Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHOBATLI RANGTASVIR SAN’ATI USTA VAKILI CHINGIZ AXMAROV IJODI VA UNING RANGTASVIR TARAQQIYOTIDAGI XIZMATLARI
KOMPOZITSION JIXATLAR · Suyunov Shohruh Lazizjon o‘g‘li
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
this article explores philosophical and compositional quotes in the works of academic monumental painting. Aimed at fully covering this topic, this article brought information that readers of the fine arts can learn about the philosophical and compositional features of the works of monumental painting. Keywords: academic monumental painting, philosophical and compositional quotes, spiritual-aesthetic idea, historical-philosophical thought, symbolism and symbols. 1 08 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Akademik monumental rangtasvir asarlarida falsafiy va kompozitsion jihatlar juda muhim o‘rin tutadi. Bu san’at yo‘nalishi asarlar orqali tomoshabinga chuqur ma’no yetkazish, tarixiy, madaniy yoki ma’naviy g‘oyalarni ifodalashni ko‘zlaydi. Akademik monumental rangtasvir bu tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘lib, akademik (ya’ni klassik san’at maktablari asosida) uslubda, yirik hajmda, asosan devor, shift yoki bino yuzasida ijro etiladi. U ko‘pincha tarixiy, ma’naviy, diniy yoki ijtimoiy mavzularni yoritadi va estetik bilan birga axborot va tarbiyaviy vazifani bajaradi. San’atning klassik qoidalar asosida yaratiladigan, yirik hajmli va ko‘p hollarda arxitektura bilan uyg‘unlashgan devoriy tasvirlar (freska, mozaika, vitraj va h.k.) ko‘rinishidagi yo‘nalishidir. U asosan jamiyat hayoti, tarix, falsafa, ma’naviyat, madaniyat va milliy qadriyatlarni badiiy ifodalashga qaratilgan. "Akademik" tushunchasi nimani anglatadi? "Akademik" atamasi – bu san’at asarining klassik, nazariy asoslar va an’anaviy me’yorlar asosida ijro etilganini bildiradi. Akademik san’at: Realistik (haqiqatga yaqin) tasvirga tayanadi; Anatomik va perspektiv qonunlarga asoslanadi; Kompozitsion uyg‘unlik, simmetriya, rang muvozanatini ta'minlaydi; Tafsilotlarga katta e’tibor bilan yondashadi. Akademik monumental rangtasvirning falsafiy jihatlari san’at asarining ichki ma’nosini, g‘oyaviy asosini belgilaydi. Monumental rangtasvir asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan to‘yingan bo‘ladi. Ular odatda quyidagi g‘oyalarni o‘zida aks ettiradi: Ma’naviy-estetik g‘oya ya’ni: asarda jamiyat, inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlik aks ettiriladi. Odamlarning ichki dunyosi, axloqiy fazilatlari, umuminsoniy qadriyatlar tasvirlanadi. Mangu g‘oyalar: Yaxshilik va yomonlik, hayot va o‘lim, vaqt va abadiylik kabi mavzular monumental san’atning doimiy falsafiy yo‘nalishlaridandir. Tarixiy-falsafiy tafakkur: O‘zbek tarixining buyuk shaxslari va voqealari orqali milliy o‘zlikni anglash va vaqt, abadiyat, haqiqat, ezgulik kabi falsafiy tushunchalarning obrazlar orqali ifodalanishi kabilar. Falsafiy ramzlar va timsollar ya’ni har bir obraz yoki detal o‘ziga xos ramziy ma’noga ega bo‘lib, chuqur tafakkurni uyg‘otadi. Masalan, nur – ilm, qush – ozodlik, zanjir – qullik, cheklov va shu kabilarni misol qilishimiz mumkin. 1 08 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Akademik monumental rangtasvir asarlarining kompozitsion jihatlari haqida ko‘rib ciqadigan bo‘lsak, kompozitsiya tasvir elementlarini joylashtirish, kompozitsion muvozanat yaratish, ko‘zga yoqimli tartibda joylashtirish san’ati hisoblanib, akademik monumental rangtasvirda bu elementlar juda muhim. Masalan, Kompozitsion markaz. Asarda asosiy diqqat markazi hisoblanadi, masalan, bosh qahramon voqea markazi ddemak. Boshqa elementlar ushbu markazga bo‘ysundirilgan holatda joylashtiriladi. Kompozitsiyada harakat va tinchlik uyg‘unlashadi. Masalan, tarixiy jang sahnalari dinamik; meditatsion sahnalar – statik bo‘ladi. Kompozitsion muvozanat: Asarning har ikki tomonida vizual muvozanat saqlanadi masalan simmetriya yoki assimetrik muvozanat. Ranglar, yorug‘lik-soya o‘yinlari orqali ham muvozanat yaratiladi. Fazoviy chuqurlik perspektivada qo‘llanilib, asarga chuqurlik va kenglik beriladi. Bu orqali tasvir yanada jonli va real ko‘rinadi. Ranglar orqali esa hissiyotlar beriladi, masalan: iliq ranglar – mehr, sovuq ranglar – tashvish va.h.k. Yorug‘lik va soya vositasida esa dramatizm kuchaytiriladi. Qahramonlar harakati, kiyimlar to‘lqini, soyalar va chiziqlar orqali ritm yaratilib, bu harakat asarni jonlantiradi va uni hayotiy qiladi. Akademik monumental asarlar namunalarida bu jihatlarning ifodasi quyidagi misollarda ko‘rsatilgan. Temuriylar davriga oid devoriy tasvirlar bo‘lib, unda falsafiy jihatdan milliy g‘urur, davlat barpo etish falsafasi ilgari surilgan. Kompozitsiya markazda Amir Temur, fon va oldingi rejalarda yordamchi sahnalar kabilarni ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston san’atida mashhur akademik monumental rangtasvir asarlardan Toshkent metrosi bekatlaridagi mozaikalar ya’ni “Alisher Navoiy”, “Paxtakor” bekatlaridagi tarixiy va madaniy obrazlar, O‘zbekiston Tarix muzeyining ichki freskalaridagi tarixiy jarayonlar va xalq hayoti, Teatr, universitet va madaniyat saroylaridagi devoriy tasvirlar klassik akademik uslubda bajarilgan
Доказательный фрагмент
«this article explores philosophical and compositional quotes in the works of academic monumental painting.»
Образец извлечения
Демо-превьюthis article explores philosophical and compositional quotes in the works of academic monumental painting. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- academic monumental painting, philosophical and compositional quotes, Tasviriy san’at, badiiy jarayon., mahobatli rangtasvir
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026