Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Yetuklik yoshidagi jinoyat sodir qilgan shaxslarning o‘zini-o‘zi anglash jarayonidagi psixologik xususiyatlari va xavfliligi
UZBEKISTAN” JURNALI · Xudaybergenov Navruz Baxtiyarovich
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
In psychology, the psychological motives and goals that lead to the self-awareness of individuals to commit crimes at the age of maturity, socio- economic, ideological, political, socio-spiritual, educational, social management in the process of self-awareness discusses its psychological features. Keywords: Psychology, lichnost, samosoznanie, zrelost, prestuplenie, nastroenie, motive. 351 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Shaxs-ijtimoiy-ma’naviy, axloqiy mohiyatni o‘zida mujassamlashtirgan insonni (individni) anglatuvchi tushuncha1. Shaxs – biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va xislatlarning yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab olinishidir. Shaxsning shakllanishida quyidagi omillar qatnashadi: 1) biologik (nasl); 2) tabiiy muhit; 3) madaniy muhit; 4) ijtimoiy tajriba; 5) odamlar bilan munosabat2. Shaxs madaniylashgan jonzot, ijtimoiy-tarixiy tajribaga ega bo‘lgan muayyan avlod vakili, odamlararo munosabatlar sub’ekti bo‘lishi ham mumkin. Bu uch omil ham shaxs hayoti va faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy hayot tajribasini o‘zlashtirgan, o‘z ijtimoiy pozitsiyasini ishlab chiqqan, ijtimoiy munosabatlar tashuvchisi va bunyodkori sifatida amal qiluvchi odamgina shaxs hisoblanadi. “Shaxs” tushunchasi insonning ijtimoiy foydali mehnatga munosabatini, inson ijtimoiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan xossalarni shakllantirish uchun o‘zi ustida qanday ishlashini muqarrar tarzda qamrab oladi3. Shaxs–odamning ongi, sezgilari va xohish irodasini shakllantiruvchi psixologik ijtimoiy munosabatlarning muayyan borlig‘idir. Jinoyat sub’ekti shaxsini o‘rganish zamirida yuqorida qayd etilgan umumiy asosiy qoidalar yotishi lozim. Jinoyatchi shaxsi–avvalo jinoyat sub’ektining shaxsidir. Jinoyat qonunchiligiga binoan jinoyat sub’ekti uni aynan sub’ekt deb topish uchun zarur ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi lozim. Bunday ko‘rsatkichlar uchta: -jismoniy shaxs, -shaxsning muayyan yoshga to‘lganligi, -aqli rasolik. Jinoyatchi shaxsini to‘laqonli tavsiflash va baholash uchun uning ham psixologik ijobiy, ham psixologik salbiy xulq-atvorini belgilovchi barcha xislatlari va xususiyatlarini, unga xos bo‘lgan barcha xislatlar tizimida psixologik ijtimoiy salbiy xossalar ulushini hisobga olish zarur. Jinoiy xulq–atvorining paydo bo‘lishida his-hayajon va bundan tashqari, emotsiyali siqilish qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik uning aql idroki va irodasiga ta’sir qiladi. Shu boisdan inson ongiga emotsiyaning qanday ta’sir ko‘rsatishi turli faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Insonning emotsional xulq atvori uning, ba’zi a’zolariga ta’sir etadi. Inson xatti-harakati uning shaxsiyati bilangina sababiy bog‘lanmasdan, 352 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 balki biologik, psixofiziologik holatlar bilan ham bog‘liqdir4. Ko‘rinib turibdiki shaxs – muhitning, ijtimoiy tarixiy sharoitlarning mahsulidir. “Individning biologik xususiyatlarida hayot, real hayotiy, maishiy vaziyatlar o‘zining muayyan izini qoldiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi”. Insonning tabiiy mavjudot sifatida hayvondan farqi shundaki, u ongli, faol mavjudotdir. Shu sababli u, oldiga qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq, tabiatdan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish bilan bir vaqtda, uni o‘zgartiradi. Shu bilan birga, odamda ong mavjudligining o‘zi uni shaxs sifatida tavsiflamaydi. Insonda ongning mavjudligi uning ijtimoiy va biologik jihatlari o‘zaro nisbatini aniqlashda muhim ahamiyatga egadir. Zotan, ong ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Ong insonning ob’ektiv borliqni, odamning boshqa odamlar bilan ob’ektiv munosabatlarini aks ettirish shakli sifatida amal qiladi. Binobarin, ushbu munosabatlar o‘z manbaiga ko‘ra ijtimoiy xususiyatga egadir. Yu.D.Bluvshteyn jinoyatchi shaxsining demografik, ijtimoiy, huquqiy, psixologik va biologik (tibbiy) belgilarini farqlaydi5. A.B.Saxarov dastlab jinoyatchi shaxsining belgilarini ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy biologik toifalarga ajratishni taklif qilgan edi. Biroq, keyinchalik u o‘z fikrini muayyan darajada o‘zgartirdi va shaxsning biologik belgilari turkumini ro‘yxatdan chiqarib tashladi6. Har qanday jinoiy harakat avvalo odamning intellektual, emotsional va axloqiy fazilatlari va xislatlarini aks ettiradi. Bunda ijtimoiy-demografik belgilar – jins, yosh, oilaviy va ijtimoiy holat, ma’lumot, kasb va hokazolar aholi turli ijtimoiy tabaqalarining jinoiy faolligini aniqlash, jinoyat sodir etgan shaxslarning yosh va jins xususiyatlarini kuzatishga yordam beradi. Shaxsning oilaviy va ijtimoiy holatini tadqiq qilish muayyan jinoyatchining shaxsi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan kriminogen omillar va holatlarni aniqlashga ko‘maklashadi. Ijtimoiy-psixologik tavsifi “shaxs-muhit” o‘zaro ta’sir mexanizmlarini o‘rganishga, jinoyatchining sh
Доказательный фрагмент
«In psychology, the psychological motives and goals that lead to the self-awareness of individuals to commit crimes at the age of maturity, socio- economic, ideological, political, socio-spiritual, educational, social…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn psychology, the psychological motives and goals that lead to the self-awareness of individuals to commit crimes at the age of maturity, socio- economic, ideological, political, socio-spiritual, educational, social… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Psychology, lichnost, samosoznanie, zrelost, prestuplenie, shaxs, Psixologiya, o‘zini-o‘zi anglash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026