К содержанию
РецензированоUZ2024

Bank marketingi samaradorligini baholash va uni oshirish yo‘llari

UZBEKISTAN” JURNALI · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti · Jiyanova Aziza Rustam qizi · Jiyanova Aziza Rustam qizi (Master of the Academy of Banking and Finance of the Republic of)

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

This scientific article is devoted to various ways to evaluate the effectiveness of bank marketing and increase it. The article deeply analyzes the importance of marketing strategies for commercial banks, which is an important factor in increasing the competitiveness of banks and meeting the needs of customers. Factors such as customer growth, satisfaction, financial results, and brand recognition were analyzed as key performance indicators. The article examines in detail ways to develop bank marketing. In particular, the expansion of digital marketing strategies, customer market segmentation, diversification of services, and the effective use of modern marketing tools such as customer 476 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 management systems (CRM) are shown as important elements of increasing the effectiveness of bank marketing. Keywords: Bank marketing, performance evaluation, digital marketing, market segmentation, service diversification, CRM systems, customer needs, financial results, brand recognition. Kirish: Bugungi kunda banklar uchun marketing shunchaki mahsulot va xizmatlarni reklama qilish vositasi emas, balki moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda va mijozlar bilan kuchli munosabatlar o‘rnatishda asosiy strategik omilga aylangan. Raqobat sharoitida banklar mijozlarning turli ehtiyojlariga mos keladigan maxsus moliyaviy yechimlarni taklif qilish orqali ular bilan mustahkam aloqalarni rivojlantirishi kerak. Shu bilan birga, banklar faqat yangi mijozlarni jalb qilish bilan cheklanib qolmasdan, mavjud mijozlarning sadoqatini oshirishga qaratilgan strategiyalarni ham ishlab chiqishi lozim. Bu esa mijozlarning qoniqish darajasini doimiy ravishda o‘lchash va xizmatlarni yaxshilash orqali amalga oshiriladi. Marketing strategiyalarini ishlab chiqishda mijozlarning xulq-atvori, ularning istak va talablarini puxta o‘rganish juda muhimdir. Texnologik yangiliklar va raqamli transformatsiyalar sharoitida banklar mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish uchun zamonaviy raqamli platformalardan foydalanishga intilmoqda. Onlayn bank xizmatlari, mobil banking, ijtimoiy tarmoqlar orqali marketing banklar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ular bilan mijozlar o‘rtasida yanada yaqin aloqalarni ta’minlashga imkon beradi. Buning natijasida, banklar o‘z marketing strategiyalarini nafaqat an’anaviy usullar orqali, balki raqamli marketing va innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshiradi. Ushbu maqolada bank marketingi samaradorligini baholashning muhim jihatlari va uni oshirishning zamonaviy usullari tahlil qilinadi. Samarali marketing bankning umumiy faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, mijozlar bazasini kengaytirish, xizmatlar sifati va mijozlar qoniqishini oshirishda katta ahamiyatga ega. Maqolada marketing samaradorligini o‘lchash usullari va natijalarni optimallashtirish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan strategiyalar ko‘rib chiqiladi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Bank marketingi sohasida ko‘plab ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, ularning barchasi bank faoliyatining samaradorligini oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan. Banklar 477 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 bugungi kunda marketingni oddiy reklama yoki sotuvdan tashqariga chiqib, yanada chuqurroq strategik masala sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu jarayonda ilmiy adabiyotlar bank marketingini tizimli tarzda o‘rganishga yordam beradi, xususan, uning samaradorligini oshirish yo‘llarini taklif etadi. Ilmiy adabiyotlar bank marketingining ahamiyati va tijorat banklari faoliyatidagi rolini keng tahlil etadi. Kotler va Keller tomonidan bank marketingining strategik yondashuvi bo‘yicha qilingan izlanishlar marketingni nafaqat mijozlarni jalb qilish, balki ularga uzoq muddatli qiymat taqdim etish va mijozlar bilan ishonchli munosabatlarni mustahkamlashning samarali vositasi sifatida ko‘rsatadi. Ular mijozlarning bank xizmatlari bo‘yicha istak va talablarini puxta o‘rganish, ular uchun mos yechimlar taklif qilish orqali banklarning barqarorligini oshirish mumkinligini ta’kidlaydi. Grönroos tomonidan ishlab chiqilgan xizmat marketingi konsepsiyasi ham banklar uchun dolzarb hisoblanadi. Uning tadqiqotlari mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni saqlab qolishda bank xizmatlari sifatining ahamiyatiga e’tibor qaratadi. Grönroosning xulosalariga ko‘ra, banklarning xizmat sifatiga e’tibor berishi va marketingni mijozlarga individual yondashuv orqali amalga oshirishi samaradorlikni oshiradi. Bank marketingi samaradorligini qanday baholash masalasi ilmiy adabiyotlarda keng ko‘lamda o‘rganilgan. Zeithaml va Bitner tomonidan ishlab chiqilgan tadqiqotlar mijozlar qoniqishini asosiy marketing samaradorligi ko‘rsatkichlaridan biri sifatida ta’kidlaydi. Ularning fikricha, mijozlarning xizmatla

Доказательный фрагмент

«This scientific article is devoted to various ways to evaluate the effectiveness of bank marketing and increase it.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific article is devoted to various ways to evaluate the effectiveness of bank marketing and increase it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bank marketing, performance evaluation, digital marketing, mijozlar ehtiyojlari, raqamli marketingxizmatlar diversifikatsiyasi, Bank marketingi, raqamli marketing, CRM tizimlari, samaradorlikni baholash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники