Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Soliqlar yordamida iqtisodiyotni tartibga solish va soliq tushumlarini prognozlashtirish usullarini takomillashtirish
UZBEKISTAN” JURNALI · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti · Sayfuddinov Jamol Kamol o‘g‘li · Sayfuddinov Jamol Kamol ogli (Master of the Academy of Banking and Finance of the Republic of)
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
This scientific article examines the issues of regulating the economy with the help of taxes and improving the methods of forecasting tax revenues. The article analyzes the importance of ensuring economic stability through tax policy, and studies modern methods of accurately forecasting tax revenues. During the research, the existing practices in the tax system of Uzbekistan were comparatively analyzed, and methods of forecasting tax revenues were proposed based on mathematical models. As a result, the practical aspects of effective regulation of the economy through tax means and ensuring the stability of tax revenues have been determined. 398 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Keywords: tax policy, economic regulation, tax revenue forecasting, mathematical models, economic stability, tax instruments, financial control. Kirish: Soliq siyosati davlatning asosiy iqtisodiy vositalaridan biri bo‘lib, u iqtisodiyotga ta’sir qilish, uni tartibga solish va muayyan ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Soliqlar davlatning daromad manbai sifatida byudjetni to‘ldirish bilan bir qatorda, iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi kuchli mexanizmga ham ega. Davlat soliq siyosatini qo‘llab, iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirishi yoki cheklashi mumkin. Bu orqali davlat o‘zining iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarini amalga oshirishga erishadi. Soliqlar yordamida aholining turli qatlamlariga iqtisodiy yukni teng taqsimlash, ijtimoiy tenglikka erishish va iqtisodiy farovonlikni ta’minlash ham mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, soliq tushumlarining o‘z vaqtida va aniq prognoz qilinishi davlat moliyaviy siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun zarur. Soliq tushumlari prognozlarini tuzish orqali davlat o‘z byudjetini rejalashtiradi, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlaydi va iqtisodiy faollikni nazorat ostida ushlaydi. Bu, o‘z navbatida, byudjet kamomadini kamaytirish, inflyatsiyani nazorat qilish, davlat qarzini boshqarish va umumiy iqtisodiy barqarorlikka erishishda yordam beradi. Soliq siyosatini takomillashtirish, ayniqsa, soliqlarni prognoz qilish usullarini rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali davlat iqtisodiy faoliyatini yanada samarali tartibga solishi mumkin. Prognozlash usullarining takomillashuvi davlatga aniqroq va barqaror soliq tushumlarini keltirish, iqtisodiy jarayonlarni yanada yaxshiroq boshqarish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda yordam beradi. Mazkur maqola soliqlar yordamida iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmlarini va soliq tushumlarini prognoz qilishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullarni chuqurroq o‘rganishga qaratilgan. Shu bilan birga, maqola soliqlar orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘llari hamda soliq siyosatini takomillashtirishning imkoniyatlarini tahlil qiladi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari va xalqaro tajriba asosida soliq tushumlarini prognozlashning ilg‘or usullari ko‘rib chiqiladi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Soliqlar yordamida iqtisodiyotni tartibga solish va soliq tushumlarini prognozlashtirish mavzusida ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan va iqtisodiyot fanining yetakchi olimlari tomonidan tahlil qilingan. Ushbu mavzu, xususan, davlatning iqtisodiy faoliyatini tartibga solish, ijtimoiy 399 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 tenglikni ta’minlash, va soliqlar orqali iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, dunyo miqyosida keng qamrovli tadqiqotlar mavjud. Adam Smit – soliq nazariyalarining asoschilaridan biri bo‘lib, u soliqning samaradorligini oshirish uchun “odillik”, “aniqlik”, “qulaylik”, va “tejamkorlik” kabi printsiplarni ilgari surgan. Uning bu nazariyalari soliq siyosatining zamonaviy asoslarini tashkil etadi va soliq to‘lovlarini adolatli taqsimlash orqali iqtisodiy tartibga solishni ta’minlaydi. Richard Musgrave – davlat moliyasining nazariy asoschilari bo‘lib, u soliq siyosati orqali davlatning taqsimlovchi va iqtisodiy faollikni rag‘batlantiruvchi roliga katta ahamiyat bergan. U soliqlarning ijtimoiy adolatni ta’minlashda qanday foydalanilishini va soliq siyosatining samaradorligini chuqur tahlil qilgan. B.Tashmuradovaning “Iqtisodiy taraqqiyotga erishishda soliqlardan samarali foydalanish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida (2007) soliqlarning rag‘batlantiruvchi funktsiyasi samaradorligini oshirish masalalari, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda soliqlardan samarali foydalanishning ichki imkoniyatlari,soliq yuki va uni kamaytirish yo‘llari tadqiq etilgan. Sh.Toshmatovning “Korxonalar iqtisodiy faolligini oshirishda soliqlar rolini kuchaytirish muammolari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi (2008) korxonalar to‘laydigan soliqlarning mohiyati vazarurligi, soliqlar vositasida korxonalar iqtisodiy faolligini rag‘batlantirish yo‘llar
Доказательный фрагмент
«This scientific article examines the issues of regulating the economy with the help of taxes and improving the methods of forecasting tax revenues.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis scientific article examines the issues of regulating the economy with the help of taxes and improving the methods of forecasting tax revenues. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tax policy, economic regulation, tax revenue forecasting, soliq tushumlarini prognozlash, iqtisodiy tartibga solish, soliq siyosati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014