxit omillariga munosabati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
melon, temperature, grass, development, flower, resistant, soil, qovun, maysa, harorat, rivojlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники