К содержанию
РецензированоEN2024

Jizzax vohasi hunarmandchilik na`munalarida qardosh xalqlar madaniyatining aks etishi

UZBEKISTAN” JURNALI · Dildora Tursunova

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

The history and culture of our country has been developing for centuries. Each oasis has its own crafts. The culture of the neighboring nations and their activities in handicrafts have been influencing the development of handicrafts. In Jizzakh oasis, there are also types of crafts that have historically been formed. In the development of these types of crafts, the representatives of the fraternal nations living in the region also have an effective work. Kalit so‘zlar: Qardosh xalqlar, hunarmandchilik, hunar turlari, madaniyat, hunarmandchilikni rivojlantirish. Ключевые слова: Развитие братских народов, ремесел, видов ремесел, культуры, ремесел. Keywords: Development of brotherly peoples, crafts, types of crafts, culture, handicrafts. Jizzax viloyati mamlakatimizning markazi mintaqasida – sharqdan g’arbga, janubdan shimolga yo’l olgan tarixiy-savdo yo’lining chorrahasida joylashgan, ona 44 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Vatanimiz hududidan sharqqa yoki g’arbga yo’l olgan karvonlar, elchilar, qo’shinlar ayni shu manzillardan o’tgan. Ma’lumki, o‘zbeklar turkiy xalqlar tarkibiga kiruvchi tili, dini va qadriyatlari bir-biriga yaqin bo‘lgan qardosh xalqlar bilan tarixan bir hududda shakllanib, rivojlanib kelgan. Sharqdan Xitoy va g‘arbda Yevropagacha cho‘zilgan hududlarda joylashgan turkiy tilli xalqlarning bugungi kungacha o‘zaro bog‘liq holda rivojlanishi va taraqqiy etishida ularning o‘zaro birdamligi, tili va e’tiqodiga hurmat, ijtimoiy-iqtisodiy hamkorligi hamda madaniy aloqalarning mustahkamligi sabab bo‘lmoqda, deyish mumkin. Oʻzbekistonda bugungi kunda 130 dan ortiq millat va elat vakillaridan iborat aholi istiqomat qiladi. Respublika davlat taʼlim muassasalarida oʻqitish oʻzbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman tillarida olib boriladi. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi oʻndan ortiq tilda eshittirishlar, mahalliy bosma ommaviy axborot vositalari esa 14 tilda chop etilmoqda. Respublikada 138 ta milliy madaniy markaz va 34 ta doʻstlik jamiyatlari faoliyat yuritmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi turli millat vakillarini respublika ijtimoiy, maʼnaviy maʼrifiy hayotida faol ishtirok etishini taʼminlash milliy-madaniy markazlar faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biridir. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi turdosh tashkilotlar hamda tarixiy vatanlari bilan doʻstlik, hamkorlik, madaniy-maʼrifiy aloqalar oʻrnatish va hamdoʻstlik aloqalarini rivojlantirishdir. Jizzax viloyatida ko‘plab millat vakillari tinch-totuv, bahamjihat umrguzaronlik qilmoqdalar. Viloyatda 6 ta ( qirg‘iz, tojik, qozoq, rus, tatar va koreys) Milliy-madaniy markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, jahon hamjamiyati bilan do‘stona aloqalarni kuchaytirish maqsadida “O‘zbekiston bag‘rikeng diyor” nomi ostida konsert, qardosh xalqlar yozuvchi, shoir va rassomlarining badiiy asarlari ko‘rgazmalari, turli millatlar vakillari ishtirokidagi sport tadbirlarini o‘tkazish an’anaga aylangan. Viloyatida qirg‘iz millatiga mansub 50 ming nafardan oshiq aholi yashaydi. Baxmal, Zomin, Zarbdor, Do‘stlik tumanlarida 14 ta to‘liq qirg‘iz tilida va 2 ta aralash tilda o‘qitiladigan maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Asrlar davomida qon-qardosh, quda-anda bo‘lib yashagan qo‘shni xalqlar o‘rtasida azaliy bordi keldi tiklanib, o‘zaro hamkorlik kuchayishi xalqaro maydonda davlatimiz nufuzining yanada oshishiga sabab bo‘lmoqda. 45 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Qirg‘iziston Respublikasidan bir guruh mehmonlar yurtimizga kelib, qirg‘iz, o‘zbek va boshqa millatlar do‘st-qardosh bo‘lib yashayotgan Do‘stlik tumanining Manas mahallasida bo‘ldi. Ular mahallada aholi turmush farovonligini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan ishlar, yaratilgan sharoit va ijtimoiy soha ob’ektlari faoliyati, mahallada yashayotgan o‘zbek, qirg‘iz va boshqa qardosh xalqlarning o‘zaro do‘stona munosabatlari, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdi. Jizzax shahridagi “Do‘stlik uyi”da milliy madaniy markazlarga yaratilgan sharoitlar o‘z ifodasini topgan. “Do‘stlik uyi” binosida tatar, qozoq, koreys, rus, tojik va qirg‘iz milliy madaniy markazlari faoliyat olib borish uchun yetarli darajada sharoitlar yaratilga e`tibor berilmoqda. Viloyatda istiqomat qilib kelayotgan qirg`iz, qozoq, tojik millati vakillari orasida hunarmandchilik bilan shug`ullanib kelayotgan xotin-qizlarning ham faoliyati rivojlanib bormoqda. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan hunarmandchilik na`munalarida tarixan tarkib topgan qardosh xalqlar madaniyati aks ettirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 1. Jizzax tarixi. http://tarixchi.zn.uz/jizzaxim-faxrim/jizzax-tarixi/ 2. https://uza.uz/oz/p

Доказательный фрагмент

«The history and culture of our country has been developing for centuries.»

Образец извлечения

Демо-превью

The history and culture of our country has been developing for centuries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Development of brotherly peoples, crafts, types of crafts, culture, hunarmandchilik, madaniyat, Qardosh xalqlar, hunar turlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники