К содержанию
РецензированоUZ2024

O‘ZBEKISTON HAYKALTAROSHLIK SAN’ATI VA HAYKALTAROSH YAKOV SHAPIRO

UZBEKISTAN” JURNALI · YAKOV SHAPIRO · Jabbarov Rustam Ravshanovich · Komilova Komila Anvar qizi

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada haykaltaroshlik san’atida amalga oshirilgan sermahsul ijod namunalari misolida, bir qator asarlarni mahobatli haykaltaroshlikda vujudga kelishi, san’atkor haykaltaroshlarimizning tinimsiz mehnati samarasi xaqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Relef, barelef, gorelef, tipologik, sintez, syujet, gips, kompozitsiya, panno, realistik, eskiz, plastika, arxitektura, tendentsiya, obraz, ob’ektiv, estetik. Har qaysi davlat, har qaysi millat birinchi navbatda o‘zining yuksak madaniyati, ma’rifat va ma’naviyati bilan kuchlidir. O‘zbekiston milliy mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng, milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarni yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashga talab oshdi. Bunda, chora-tadbirlarni amalga oshirishda avvalambor tasviriy san’at oldi qatorga chiqdi. Milliy mafkurani olg‘a surishda eng hozirjavob san’at turlaridan biri esa haykaltaroshlikdir1. Tasviriy san’atning turlaridan biri bo‘lgan, haykaltaroshlik asarlari borliqdagi hajmga ega bo‘lgan barcha shakllar asosida tasvirlanadi. Mayda haykalchalardan tortib, park va hiyobonlarga o‘rnatiladigan turli mahobatli haykallar, yodgorliklar, binolarning devorlariga ishlanadigan releflar, tanga, nishon, medal kabilarning yuzasidagi bo‘rtma tasvirlar haykaltaroshlik san’atining turli 1 O.N. Mirzayev (2024). Mustaqillik davri o‘zbek haykaltaroshligi va uning xalqaro madaniy munosabatlarda istiqboli. Inter education & global study, (3 (2)), 8-15. https://cyberleninka.ru/article/n/mustaqillik-davri-o-zbyek-haykaltaroshligi-va-uning- xalqaro-madaniy-munosabatlarda-istiqboli 133 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 ko‘rinishlaridir. Haykaltaroshlik asarlari o‘zining ishlatilish joyi, bajaradigan vazifasi va tayyorlanish usuliga qarab turlicha nomlanadi. Ular odatda dumaloq va qabariq ko‘rinishda bo‘ladi. Dumaloq haykallarni hamma tomondan aylanib ko‘rish mumkin bo‘lsa, qabariq haykallarni yuzaga bo‘rttirib ishlanganligi sababli faqat bir tomondan ko‘riladi. Qabariq haykallarni relef deb ataladi. Haykaltaroshlik mehnat taqsimotining oʻsishi va texnologik taraqqiyot bilan bogʻliq holda, ibtidoiy jamoa tuzumining parchalanishi davrida yanada rivojlandi. Bu bosqichning eng yorqin yodgorliklari - skif oltin relyeflari, Nok madaniyatining terrakota boshlari, odamlarning tipologik hilma-hil yogʻoch oʻyma haykallaridir. Oʻrta Sharq, jumladan Oʻzbekiston hududida yaratilgan Xorazm, Sugʻd, Baqtriya Sugʻd, Baqtriya yodgorliklari, Afrosiyob, Xolchayon, Dalvarzintepa, Quvaning mahobatli haykal va boʻrtma tasvirlari, mayda haykalchalar, amaliy sanʼat buyumlarini bezashda ishlangan turli badiiy shakllar davrning boy madaniyatidan dalolat berib turadi. Oʻrta asrlar Sharq mamlakatlarida haykaltaroshlik hamma joyda bir hil rivojlanmadi. Oʻrta Osiyoning qadimiy haykallari devorga oʻrnatilgan, baʼzan relef, lekin koʻpincha orqa tomonga oʻrnatilgan hajmli haykallar koʻrinishida uchraydi. Bu maʼlum darajada asosiy materiallarning kuchining yetarli emasligi bilan izohlanadi. Asosiy sabab boshqacha, faqat estetik maʼnoda. Sanʼat sintezi qadimgi va oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo badiiy madaniyatining yetakchi xususiyati edi. Hatto qadimgi misrliklar ham gipsning xususiyatlarini yaxshi bilib undan meʼmorchilikda va tibbiyotda keng foydalanishgan. Bizgacha saqlanib qolgan qadimgi Yunon va Rim gipsli bezaklari oʻsha davrning ajoyib asarlarini ifodaladi va keyingi meʼmorchilik uslublari uchun mezon boʻldi. Gipsdan yasalgan bareleflar bugungi kungacha saqlanib qolgan, ulardan hayotdagi syujetli manzaralar, tarixiy voqealar va oʻsha davr madaniyatini aks ettiruvchi janr eskizlari tasvirlangan. 2. Haykaltaroshlik san’ati barcha tasviriy san’at turlaridan farqli, tasvirlar hajmli ko‘rinishlarda bajariladi. XX asrning ikkinchi yarmida A.Ivanov, F.Grishchenko kabi haykaltaroshlar ijodi mahalliy yoshlar - M.Musaboyev, H.Husniddinxoʻjayev, J.Quttimurodov kabi ijodkorlar bilan hamohang tarzda takomillashdi. 1993-yil avgustida davlatimiz poytaxtining markazida buyuk davlat arbobi, yengilmas sarkarda Muhammad Taragʻay Bahodir Amir Temurning mahobatli otliq haykali 2 Botir Baxodirovich Xakimov (2023). Turizm va madaniyatning rivojlanishida haykaltaroshlik san’atining hissasi. Science and Education, 4 (2), 1171-1173. 134 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 oʻrnatildi. Realistik uslubda ishlangan ushbu monumentda kuchli plastik harakatlar koʻzga tashlanadi. Amir Temurning joʻshqin ichki hissiyoti otning bir oz badiiylashtirilgan koʻrinishi bilan birlashib, uning kompozitsion tuzilishini yanada mukammallashtirdi. Haykal shaklan betakror va mayda bezakli unsurlar bilan boyitilgan. Temurning bu otliq haykali ikki metli tagkursiga oʻrnatilgan boʻlib, unga “Kuch adolatdadir” hikmati bitilgan. Ma’lumki, Ravshan Mirtojiev tomonidan yaratilgan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada haykaltaroshlik san’atida amalga oshirilgan sermahsul ijod namunalari misolida, bir qator asarlarni mahobatli haykaltaroshlikda vujudga kelishi, san’atkor haykaltaroshlarimizning tinimsiz mehnati samara…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada haykaltaroshlik san’atida amalga oshirilgan sermahsul ijod namunalari misolida, bir qator asarlarni mahobatli haykaltaroshlikda vujudga kelishi, san’atkor haykaltaroshlarimizning tinimsiz mehnati samara… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Relef, sintez, gorelef, barelef, tipologik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники