К содержанию
РецензированоEN2024

Yoshlarning psixologik xavfsizligiga axborotning ta'siri

UZBEKISTAN” JURNALI · Tursunov Burxon Saydaxmatovich · Fayziyeva Gulzoda Ulug‘bekovna

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 237-244 · 2024

Аннотация

The article discusses the concept of "psychological and information security" and its versatility and relevance. Risk factors, in particular the concepts of psychological and information security, are analyzed as one of the main threats to the security of the educational environment. 47 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Keywords: personal safety, mental safety, psychological safety, information security, information and psychological security. Xozirgi kunda jamiyat hayotining deyarli barcha sohalarini, shu jumladan ta’limni rivojlanishini “Media” (ya’ni: televidenie, radio, kinomatografiya, ommaviy nashrlar, kompyuter axborot tizimlari) siz tasavvur qilish qiyin. Axborot makonini globallashuvi va uning “Ochiqligi” zaminida yangi bilimlar, faktlar, qarashlar, konsepsiyalarning oqimi shiddat bilan ortib bormoqda va ommaviy axborot kommunikatsiyalari orqali berilayotgan axborotlardan foydalanish muammosi paydo bo‘lmoqda. Hozirgi kunda axborotlarning mazmunini ham, ularni ommaviy axborot tarmoqlari orqali tarqatish usullari va yo‘llarini ham nazorat qilish amalda qiyin bo‘lib bormoqda. Axborotning bunday xilma-xilligi ta‘sirida talaba yoshlarning mustaqil ravishda tafakkur qilishi muammosi, uning qarashlarini, qadryatlarini va ideallarini shakllanishi masalalari yoshlar ongida axborot olamini tartibga solish yo‘llarini izlashni, axborot bilan muomala qilishning yangi usul va ko‘nikmalari tizimini ishlab chiqish va shakllantirishni taqozo etmoqda. Bugun biz axborotni kompyuter texnologiyalaridan ko‘proq qabul qilyapmiz. Kompyuter texnologiyalarining internet mo‘jizasi dunyoni yagona axborot maydoniga aylantirdi. Biz uning ijobiy tomonlarini ham, kamchiliklari borligini ham angladik. Salbiy tomonlaridan biri "axborot inqirozi" ko‘rinishida ham namoyon bo'lishini kuzatishimiz mumkin. Oila ushbu "axborot hujumi" ga qarshi immunitetga ega bo'lgani kabi, yosh avlod ongiga o'z Vataniga qilingan hujumlarga to'g'ri munosabatni singdirish juda katta ehtiyojga aylandi. Ushbu ijtimoiy hodisa ilmiy jihatdan o'rganilishi va uning maxfiy sohasi ta'lim muassasalarida yosh avlodga o'qitilishi bejiz emas. Birinchi prezidentimiz I. A. Karimov aytganidek, "Biz qurol bilan emas, balki bolalarimizning hayoti va ongini yo'q qiladigan, kelajakka mutlaq ishonchini yo'qotadigan g'oyalar bilan kurashishimiz kerak. Bizning g‘oyalarimiz kuchli bo'lishi kerak. Avvalo, biz hayotda sinovdan o'tgan o'z g'oyalarimizga ishonish yo‘lidan borishni birinchi o‘ringa qo‘yishimiz kerak". [1,12-bet]. Aynan axborot hujumi, yoshlarni shaxsiy va psixologik xavfsizligiga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan muammolardan biri hisoblanadi. Masalaning mohiyatini tushuntirishdan oldin, shaxsiy xavfsizlik va psixologik xavfsizlik tushunchalariga to'xtalamiz. Xo'sh, axborot o‘zi nima, axborot xavfsizligi, shaxsiy xavfsizlik va psixologik xavfsizlik nima? 48 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Axoborot - inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma’lumotlarga aytiladi. Axborot lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma’lumot ma’nosini anglatadi[2, 72]. Axborot yozma, og‘zaki,visual va audio aloqalar kabi turli xil aloqalar orqali uzatiladigan yoki tavsiflaydigan fakt, fikr yoki ma’lumot bo‘lib, zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri[3, 23]. U mavjud tushunchalarni nima ekanligini va mohiyatini belgilaydi hamda insonlarga ko‘rsatmalar, misollar va nazariyalarni tushunishga yordam beradi. Axborot turli xil tasvirlar, videolar, audio yozuvlar, tovushlar, mimikalar orqali qabul qilinadi. Axborot aniq va to‘liqlik xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni u o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to‘liq ifodalashi lozim. Aks holda insonlar uni notog'ri tushunishga va xato xulosa chiqarishga olib keladi[4,45]. Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, o‘z vaqtida olingan to‘g‘ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To‘g‘ri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lishi imkonini beradi. Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g‘arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjudligidir. Ayniqsa,bunday ma’lumotlar internet tarmog‘i orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bo‘lgan axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolishiga sabab bo‘layotganini ham uchratish mumkin. Tarixdan ma’lumki axborotning muhimlik darajasi yoki xavfsizligi ilk sivilizatsiya pay

Доказательный фрагмент

«The article discusses the concept of "psychological and information security" and its versatility and relevance.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the concept of "psychological and information security" and its versatility and relevance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
personal safety, mental safety, psychological safety, information, shaxsiy xavfsizlik, psixik xavfsizlik, axborot xavfsizligi, axborot-psixologik xavfsizlik, psixologik xavfsizlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники