К содержанию
РецензированоUZ2024

QORAQALPOQ XALQ ZARGARLIGI

UZBEKISTAN” JURNALI · QORAQALPOQ XALQ ZARGARLIGI

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

XIX-XX asr boshlarida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish barcha savdo va hunarmandchilik markazlarida keng tarqalgan. Har bir katta ovullar o’zlarining zargari mavjud edi. Qoraqalpoq zargarlari o’z mahsulotlari uchun kumush, oltin, bronza, serdolik va firuzaga oid toshlar, shuningdek, marjon, yirtqich hayvon va qushlarning tirnoq va qoziqtishlardan foydalanishgan. Kalit so’zlar: zargarlik, qoraqalpoq amaliy san’ati, izlanishlar, “shar tuyme” , “jez bilezik”, “ jalpaq sirga”, “baldaqli sirga “,”arebek”,”ongirmonshaq”,”saukele. XIX-XX asr boshlarida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish barcha savdo va hunarmandchilik markazlarida keng tarqalgan. Har bir katta ovullar o’zlarining zargari mavjud edi. Qoraqalpoq zargarlari o’z mahsulotlari uchun kumush, oltin, bronza, serdolik va firuzaga oid toshlar, shuningdek, marjon, yirtqich hayvon va qushlarning tirnoq va qoziqtishlardan foydalanishgan.Qoraqalpoq zargarlik san’ati uslubi o’zining hashamati, simmetrik shakli va jonli aylana konturlari bilan ajralib turadi. Zargarlar asosan ayollar zargarlik buyumlari va bolalar tumorlarini ishlab chiqarishgan. Erkaklar uchun, uzuklar, kamarlar va kamar to’qasi, qurol-yarog’ qismlari va ot anjomlari yasalgan. Barcha zargarlik buyumlari yovuzlikdan asrovchi va baxtga eltuvchi tumorlar hisoblangan. Qoraqalpoq zargarlik sanati haqida toxtalib otadigan bolsak, qoraqalpoqlar Orta Osiyo va Qozogistonning boshqa xalqlari singari qadimdan zargarlik bilan shugullanganlar. Zargarlik qoraqalpoq xalqi ananaviy kasbining eng kam organilgan sohasi bolib, u etnografik adabiyotlarda juda kam yoritilgan. Shuningdek,tarixiy va etnografik tadqiqotlarni organar ekanmiz, birinchi navbatda uning nazariy —uslubiy jihatlariga tayangan holda ilmiy xulosa chiqarishga etibor qaratiladi, hamda xalq ananaviy hunarmandchiligi turlarining otmishda va bugun ham dehqonchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarishi, zamonaviy sanoat bilan bir qatorda jamiyat madaniy va iqtisodiy hayotida muhim ahamiyat kasb etishini unutmasligimiz kerak. 493 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Maqola etnologiya metodlari -etnografik dala tadqiqotlari asosida,xususan, bugungi kunda Qoraqalpogiston Respublikasi, Beruniy tumanida istiqomat qiluvchi aka-uka Said, Hamid Samatovlar oltindan buyurtmaga kora zargarlik buyumlarini yasash bilan shugullanib kelayotganliklari, shuningdek, 1996-yil Beruniy tumanida tugilgan axborotchi Alimov Shoxrux ham,asosan kumushdan buyurtmaga kora uzuk, zirak, boyinga taqadigan zanjir, bilaguzuk kabi zargarlik buyumlarini yasashini va sulolaning 3-avlodi ekanligini tasdiqlagan axborotchilar bergan malumotlar kiritilgan.[9,1] Zargarlar tomonidan olingan anketa sorovlari natijalari va ilmiy adabiyotlar bilan umumlashtirilib tarixiy izchillik va qiyoslash metodi orqali tahlil qilingan.Qoraqalpoqlar etnografiyasini organish 1917 yilgi ozgarishlardan keyin tizimli va keng miqyosda amalga oshirilgani bois, masala qoraqalpoq xalq amaliy sanatini organgan A.S.Morozova, S.P.Tolstov, T.A.Jdankolarning dala tadqiqotlari va ilmiy maqolalari orqali,shuningdek, sanatshunos kabi bir qancha etnografik manbalari asosida toplangan.Xususan, T.A.Jdanko SSSR FA Etnografiya instituti va Qozogiston ekspeditsiya jamiyatining Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi materiallari asosida ”Qoraqalpoq xalq bezak sanatini organish” nomli maqolasida qoraqalpoqlarning bezak sanatiga alohida etibor qaratilganligini qayd etish lozim.Shuningdek, T.A.Jdanko 1958-yilda SSSR FA Xorazm arxeologiya va etnografiya ekspeditsiya dala tadqiqotlari asosida “Qoraqalpoqlarning xalq bezak sanati” nomli asarida hunarmandchilikning quyidagi: yogoch oymakorligi, zargarlik, kashtachilik, kigiz bosish turlari haqida malumot bergan. Qoraqalpoq ayollarining ulkan ko’krak zargarlik buyumlarida (haykel) shoxi tepaga qayrilgan buqa va shoxi pastga qayrilgan qo’y tasvirlari bilan bog’liq shoxsimon uchlari bo’lgan. “Xaykel” nomi ularning ajdodlarining sig’inishlari va totemizmdan kelib chiqqan. Kuchli buqa vaserpusht qo’yning shoxi yovuz kuchlardan asrovchi xususiyatga ega deb hisoblangan va “oy buqasi” va “quyosh qo’yi” ramzlari sifatida ko’rilgan. Boshqa turdagi qoraqalpoq zargarlik buyumlari, qal’a devori (boshpana ramzi) va gullagan uchbarg butasi (Umayramzi - homilador ayol va bolalar himoyachisi) tasvirlarini o’zida aks ettirgan edi. Zargarlik buyumining markazida tumor-kovak g’ilof bo’lib, uning ichida qadimdan “yovuzlik kuchlaridan asrovchi” igna saqlangan. Hududga Islom dini kirib kelganidan so’ng, ignaning o’rnini qog’ozda yozilgan duo egalladi. Xaykel kelin sepining asosiy zargarlik buyumi hisoblangan. Uni kelin, farzand ko’rishgacha 494 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 bo’lgan butun davr davomida tumor qilib taqib yurgan. Qadimda turmushga chiqqan qoraqalpoq

Доказательный фрагмент

«XIX-XX asr boshlarida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish barcha savdo va hunarmandchilik markazlarida keng tarqalgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

XIX-XX asr boshlarida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish barcha savdo va hunarmandchilik markazlarida keng tarqalgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“shar tuyme”, izlanishlar, “ jalpaq sirga”, qoraqalpoq amaliy san’ati, ”ongirmonshaq”, “baldaqli sirga “, “jez bilezik”, zargarlik, ”arebek”, ”saukele
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники